Rektor va yoshlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Rektor va yoshlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda

Har o‘quv yilida universitet rektorining talaba yoshlar bilan ochiq muloqot shaklda uchrashuvlarini o‘tkazish an’anaga aylangan. 2021-2022 o‘quv yilida ham shu formatdagi uchrashuvlar tashkil etildi. 24-sentabr sanasida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar bilan “Rektor va yoshlar” uchrashuviga start berildi. Unda universitet rektori M.Xodjiyev, Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor F.Niyazov ishtirok etdi. Tadbirni universitet Matbuot kotibi B.Samadov olib bordi.

Tadbirda universitet rektori, professor M.Xodjiyev talabalarni oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganliklari bilan tabriklab, talabalarning burchlari, vazifalari, Vatan taraqqiyoti uchun yetuk kadrlar bo‘lib etishib chiqish maqsadida e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlarga batafsil to‘xtab o‘tdi. Rektor va yoshlar uchrashuvlari davom etmoqda.

1910 | 2021-09-25 09:30
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023