Nomzodlik imtihonlari
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Nomzodlik imtihonlari

Malakaviy imtihonlar sessiyalar shaklida yiliga uch marta: fevral, may va noyabr oylarida belgilangan reja asosida qabul qilinadi.

 

Tadqiqotchilar quyidagi malakaviy imtihonlarni topshiradilar:

  • «O'zbekistonning eng yangi tarixi» fani;
  • «Chet tili» fani (Chet tili sifatida ingliz, fransuz yoki nemis tillarining biridan malakaviy imtihon topshirish mumkin. Dissertatsiyani bajarish uchun boshqa chet tilini bilish talab qilinadigan hollarda ish bajarilayotgan muassasaning murojaati asosida O'zR OAK ruxsati bilan malakaviy imtihon ana shu tildan topshiriladi);
  • dissertatsiya mavzusiga muvofiq bo'lgan ixtisoslik bo'yicha imtihon.

 Shuningdek, tegishli fan yo'nalishlariga ko'ra quyidagi fanlardan ham malakaviy imtihonlar topshiriladi:

  • ijtimoiy-gumanitar fanlar yo'nalishida faoliyat olib borayotgan shaxslar  «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy negizlari va ilmiy asoslari» fanidan maxsus imtihon;
  • aniq va tabiiy fanlar xamda iqtisodiyot va pedagogika fanlari yo'nalishida faoliyat olib borayotgan  tadqiqotchilar «Matematik modellashtirish va matematik statistika asoslari» kursidan;
  • iqtisodiyot fanlari bo'yicha faoliyat olib borayotgan  tadqiqotchilar «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan;
  • pedagogika fanlari bo'yicha faoliyat olib borayotgan  tadqiqotchilar «Umumiy pedagogika, pedagogika va ta'lim tarixi» fanidan.

Chet el fuqarolari uchun malakaviy imtihon dissertatsiya yo'nalishiga muvofiq ixtisoslik bo'yicha o'tkaziladi.

Tadqiqotchilardan tegishli malakaviy imtihonlar quyidagi muassasalarda tuzilgan malakaviy imtihonlarni qabul qilish komissiyalarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.

 1.«O'zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan malakaviy imtihon O'zbekison Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazida.

2.«Chet tili» fani fanidan malakaviy imtihon O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida.

3.Dissertatsiya yo'nalishiga muvofiq bo'lgan ixtisoslik bo'yicha malakaviy imtihon dissertatsiya himoyasi mo'ljallangan ilmiy kengash faoliyat ko'rsatib turgan tashkilotda.

Shuningdek:

1. «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy negizlari va ilmiy asoslari» fanidan maxsus imtihon O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida.

2. «Matematik modellashtirish va matematik statistika asoslari» kursidan malakaviy imtihon O'zbekiston Milliy universitetida.

3. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan malakaviy imtihon O'zbekiston Milliy universitetida.

4. «Umumiy pedagogika, pedagogika va ta'lim tarixi» fanidan malakaviy imtihon Toshkent davlat pedagogika universitetida.

 

4034 | 2018-09-11 13:45
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
DOKTORLIK DIPLOMI TOPShIRILDI

Guliston davlat universiteti kichik faollar zalida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Navbahor” qishlog’ida tug’ilgan Kamola Abrorxonovaga doktorlik diplomi topshirishga bag’ishlangan tantana bo’lib o’tdi. Tantanani Guliston davlat universiteti professori R.Mahmudov kirish so’zi bilan ochdi va boshqarib bordi. Kamola Abrorxonova Guliston shahridagi 2-pedagogika kollejida o’qigan Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi bo’yicha magistraturada va doktaranturada ta’lim olgan. 2020-yil 1-may erta tongda Sardoba suv ombori o’pirilishi natijasida yuzaga kelgan talofatda Kamola Abrorxonova oilasi ham katta talofat ko’rgan. Sardoba suv ombori talofatlarini bartaraf etish uchun muhtaram Prezidentimiz to’rt marta Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdilar.

2020 yil 15 may kuni Mirzaobod tumanida Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoevning jabrlangan aholi bilan bo’lgan suhbatida Kamola Abrorxonova
ham o’z fikr mulohazalari bilan qatnashdi.

3-bosqich
doktoranti Kamola Abrorxonova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini innovatsion yondashuv
asosida milliy ruhda tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi
ilmiy tadqiqotini yakunlaganligini aytib o’tdi.

Diplom
topshirish marosimida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori
Alisher Umarov, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Oliy Attestatsiya
komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov, Guliston davlat universiteti rektori Muxsin
Xodjiev, Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti prorektori, ilmiy rahbari, pedagogika
fanlar doktori, professor Barno Abdullaeva, Sirdaryo viloyati hokimi o’rinbosari
Otabek Nosirov, biologiya fanlori doktori, professor Hazratqul Qarshiboev, O’zbekiston
jaxon tillari universiteti o’qituvchisi Ilyos Quvondiqovlar so’zga chiqdilar.

Oliy
Attestatsiya komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov doktorant Kamola Abrorxonovaga tantanali
ravishda fan doktorligi diplomini topshirdi. Tantana so’ngida so’zga chiqqan Kamola
Abrorxonova ilm fan rivojiga, yoshlarga katta g’amxo’rlik ko’rsatayotgan muhtaram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga, ilmiy rahbariga, Mirzaobod tumanidagi 17-maktab,
Guliston shahridagi 2-pedagogika kolleji jamoalariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Yigirma
sakkiz yoshli yangi fan doktoriga viloyat hokimligining qimmatbaho sovg’alari va
gullar taqdim qilindi. 

R.Mahmudov

Matbuot kotibi

546 | 2020-05-19 12:56
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->