Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Yangiliklar va e`lonlar
    08.06.2017 Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbir o’tkazildi
    Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbir o’tkazildi
     

    2017 yil 6 iyun kuni Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kolleji faollar zalida viloyat huquq-tartibot idoralari xodimlari Guliston davlat universiteti professor-o’qituvchilari va talabalariga huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan huquqiy targ’ibot tadbirini o’tkazishdi.
    Tadbirni universitet rektori B.Zakirov ochib berdi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.
    Shundan so’ng, Viloyat prokurorining birinchi o’rinbosari Sh.Karimov so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2833-sonli Qarorida davlat idoralari va tashkilotlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni muvofiqlashtirish yo’nalishlari haqida batafsil to’xtalib o’tdi. So’ngra, Sh.Karimov yaqinda Toshkent shahridagi Borovskiy nomli kollejda yuz bergan fojea tafsilotlari haqida to’xtalib o’tdi va bunday noxush voqealar bo’lmasligi uchun har birimiz xuquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilishimiz, uning oldini olish yo’llarini qidirishimiz va har qanday jinoyatga jazo muqarrar ekanligini yaxshi tushunib olishimiz kerak, deb ta’kidlab o’tdi.
    Shundan so’ng, viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Z.O’rolov so’zga chiqib, 2017 yilning dastlabki 5 oy davomida Sirdaryo viloyatida voyaga yetmagan yoshlar va ta’lim muassasalari o’quvchi-talabalari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarni hududlari kesimida aniq misollar bilan keltirib o’tdi. Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va bezorilikning oldini olish borasida bir qator ishlar olib borilishiga qaramay, o’quvchi-yoshlar o’rtasida turli huquqbuzarlik, o’g’irlik va bezorilik jinoyatlari sodir etilayotgani, buning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, joylardagi ichki ishlar xodimlari bilan o’zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligini va shu maqsadda bir qator o’z tavsiyalarini berib o’tdi.


    Kun tartibidagi masalalar yuzasidan yig’ilish qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari to’laqonli javob berdilar hamda  yig’ilish qatnashchilari bilan bahs-munozara o’tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.
    Mazkur tadbirda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar va talabalar,  jami: 254 nafar ishtirokchilar qatnashdi.


    Sahifani ko'rganlar soni: 1328

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    28.06.2017 “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlangan tadbiri bo’lib o’tdi

    21.06.2017 Guliston davlat universitetida qabul jarayoni qizg’in ketmoqda

    14.06.2017 Inobat Shirinovaning 60 yosh yubileyi munosabati bilan uch avlod uchrashuvi o’tkazildi

    09.06.2017 Universitetda matbuot anjumani bo’lib o’tdi

    08.06.2017 Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbir o’tkazildi

    06.06.2017 “Munozara” o’yinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

    06.06.2017 “Zukko kitobxon” o’yinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

    06.06.2017 “Kamolot oltin to’pi” musobaqasi bo’lib o’tdi.

    05.06.2017 Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi

    05.06.2017 “Butunjahon Atrof muhitni muhofaza qilish kuni”gŕ bag’ishlab “Men tabiat bilan birgaman” shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi.


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov