Guliston davlat universitetida 2021-yil 1-choragida murojaatlar bilan ishlash faoliyatini organish haqida
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Guliston davlat universitetida 2021-yil 1-choragida murojaatlar bilan ishlash faoliyatini organish haqida

Guliston davlat universitetining  jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g’risida”gi Qonuni hamda boshqa tegishli qonun hujjatlari talablari asosida ko‘rib chiqilishi ta’minlanib kelingan.

          Universitetga 2021 yil 25 mart holatiga ko‘ra jami 35 ta, shundan Prezident virtual va Xalq qabulxonalari orqali 15 ta (2 ta murojaat korib chiqilmoqda) va bevosita boshqa tashkilotlar orqali 20 ta murojaat kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 18 tasi qanoatlantirilgan, 17 tasiga tushuntirish berilgan.

          Universitetga 2020 yil  yanvar oyidan 2021 yil 25 mart kuniga qadar 185 ta murojaat kelib tushgan va tegishliligi bo’yicha o‘rganib chiqilgan. Prezident virtual va Xalq qabulxonalari orqali 125 ta va bevosita boshqa tashkilotlar orqali 60 ta murojaatlar kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 59 tasi qanoatlantirilgan, 126 tasiga tushuntirish berilgan.

          Universitet rektorining tegishli buyrug’i bilan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sohasi ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A.Sulaymonovga yuklatilgan.

          Universitet jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha alohida xona ajratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo’yicha mas’ul etib Sh.Maxmudov biriktirilgan.

 

Jismoniy va yuridik shaxslarning

murojaatlari bilan ishlash bo’yicha

mas’ul     Sh.Maxmudov

1141 | 2021-03-31 10:29

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2021