“Sirdaryoliklar albatta boy bo’ladi”

Davlatimiz rahbarining Sirdaryoga tashrifi viloyat xalqini ruhlantirib yuborgani shubhasiz. Xususan, Sirdaryo, Yangier shaharlari, Xovos qo’rg’oni, Mirzaobod tumanlarida barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, yangi loyihalar bilan tanishar ekan Yurtboshimiz viloyat imkoniyatlari nihoyatda ulkan ekanligiga ishonch hosil qildilar. Agar mavjud imkoniyatlar ishga solinsa, sirdaryoliklar albatta boy bo’lib ketishi mumkinligini, biroq birinchi galda uyqudan uyg’onish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, zamon bilan hamnafas bo’lgan holda yangilikka intilish, tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash, viloyatga investitsiyalarni kiritish, zamonaviy texnologiyalarni, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirishning  yangi usullarini joriy etish, bu borada zarur bo’ladigan xomashyolarni ishlab chiqarish uchun mahalliy imkoniyatlardan foydalanish, buning uchun butun kuchni safarbar etish, barcha bir yoqadan bosh chiqarishi zarurligini uqtirdilar.

Guliston davlat universiteti bosh binosining faollar zalida bo’lib o’tgan yig’ilishni olib borayotgan hurmatli domlamiz, universitet rektori, texnika fanlari doktori, professer Muhsin Tojievich Xojiev mazkur tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad viloyat xalqining turmush tarzini yuksaltirishga qaratilganligini alohida ta’kidlab, shu maqsadda viloyatga 50 million dollar mablag’ ajratilgani, kelgusida yana 70 million dollar yordam qilinishi ko’zda tutilganligini qayd etib o’tdilar.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining iqtisodiy-ijtimoiy sohalardagi o’zgarishlar, “Obod qishloq” dasturi ijrosi, har bir oilaning tadbirkorlik, tomorqachilik, chorvachilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, bog’dorchilik bilan shug’ullanishi borasidagi harakatlar, xotin-qizlar bandligi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning sport inshootlariga jalb etilishi bilan bog’liq bir qator masalalar yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirganliklari, tegishli mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berganliklari bayon qilindi.

Bu borada universitet oldida qanday vazifalar turibdi? Universitet rektori fakultetlar dekanlari, bo’lim boshliqlari, qolaversa, barcha xodimlarning o’z vazifalariga mas’uliyatlarini yanada oshirishlari zarurligi yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdi. Viloyat miqyosida o’tkaziladigan “Kitobxon oila”, shuningdek, universitet fakultetlari o’rtasida tashkil etiladigan “Eng faol bilimdon kitobxon” ko’rik-tanlovlarini tashkil etish, bir qator davlatlar oliygohlari bilan tuzilgan shartnomalar, memorandumlar asosida yangi yo’nalishlarni ochish, kadrlar salohiyatini, malakalarini oshirish, o’rta maktablarga kadrlar etkazib berish maqsadida 2019-2020 o’quv yilida qabul jarayonida Sardoba hamda Xovos tumanlariga kvotalar sonini oshirish, universitetning bosh binosini rekonstruktsiya qilish orqali o’quv o’rinlari sonini oshirish, “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”, laborotoriyalar imkoniyatlaridan keng foydalanish, sport majmui qurilishi loyihasini oxiriga etkazish va yoshlarni sportga keng jalb etish, tomorqachilikni rivojlantirish, jumladan, erlarni ekishga tayyorlash, ko’chat o’tqazish ishlarini yo’lga qo’yish, bu yumushlarga professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlarni safarbar etish, xususan, maxsus aktsiya o’tkazish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

  

 

Matbuot xizmati.

1290 | 2019-02-22 17:45
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish