Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Yangiliklar va e`lonlar
    29.04.2015Sog’lom e’tiqod – sog’lom muhit

    Jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, bag’rikenglik va o’zaro hurmat muhitini yanada mustahkamlash bizning ustuvor vazifamiz bo’lib qoladi.

     

    Islom Karimovning

    saylovoldi dasturidan.

     

    O’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Buning uchun barcha ta’lim muassasalarida talaba va o’quvchi – yoshlarning o’qib-izlanishlari, sport bilan muntazam shug’ullanishlari, o’zlarini qiziqtirgan sohaga oid to’garaklarda o’z bilim va malakalarini yanada oshirishlariga, o’zlarining kuch-qudrati, solohiyatlarini namoyon etishlari uchun ulkan qulayliklar yaratilgan. Bundan unumli foydalanayotgan yoshlarimiz turli jabhalarda dunyo miqiyosida ulkan muvofaqiyatlarga erishmoqdalar. Mamlakatimizda Davlat rahbariyati tomonidan barcha sohalarda olib borilayotgan tub islohatlar natijasida xalqimiz faravonligi, mamlakatimiz osoyishtaligi kundan-kunga barqarorlashib bormoqda. Buning barchasiga respublikamizdagi tinchlik va osoyishtalik sababchi.

    Biroq chor-atrofimizda bizning tinchligimizni, xalqimiz faravonligini, osoyishtaligini ko’rolmayotgan, yot g’oyalarni yoshlarimiz ongiga singdirib ularni yo’ldan urayotgan kuchlar yo’q emas. Shu bois dunyoga xushyorlik, teran ko’z bilan qarab, yosh avlodni buzg’unchi g’oyalar ta’silaridan avaylab-asrashimiz, ularda vatanparvarlik, milliylik, insonparvarlik, millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash va kelajakka bo’lgan ishonchi mustahkamlash hozirgi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi.

    Bu borada Guliston davlat universiteti rahbariyati tomonidan viloyat huquq-tartibot idoralari vakillari bilan hamkorlikda yoshlarni sog’lom e’tiqod, vatanparvarlik va bag’rikenglik ruhida turbiyalash ularni turli mafkuraviy xurujlar: diniy ekstremizm, terrorizm, missionerlik va prozelitizm, “ommaviy madaniyat”, zo’ravonlik va vaxshiylik kabi buzg’unchi g’oyalardan himoya qilish maqsadlarida talaba-yoshlar va professor-o’qituvchilar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy tabirlar o’tkazilib kelinmoqda. Bundan tashqari, malakali professor-o’qituvchilar tomonida bu yo’nalishda aholi o’rtasida, ayniqsa yoshlar o’rtasida ham targ’ibot ishlari yo’lga qo’yilgan.

    Jumladan, aprel oyida universitet talabalari va professor-o’qituvchilar o’rtasida Toshkent islom instituti, IIV Akademiyasi va Toshkent davlat yuridik universiteti prpofessor-o’qituvchilari, Adliya vazirligi, viloyat Prokuraturasi, Adliya boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Jinoiy va fuqarolik ishlari bo’yicha sudlar xodimlari tomonida 2 ta seminar, 4 ta uchrashuvlar o’tkazildi. Bu tadbirlarda mahalla faollari, jinoyat  yo’liga kirib qolganlarning ota-onalari ham ishtirok etdilar.

    Joriy yilning 29 aprel kuni universitetning katta faollar zalida viloyat xokimligi va huquq-tartibot idoralari rahbarlari ishtirokida diniy ekstremistik va terroristik guruhlar ta’siriga kirib qolgan hamda bugungi kunda turli terroristik guruhlar safida yurgan shaxslarning ota-onalarini taklif qilgan holda, davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda so’zga chiqqan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i polkovnik Z.Hoshimov viloyatimiz fuqarolari orasida ham bugungi kunda turli yo’llar bilan chet davlatlarga chiqib ketib, bugungi kunda terroristik guruhlar tarkibida tinch aholiga nisbatan zo’ravonlik, odamkushlik kabi og’ir jinoyatlarni sodir etayotganliklari xususida to’xtalib, ularni ota-onalari, yaqin qarindoshlarini taklif qilib, nima uchun ularning farzandlari bunday yo’lga kirib qolganliklari va bunda ularning ham ayblari boriligi, shu sababli o’z xalqiga nima deb javob berishliklarini so’radi. Ota-onalar boshlari egik holda yig’ilganlarga biror jo’yali so’z ayta olishmadi.

    Viloyat xokimining o’rinbosari R.Mamadaliev so’zga chiqib, bu kabi noqobil farzandlar o’z ota-onalarining ham boshlarini xam bo’lishiga sababchi bo’lganliklari, ularni yig’latganliklariga qanday chidash mumkinligini, bundan tashqari ushbu razil shaxslar o’zlarining iflos rahnamolarining ta’siri ostida o’z vatanlariga, xalqiga qarata tajavuz qilayotganliklarini takidlab o’tdi. Shu bois farzand tarbiyasiga hech qachon befarq bo’lmaslikka, ota-ona o’z bolasi uchun har doim o’rnak bo’lishi, bola esa ota-ona bo’lmasa ham har narsadan tarbiyani ustun qo’yishi, Vatanini, o’z tug’ilgan uyni sevib ardoqlashi lozimligini takidladi.

    Muzokaralarda so’zga chiqqanlar bunday nopok yo’llarga kirib qolganlarga bizning yoshlarimiz orasida o’rin yo’qligini, ularning qilayotgan ishlari faqat salbiy oqibatlarga olib kelishini aytishdi.

    Sog’lom bola – kelajak poydevori ekanligi mutloq haqiqat. Sog’lomlik jismoniy, ma’naviy va ruhiy uyg’unlikka erishganda jamiyat hayotida tub burilishlar, yangilanishlar, o’zgarishlar va kamolot yuz beradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O’zbek xalqiga tinchlik, omonlik kerak” degan ezgu da’vati hech birimizni befarq va e’tiborsiz qoldirmasligi kerak.



    Sahifani ko'rganlar soni: 31729

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    Harakatlar strategiyasi
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 apreldagi 350-sonli buyrug’i ijrosi yuzasidan Guliston davlat universitetida talabalar o’rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzusid

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmonga o’zgartirishlar kiritildi

    Azim Toshkentga sayohat

    Yoshlar tarbiyasi dolzarb masala

    Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish

    Guliston davlat universitetida huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

    Zahiriddin Muhammad Bobur tavvaludining 535 yilligiga bag’ishlangan ilmiy adabiy-badiiy anjuman

    O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon “Xalqona ruhiyat musavviri”

    Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish

    Universitetida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavvaludining 577 yilligiga bag’ishlab “Abadiyat farzandi” mavzusida adabiy-badiiy anjuman bo’lib o’tdi


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov