PhD dissertatsiya himoyasi bolib otdi
2020-yil 7-mart kuni Guliston davlat universiteti majlislar zalida O’zR FA Zoologiya instituti tadqiqotchisi Sobirov Jobir Jamolovichning “To’dako’l suv omborining baliqchilikdagi ahamiyati va gidrobiologik holati” mavzusidagi 03.00.06-Zoologiya ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishining himoyasi bo’lib o’tdi.
299 | 2020-03-10 18:40 | Batafsil
5 tashabbus doirasida ijodiy tadbir tashkil etildi
Guliston davlat universitetining Madaniyat saroyida 5 muhim tashabbus doirasida O’zbekiston davlat filarmoniyasining Sirdaryo vilyaoti bo’linmasi bilan hamkorlikda ijodiy tadbir tashkil etildi.           Tadbirda Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan yosh ijodkorlardan Zohid Yusupov, Oybek Xudoyberganov, Xurshid Ziyadov, Doston Jabborov, Tursunali Markaev, Obid Ikromovlar, “Sirdaryo navolari” ansambl raqqosalari, “Sharq ziyo” vokal cholg’u ansambli, “Parvoz” guruhi, “Mumtoz navolar” milliy cholg’u ansambllari ishtirok etishdi. Shuningdek tadbirda universitetda ta’olayotgan ijodkor talabalar ham o’z san’atlarini namoyish etishdi. …
245 | 2020-03-09 15:20 | Batafsil
OAK raisi universitetga tashrif buyurdi
2020-yilning 7-mart sanasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Yusupov Axmadbek Tadjiyevich Guliston davlat unoversitetiga tashrif buyurdi. Tashrif chog'ida OAK raisi universitetda faoliyat olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar bilan uchrashib sohaga oid masalalar bo'yicha ochiq muloqot o'tkazdi. Shu yerning o'zida tadqiqotchilarning bir qator masalalari o'z yechimini topdi.
254 | 2020-03-09 12:38 | Batafsil
Sen muqaddassan, muqaddas ayol!
2020-yilning 7- mart kuni universitet Madaniyat saroyida 8 mart-Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri tashkil yetildi. Tadbirga Guliston davlat universitetida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar va xoʻjalik xodimlari taklif yetildi. Bayram kechasini universitet rektori M.T.Xodjiyev olib bordi. Soʻzga chiqqanlar oʻzbek ayolini ulugʻlovchi tabrik soʻzlarini bildirib oʻtishdi. Tadbirda universitetning bir guruh xotin-qizlariga rektoratning bayram sovgʻalari topshirildi. Tadbir davomida badiiy chiqishlar namoyish etildi.
246 | 2020-03-09 10:55 | Batafsil
AYOLNI EZOZLANG!
2020 yil 3 mart kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan “Ayolni e’zozlang!” deb nomlangan ilmiy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda fakultet dekani dotsent B.To’ychiboev, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Q.Almanov, kafedra mudiri Sh.Kenjaev, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. Talabalarning tabriklari aks ettirilgan videorolik namoyish etildi. Talaba yoshlar ayolning islom dinidagi qadr-qimmatini ulug’laydigan, uning ona sifatida oyoqlari ostida jannatni to’shaydigan hadislar va oyatlar, ibratli rivoyatlarni so’zlab berdilar. Tadbir chiroyli she’rlar va qo’shiqlar bilan o’z yakuniga e…
248 | 2020-03-05 12:48 | Batafsil
Sayyor qabul otkazildi
Guliston davlat universiteti rektori, xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati M.Xodjiev Sayxunobod tumani fuqarolari uchun sayyor qabul o’tkazdi. Sayyor qabul tuman aholisini bilan ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligidan mas’ullar ham ishtirok etishdi. Tuman aholsining bir qancha masalalari shu erning o’zida echimini topdi.  
240 | 2020-03-04 10:59 | Batafsil
Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoev «2017—2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida»gi farmonni imzoladi. Unga ko’ra, 2020 yilda hududlarda oliy ta’limning talab yuqori bo’lgan yo’nalishlarida o’qitishni tashkil etish, shu jumladan, Toshkent shahrida joylashgan etakchi oliy ta’lim muassasalarining filiallari ochiladi. Shuningdek, 2020/2021 o’quv yilidan boshlab: Oliy ta’lim muassasalarida asosiy mutaxassislikka aloqasi bo’lmagan fanlar soni ikki baravarga qisqartiriladi; O’z…
369 | 2020-03-03 11:17 | Batafsil
Iqtidorli talabalarga qoshimcha mashgulotlar tashkil etildi
Iqtidorli talabalar bo’limi tomonidan fan olimpiadalari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezienti stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga tayyorlash masalasini aloxida e’tiborga olinib barcha fakultetda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga 2 smenada ingliz tili fanidan bepul qo’shimcha darslar tashkil etildi. Bundan tashqari Respublika va xorijda bo’lib o’tadigan anjumanlar axborot xatlari barcha talabalarga taqdim etib borilmoqda. Talabalar respublika miqyosida o’tkaziladigan fan olimpiadasiga biriktirilgan ilmiy rahbari bilan birgalikda tayyorgarlik ko’rish ishlarini olib bormoqdalar.
270 | 2020-03-03 11:02 | Batafsil
Baxtim shuki, ozbekning Zulfiyasiman
2020 yilning 28 fevral kuni Guliston davlat universitetining Pedagogika fakultetida Madaniyat saroyida “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi tomonidan Zulfiya Isroilova tavalludining 105 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.             Tadbirni Pedagogika fakulteti dekani J.Komilov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi mudiri M.Sariboeva va o’qituvchi G.Taylakovalar Zulfiya hayoti va ijodi haqida so’zga chiqishdi. Tadbirning ikkinchi qismida Zulfiya ijodiga mansub sahna ko’rinishilar namoyish etildi.
219 | 2020-03-02 16:40 | Batafsil
Zulfiyaxonim qizlari
2020-yilning 29-fevral kuni Guliston davlat universitetining "Ishlab chiqarish texnoligiyalari" fakultetida Zulfiyaxonim tavalludining 105 yilligi munosabati bilan, 2019 yil “Jamoatchilik faoliyati” yunalishi bo’yicha Zulfiyaxonim nomidagi davlat mukofotini qo’lga kiritgan talabamiz Zulfiqorova Aziza bilan suxbat bo’lib o’tdi. Tadbirda universititet Xotin-qizlar qo’mitasini raisi Sultonova Nigora,  fakultet professor o’qituvchilari, talaba qizlar ishtirok etdilar. Tadbirda Zulfiyaxonim qalamiga mansub ijod namunalari ijro etildi.
326 | 2020-03-02 16:26 | Batafsil
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Rektor virtual qabulxonasi
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish