2022-yilning 18-avgust sanasida Zoom platformasi orqali masofaviy shaklda "Oliy ta'lim - korrupsiyasiz soha!" mavzusida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi. Unda universitetning barcha prorektorlari, rektor maslahatchisi, fakultet dekanlari, bo'lim boshliqlari, profilaktika inspektorlari, dekan o'rinbosarlari, professor-o'qituvchilar, tyutorlar va o'quv-yordamchi xodimlaridan iborat 700 dan ortiq turli darajadagi xodimlar ishtirok etishdi.
Profilaktik davra suhbatida Yoshlar masalalari va ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor F.Niyazov, O'quv ishlari bo'yicha prorektor J.Qarshiboyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat bo‘limi boshlig‘i B.Hamzayev, Rektor maslahatchisi Inomov Oybek, Profilaktika inspektori A.Usmonov, Xodimlar bo‘limi boshlig‘i O.Abduraxmonovlar mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.