Zulfiyaxonim qizlari
2020-yilning 29-fevral kuni Guliston davlat universitetining "Ishlab chiqarish texnoligiyalari" fakultetida Zulfiyaxonim tavalludining 105 yilligi munosabati bilan, 2019 yil “Jamoatchilik faoliyati” yunalishi bo’yicha Zulfiyaxonim nomidagi davlat mukofotini qo’lga kiritgan talabamiz Zulfiqorova Aziza bilan suxbat bo’lib o’tdi. Tadbirda universititet Xotin-qizlar qo’mitasini raisi Sultonova Nigora,  fakultet professor o’qituvchilari, talaba qizlar ishtirok etdilar. Tadbirda Zulfiyaxonim qalamiga mansub ijod namunalari ijro etildi.
535 | 2020-03-02 16:26 | Batafsil
O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi
27-28 fevral kunlari Toshkent shaxridagi INHA universiteti konferentsiyalar zalida “O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovining g’oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Sirdaryo viloyatidan Guliston davlat universiteti “Kimyo” kafedrasi katta o’qituvchisi Ettibaeva Lolaxon Abdumalikovna va “Biologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi Bazarova Ro’zigul Shakarovna “Eng samarali innovatsion loyiha” yo’nalishi bo’yicha, “Biologiya” kafedrasi 2-bosqich talabasi Xojiboboeva Sarvinoz Habibjon qizi “Iqtidorli qizning istiqbolli innovatsion g’oyasi” yo’nalishi bo’yicha g’oliblikni qo’lg…
458 | 2020-03-02 16:23 | Batafsil
“Murojaatnoma-yoshlarni bunyodkorlikka chorlaydi”
2020-yilning 28-fevral kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida O’zLiDEP Sirdaryo viloyat Kengashi, “Yuksalish” umummilliy nodavlat-notijorat tashkiloti Sirdaryo vilyaot bo’linmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda “Murojaatnoma-yoshlarni bunyodkorlikka chorlaydi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirni universitet rektori M.Xodjiev olib bordi. Tadbirda  O’zLiDEP viloyat Kengashi apparat rahbari Sh.Bozorboeva, “Yuksalish” umummilliy harakati nodavlat-notijorat tashkiloti viloyat bo’linmasi rahbari S.Sultonov, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi mas’ul xodimlari so’zga chiqishdi. Tadbir yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. …
354 | 2020-03-02 16:18 | Batafsil
Internet madaniyatini shakllantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash
Joriy yilning 28-fevral kuni Guliston davlat universitetining Axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan 5 muhim tashabbusning 3-yo’nalishi doirasida seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminar-treningda O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi bo’lim boshlig’i F.Xakulov, Fizika-matematika fakulteti dekani S.Allayorov, Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri D.Toshtemirov, kafedra katta o’qituvchisi A.Taniberdiev, o’qituvchilar Sh.Mavlonov, M.Niyozov, O’.Yuldashev, A.Qudratov, D.Ung’arov va Amaliy matematika va informatika yo’nalishi 2-kurs talabasi T.G’anievlar so’zga chiqishdi.
363 | 2020-03-02 16:14 | Batafsil
Biz OIV infektsiyasiga qarshimiz...
2020-yilning 26-fevral kuni Guliston davlat universitetining Pedagogika fakultetida “Biz OIV infektsiyasiga qarshimiz” shiori ostida ma’naviy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i birinchi o’rinbosari A.Mirzaxonov, Pedagogika fakuletitining yoshlab bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O.A.Abdug’anievlar so’zga chiqishdi. So’zga chiqqanlar OIVG’OITS kasallagi, uning yuqishi va profilaktikasi haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Tadbir yakunida talabalar tomonidan sahna ko’rinishlari namoyish etildi. 
421 | 2020-02-27 14:53 | Batafsil
Universitet rektori Ishlab chiqarish texnologiyalari va san’atshunoslik fakultetlari professor-o’qituvchilari bilan uchrashdi
2020-yilning 24-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga yo’lllagan Murojaatnomasi hamda 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamliy iqtisodiyot” yili Davlat dasturi asosida Guliston davlat universitetining 2020 yildagi rivojlanish strategiyasi ijrosi bo’yicha universitet rektori barcha fakultetlar professor-o’qituvchilari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan edi.             2020-yilning 26-fevral kuni universitet rektorining Ishlab chiqarish texnologiyalari va san’atshunoslik fakultetlari professor-o’qituvchilari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv universitet rektori raisligida o’tkazildi. Unda quyidagi masalalar muhokama etildi:…
478 | 2020-02-27 14:39 | Batafsil
5 tashabbus amalda
Guliston davlat universitetining Ishlab chiqarish texnologiyalari fakultetida 5 muhim tashabbus ijrosiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Unda 5 tashabbusning har bir tashabbusi bo’yicha alohida pavilonlar tashkil etilib, talabalar vaqtini unumli o’tkazish va ularning ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar o’tkazildi. Tadbirda universitet rektori boshchiligidagi barcha rahbar bo’g’imlar ishtirok etishdi.
554 | 2020-02-26 10:18 | Batafsil
Startap loyihalari ko’rgazmasi tashkil etildi
Joriy yilning 25 fevral kuni Guliston davlat universitetida yosh tadqiqotchilar va iqtidorli talabalarning startap loyihalarining ko’rgamasi tashkil etildi. Unda barcha kafedralar o’z yo’nalishlari bo’yicha taklif qilayotgan loyihalarini taqdim qilishdi. Mazkur ko’rgazma O’zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo’lib, startap loyihalarini ushbu vazirlikka taqdim etish haqida qaror qabul qilindi.
471 | 2020-02-26 10:01 | Batafsil
Guliston davlat universiteti rektori yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi
2020 yilning 22 fevral kuni universitet rektori M.T.Xodjiev 2020 yilda universitetga qabul qilingan 1-kurs tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashdi.             Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda ilmiy-tadqiqot ishlarining borishi, bu borada oldinda turgan muammolar va ularning echimlari, ilmiy ishlarni o’z vaqtida yakunlash bu borada shaxsiy mas’uliyatni yanada oshirish jihatlariga to’xtalib o’tildi.             Bu borada xorijiy nashrlar, jumladan Scopus bazasiga kiritilgan jurnallarda maqola va ilmiy tadqiqot natijalarini chop qilish masalalari bo’yicha individual shaklda topshiriqlar berildi.
482 | 2020-02-24 14:50 | Batafsil
“Koronavirus”dan saqlaning
So’ngi paytlarda Xitoy xalq respublikasida paydo bo’lib, butun dunyoga tarqalishi boshlangan “Koronavirus” epidemiyasi haqida ommaviy axborot vositalarida ko’plab tahlikali xabarlar tarqalmoqda. Xo’sh, bu qanday kasallik, qanday virus. Undan qanday qilib saqlanish va himoyalanish mumkin, degan savol ko’pchilik yurtdoshlarimizni o’ylantirmoqda. Guliston davlat universitetida ham talabalar o’rtasida tibbiyot xodimlari va soha mutaxassislari ishtirokida turli targ’ibot-tashviqot va profilaktika ishlari olib borilmoqda. 2020 yil 21 fevral kuni Filologiya va Fizika-matematika fakultetlari talabalari o’rtasida universitet tibbiyot xodimlari tomonidan mazkur epidemik holat yuzasidan targ’ibot-tushuntirish tadbirlari tashkil…
632 | 2020-02-24 14:34 | Batafsil
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Rektor virtual qabulxonasi
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish