Reja-moliya bo'limi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

14465

Jami talabalar soni

6932

Kunduzgi ta'lim

7202

Sirtqi ta'lim

20

Kechki ta'lim

285

Magistr

26

Xorijiy talabalar

Guliston Davlat Universiteti Ilmiy indeksi

Reja-moliya bo'limi


Reja-moliya bo'limi boshlig'i: Qodirova Dilafruz Olimovna


Qabul kunlari: Seshanba, Juma (15:00, 17:00)

Rus tili

225-06-29

dilyakadirova1308@gmail.com


2000-2004 yy. - Qarshi davlat universiteti talabasi
2004-2005 yy. - Xovos don aksiyadorlik jamiyati iqtisodchi yordamchisi
2012-2014 yy. - Guliston davlat universiteti akademik litsey va kasb-xunar kollejlari
bo'yicha bo'lim uslubchisi
2014-2015 yy. - Guliston davlat universiteti reja-moliya bo'limi 1-toifali iqtisodchisi
2015-2019 yy. - Guliston davlat universiteti reja-moliya bo'limi boshlig'i
2019-2021 yy. - Guliston davlat universiteti kengash kotibi.
2021 y. - x.v. - Guliston davlat universiteti reja-moliya bo'limi boshlig'i.



Bosh mutaxassis: Xodjanazarov Erkinjon Mirsaidovich

Rus tili

225-06-29

 


2011-2012 yy.- Guliston tuman moliya bo'limi XTMMB maktabgacha ta`lim va maktabdan tashqari moliyaviy xisob operatsiyalari sektori xisobchisi
2012-2014 yy.- Guliston tumani moliya bo'limi Byudjet bo'limi Bosh iqtisodchi
2014-2015 yy.- Guliston tumani moliya bo'l'imi Byudjet xisobi va xisoboti sektori bosh xisobchi o'rinbosari
2015-2016 yy. - Guliston tuman moliya bo'limi Sog'likni saqlash muassasalarini moliyalashtirish sektori bosh iqtisodchisi
2016-2017 yy.- Guliston tumani moliya bo'limi Daromadlarni prognozlashtirish va byudjetga tushumlarning taxlili bo'yicha bosh iqtisodchi
2017-2018 yy.- Guliston tumani hokimligi iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi
2018-2019 yy.- Guliston tuman hokimligi investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi
2019-2020 yy.- Majburiy ijro byurosi Guliston tuman bo'limi Qarzdorliklarni sudgacha undirish sho'basi inspektori
2020 y. x.v. - Sirdaryo viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Investitsiya dasturlarini shakllantirish, tahlil qilish va infratuzilmani rivojlantirish bo'limi bosh mutaxassisi



Bo'lim haqida

Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida ta`lim muassasalarini moliyalash, jumladan, oliy o'quv yurtlarida o'qitish jarayonini zamon talablari darajasiga yetkazish, ya`ni, ularda ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini kengaytirishda Reja-moliya bo'limlari munosib hissasini qo'shib kelishmoqda. Reja-moliya bo'limi universitetning alohida bo'limi bo'lib, bevosita rektorga boysunadi va bo'lim boshlig'i, 1- toifali iqtisodchisi tomonidan faoliyat yuritiladi. Bo'lim o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi qonunlari, hukumat qaror va farmoyishlari, Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligining buyruqlari va me`yoriy hujjatlari, universitetning ichki tartib qoidalari va nizomiga, asoslangan holda ish yuritadi. Reja-moliya bo'limi universitetning iqtisodini rejalashtiruvchi va moliyalashtiruvchi asosiy bo'lim hisoblanib, yillik daromad va xarajatlar smetasini tuzishda hamda shtatlar jadvalini tayyorlashda ishtirok etadi.
Zero, bo'limimiz faoliyat yuritish jarayonidagi asosiy maqsad universitetimiz jamoasini imkon qadar ijtimoiy himoya qilish, o'quv jarayonini yuqori saviyada o'tishi uchun zaruriy o'quv jihozlari va texnologiyalari bilan ta`minlash, talabalar uylarida istiqomat qiladigan yoshlarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo'yicha rejalar ishlab chiqish hamda mazkur tadbirlarni amalga oshirishni moliyalashtirishga qaratilgan. Shuningdek, universitetimiz iqtisodiy vaziyatini yaxshilash, mablag'larning samarali sarflanishini ta`minlash, xarajatlarni belgilangan rejalar asosida amalga oshirish, ortiqcha sarflarga yo'l qo'ymaslik bo'lim faoliyatining bosh mezoni hisoblanadi. Reja-moliya bo'limi faoliyatini takomillashtirish, byudjet va byudjetdan tashqari mablag'larining daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish, iqtisodiy tahlil o'tkazish, namunaviy shtatlar jadvalini to'g'ri yuritishni nazorat qilish hamda universitet faoliyatini muntazam moliyalashtirib borishdan iborat.

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETINING REJA-MOLIYA BO'LIMINING VAZIFALARI VA BAJARAYOTGAN ISHLARI:

- OTMning barcha moliyaviy smetalarini tayyorlash uchun kerakli ma`lumotlarni to'plash va tahlil qilish;
- Byudjet va byudjetdan tashqari mablaglarni xarajatlar smetasidagi moddalar boyicha tahlil etish;
- Smetada ko'rsatilgan mablag'lardan o'z maqsadlari yo'lida to'g'ri foydalanishni, o'rinsiz yoki ortiqcha xarajatga yo'l qo'ymaslikni nazoratga olish.
- Universitet hududi va binolaridagi bo'sh joylarni ijaraga berish bo'yicha ijarachilar bilan ijara va kommunal to'lov shartnomalarini o'z vaqtida rasmiylashtirish;
- Ijaraga oluvchilar tomonidan ijara va kommunal to'lovlarni o'z vaqtida to'lanishini nazorat qilish;
- Har chorakdan keyingi oyning 10-sanasigacha ijara markaziga universitet hududi va binolaridagi bo'sh joylar va ijarada o'tirgan ijaraga oluvchilar to'g'risida ma`lumot tayyorlash va taqdim etib borish;
- Universitetning Xodimlar bo'limiga universitet bo'yicha vakant lavozimlar to'g'risidagi ma`lumotni har oyning 30-sanasigacha topshirish;
- Xodimlar bo'yicha ishga qabul qilish va ishdan bo'shatish haqidagi buyruqlarni o'z vaqtida qayd qilib borish orqali shtatlar soni monitoringini yuritish;
- Har chorakdan keyingi oyning 10-sanasigacha universitetning Buxgalteriya bo'limiga xodimlar va professor-o'qituvchilar keldi-ketdisi (stavka) bo'yicha hisobotni taqdim etish;
- Shahar statistika boshqarmasiga chorak, yillik hisobotning 1-T (mehnat) shaklini tayyorlash va topshirish;
- Shahar statistika boshqarmasiga boshqaruv xodimlari to'g'risidagi hisobotning 1-UP shaklini har chorakdan keyingi oyning 3-sanasigacha tayyorlash va topshirish;
- Yilning 15 dekabr sanasigacha shahar statistika boshqarmasiga hisobotning 1-NX shaklini tayyorlash va topshirish;
- Universitetning 19-sonli yosh ilmiy tadqiqotchilar yotoqxonasida istiqomat qiluvchilarning kommunal to'lovlari bo'yicha hisob-kitobni amalga oshirish va o'z vaqtida to'lanishi ustidan monitoring olib borish;
- Universitetda faoliyat ko'rsatayotgan xodim va professor-o'qituvchilarning er va mol-mulk solig'i bo'yicha majburiyatlarini o'z vaqtida to'laganliklari to'g'risidagi ma`lumotnomalarni yig'ish;
- Har oyning 30-sanasigacha universitetning barcha bo'lim va dekanatlarida ishlovchi xodimlar uchun yozilgan tabellarni qabul qilish va uni universitetning Buxgalteriya bo'limiga topshirish;
- Uzrli sabablar bilan ishda bo'lmagan xodim vazifalarini vaqtincha bajarib borish;
- Bo'lim faoliyatiga taalluqli bo'lgan boshqa har xil topshiriqlarni bajarish.
- Rejali hisobotlarni tayyorlash;
- Byudjet va byudjetdan tashqari mablag'lar xarajatlar smetasini loyihasini tayyorlash;
- Byudjet va byudjetdan tashqari mablag'larni xarajatlar smetasidagi moddalar bo'yicha tahlil etish;
- Smetada ko'rsatilgan mablag'lardan o'z maqsadlari yo'lida to'g'ri foydalanishni, o'rinsiz yoki ortiqcha xarajatga yo'l qo'ymaslikni nazoratga olish.
- Xarajatlar smetasiga ish haqi uchun byudjetdan ajratiladigan mablag'lar qonun hujjatlari bilan belgilangan lavozim maoshlari va bazaviy mehnatga haq to'lash stavkalari, ularga qo'shimcha haq to'lash va ustamalar hamda amaldagi namunaviy shtatlar va shtat normativlariga rioya etilgan holda kiritish;
- Stipendiya xarajatlari stipendiyalar miqdorlari va stipendiya bilan taminlash tartibiga muvofiq hisoblash;
- Yagona ijtimoiy to'lovni to'lash xarajatlari, xarajatlar smetasiga belgilangan stavkalardan va qonun hujjatlariga muvofiq yagona ijtimoiy to'lov to'lanadigan barcha to'lov summalaridan kelib chiqqan holda kiritish;
- Xo'jalik xarajatlari, jumladan, kommunal xizmatlar uchun xarajatlar har bir tashkilotga ko'rsatiladigan xizmatga o'tgan hisobot davridagi haqiqiy xarajatdan kelib chiqib yoki belgilangan limit (jismoniy hajmlar) doirasida hamda narx va tariflarni hisobga olgan holda hisoblash;
- Tashkilotlarning binolar, inshootlar, transport vositalaridan foydalanish, binolar va transport vositalari, shuningdek boshqa mulk ijarasi bilan bog'liq xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan xarajatlar me`yori, limitlar va natural ko'rsatkichlardan kelib chiqib aniqlash;
- Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag'lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya yilining 25 dekabrigacha tuziladi va tasdiqlash;
- Guliston davlat universitetida mavjud byudjetdan tashqari, shu jumladan chin yetim, yetim, nogiron, ijtimoiy muxtoj hamda temir daftar ro'yxatidagi oilalar farzandlari bo'lgan talabalarga moddiy tomondan yordam berish choralarini tizimlli ravishda olib borish;
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi Ilm-fan va ta`lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchi ilmiy darajaga ega bo'lgan xodimlarga qo'shimcha xaq to'lash tartibiga muvofiq smetaga mablag'larni taqsimlash va nazorat olib borish.

Bosh sahifa

11953 | 2018-06-02 09:51

QABUL-2024 o'qishni ko'chirsh

QABUL-2024

Xorijiy fuqarolarga qabul 2024

Abituriyentning ijodiy (kasbiy) imtihon axborot varaqasi
Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi

2024-2025 o'quv yilida o'tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihon manzillari geolakatsiyasi

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news