Mehnat muhofazasi: xavfsizlik va salomatlik ustuvor vazifa
Oliy ta’lim tizimida mehnat
sharoitlari va mehnat muhofazasi masalalariga alohida e’tibor qaratilishi,
xodimlarning salomatligi va xavfsiz mehnat qilishi uchun zarur sharoitlarning
yaratilishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Guliston
davlat universitetida ham mazkur masalalar doimiy ravishda nazorat ostida
bo‘lib, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti ushbu yo‘nalishda muhim
vazifalarni bajarib kelmoqda.
O'zbekiston
Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 11-martdagi topshirig'i ijrosi yuzasidan
qabul qilingan "Mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, ishlab
chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oldini olish va kasb kasalliklarining
profilaktikasi yuzasidan Manzilli dasturi" ijrosi doirasida
universitetimizda quyidagi asosiy yo'nalishlarda ishlar jadallik bilan olib
borilmoqda:
1.
Xodimlarning malakasi va huquqiy bilimlarini oshirish
Xodimlarning mehnat huquqiga oid bilimlarini
oshirish maqsadida o'quv mashg'ulotlari, seminarlar va davra suhbatlari tashkil
etilmoqda. Bu tadbirlar orqali mehnat muhofazasi komissiyalari hamda
vakillarining bilimlari oshirilib, mehnat sharoitlarining yaxshilanishi
borasida olib borilayotgan ishlar keng targ'ib qilinadi.
2. Targ'ibot va tushuntirish ishlari
- Mehnat muhofazasi sohasidagi o'zgarishlarga
bag'ishlangan ijtimoiy videoroliklar yaratilib, ommaviy axborot vositalari
orqali keng tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
- Ish beruvchilar va Kasaba uyushma tashkiloti
raislari tomonidan mehnat sharoitlari va muhofazasi, ishlab chiqarishdagi
baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari haqida maqolalar tayyorlanib, e'lon
qilinmoqda.
- Universitetda xavfsiz mehnatni tashkil etish
tushunchalarini shakllantirish maqsadida ko'rgazmali materiallar
tayyorlanib, tarqatilmoqda.
3. Mehnat sharoitlari ustidan nazorat
- Jamoa shartnomasining "Mehnatni muhofaza
qilish bo'limi" bajarilishi monitoringi olib borilib, tahlil
qilinmoqda. Maqsad – mehnat muhofazasi bo'yicha bitimga sanitar gigiyena
vositalari, maxsus kiyim-bosh va shaxsiy himoya vositalari uchun
yetarlicha mablag' kiritilishiga erishish.
- Ish beruvchilar va xodimlar uchun normativ-huquqiy
hujjatlarga muvofiq xavfsiz ish o'rinlari yaratilgani ustidan jamoatchilik
nazorati belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- Xodimlarni dastlabki tarzda va keyinchalik (ish
davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy ko'rikdan o'tkazilayotgani monitoringi
olib borilib, xodimlar tibbiy ko'rikdan o'tishlarida chiqimdor
bo'lmasliklariga erishish nazorat qilinadi.
Boshlang‘ich
kasaba uyushma tashkiloti raisi sifatida ta’kidlab o‘tmoqchimanki, mehnatkashlarning
salomatligi, xavfsizligi va huquqlari bizning eng katta qadriyatimizdir.
Shu bois universitetda barcha xodimlar uchun qulay mehnat muhitini yaratish,
kasbiy kasalliklarning oldini olish va baxtsiz hodisalarning yuz bermasligini
ta’minlash borasidagi ishlar doimiy ravishda davom ettiriladi.
Guliston davlat universiteti boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raisi A.Yusufaliyev

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


