Guliston davlat universiteti bitiruvchilari uchun “Kelajakka qadam ” uchrashuvi tashkil etildi

Guliston davlat universitetida  Milliy banki  bilan hamkorlikda  Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti, Tabiiy fanlar, Filalogiya fakultet bitiruvchi talabalari uchun “Kelajakka qadam” uchrashuv tashkil etildi.

 Uchrashuvda Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G'.Shayzakov  kirish so‘zi bilan ochib berdi. Bitiuruvchi talabalarga  tadbirkorlik boshlash uchun tushuncha va g’oyalar  shuningdek o‘z yo‘nalishlariga mos ish o‘rinlari topish uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.

 Uchrashuvda Milliy bank xodimi Sh.Bahromov ishtirok etib, talabalarga “Kelajakka qadam” dasturi doirasida ajratilgan “Kelajakka birinchi qadam”, “Kelajak uchun start”, “Yorqin kelajak sari” kreditlar to‘g‘risida ma'lumotlar berishdi.

 Ochiq muloqot va savol-javob tariqasida o‘tgan tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga yetarlicha javoblar olishdi.

 Bunday tadbirlar yoshlarning kelajakka tashlanayotgan muhim qadamlari, bandligini taminlashda va amaliy natijalarga erishishda muhim o‘rin tutadi.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?