Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
O'zbekcha .::. .::. English
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Yangiliklar va e`lonlar
    20.08.2017 Mustaqillik davrida erishilgan yutuqlar

    Dunyoda ikki yuzdan ortiq davlat, minglab xalq va elatlar mavjud. Ular orasida O‘zbekiston deya atalmish go‘zal va betakror mamlakatning o‘z o‘rni va nufuzi, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li borligi qalbimizga iftixor bag‘ishlaydi.
    Mustaqillik xalqimizga, millatimizga o‘zligini teran anglash, ming yillar davomida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy ma’naviy-madaniy merosdan bahramand bo‘lish imkonini berdi. Mustaqilligimizning turli yillarida millatimizning buyuk farzandlari — Ahmad Farg‘oniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Imom Buxoriy, Abduxoliq o‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Imom Moturudiy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Imom Termiziy, Xoja Ahror Valiy singari ulug‘ zotlarning tavallud sanalarini alohida nishonlash hamda boy ilmiy, diniy-ma’rifiy merosini keng ommalashtirish va o‘rganish, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, Shahrisabz, Qarshi, Termiz, Marg‘ilon singari qadim va muazzam shaharlarning xalqaro miqyosdagi yubileylari o‘tkazilishi, albatta, bevosita istiqlol davri bilan bog‘liq.
    Bozor munosabatlariga o‘tishning eng murakkab davrida yirik ishlab chiqarish majmualarining barpo etilgani tom ma’noda bunyodkor el matonati va jasorati namunasidir. Qizilqum fosforit, Buxoro neftni qayta ishlash, Asaka va Samarqand avtomobil, Qo‘ng‘irot soda, Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodlari, Sho‘rtan gaz-kimyo majmui kabi o‘nlab yirik korxonalarning qisqa muddatlarda qurib foydalanishga topshirilishi, Jizzax, Angren xalqaro logistika markaziga asos solinishi, Navoiy erkin iqtisodiy industrial zonasining bunyod etilishi, «General Motors Powertrain» (yiliga 225 ming dona VDONS yangi avlod avtomobil dvigatellari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona), «O‘zavtosanoat» AK bilan Germaniyaning «MaN Truck & Bus AG» kompaniyasi hamkorligida Samarqandda «Jv MAN Auto Uzbekistan» qo‘shma korxonasida MAN katta yuk avtotransport vositalari ishlab chiqarish zavodining ishga tushirilishi haqiqatdan ham o‘zbek mo‘’jizasi sifatida e’tirof etilib, hech kimdan kam bo‘lmagan, hech kimga qaram bo‘lmagan jonajon Vatanimizni yana bir bor dunyoga tanitdi. Asr qurilishlari nomini olgan 2012 yilda Surg‘il koni bazasida hatto dunyo mezonlari bo‘yicha ham noyob bo‘lgan loyiha qiymati 25 milliard dollardan ziyodni tashkil etadigan Ustyurt gaz kimyo kompleksini barpo etilishi, Angren-Pop temir yo‘lining qurilishi haqiqatdan ham asrimizning buyuk voqeligidir. Iqtisodiyotning kommunikatsiya va transport tarmoqlarini rivojlantirishga jiddiy e’tibor berilishi tufayli Farg‘ona vodiysidagi «Qamchiq» dovonida amalga oshirilgan ishlar, «Navoiy – Uchquduq – Miskin Sulton Uvaystog‘ – Nukus, Toshguzar – Boysun – Qumko‘rg‘on» yo‘nalishlarida temir yo‘llarning qurilishi yoki MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib 2011 yilda foydalanishga topshirilgan Ispaniyaning «Ratentes Talgo» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Toshkent – Samarqand», «Toshkent – Qarshi» yo‘nalishlarida tezyurar poezd qatnovi yo‘lga qo‘yilganligi, havo transportini zamonaviylashtirish, yangi aeroportlarni jahon andozalariga mos keladigan darajada qurish va rekonstruktsiya qilish, avtomobil yo‘llarining minglab kilometri rekonstruktsiya qilingani va qurilgani, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda amalga oshirilgan islohotlar asrlarga tatigulik voqealar sirasiga kirib, bunyodkor, mehnatkash xalqimizning buyuk ishlarga qodirligini amalda isbotladi. Mustaqilligimizning o‘tgan salkam yigirma besh yilida amalga oshirilgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar, erishilgan natijalarni sharhlash, tahlil qilish uchun yillar kamlik qiladi. Har bir voqea, har bir jarayon, har bir soha — katta tarixdir. O‘tgan yillar davomida o‘nlab sportchilarimiz Olimpiada o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan bo‘lsa, yuzlab o‘zbek yigit-qizlari jahon va qit’a miqyosida oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lib, O‘zbekistonni dunyoga tanitmoqdalar.
    Bularning barchasi avvalo sport sohasiga davlat darajasida e’tibor berilayotgani bo‘lsa, ikkinchi tomondan, dunyo tajribasida namuna vazifasini o‘tovchi, millat salomatligini mustahkamlash, har tomonlama barkamol avlodni kamol toptirishga xizmat qilayotgan uch bosqichli sport tizimiga mustahkam asos solinib, maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Umid nihollari», kasb-hunar kollejlari hamda akademik litsey talabalarining «Barkamol avlod» hamda oliy o‘quv yurtlari talabalarining «Universiada» kabi musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilib, muntazam o‘tkazib kelinayotganligi mustahkam poydevordir. Shuningdek, bolalar hamda xotin-qizlar sportiga alohida e’tibor berilayotganligi, shubhasiz, o‘z samarasini bermoqda. O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda 1 ming 300 dan ortiq sport inshootlari barpo etilib, ularning barchasi zamonaviy talablarga javob beradigan tarzda jihozlangani hamda moddiy texnik bazasi muttasil yaxshilanib borayotgani fikrimizni tasdiqlaydi.



    Sahifani ko'rganlar soni: 8358

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    09.11.2017 2017-2018 -қ

    7.11.2017 Doktorantura-2018 yil uchun hujjat topshirgan talabgorlar soni togrisida malumot

    28.10.2017 Yosh liberallar klubi tashkil etildi

    26.10.2017 Sirdaryo viloyat xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida tadbir bolib otdi.

    24.10.2017 Dunyo imoratlarining ichida eng ulugi maktab, kasblarning ichida eng sharaflisi oqituvchilik va murabbiylikdir mavzusidagi tadbir va davra suhbati bolib otdi

    11.10.2017 Guliston davlat universitetida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida sozlagan nutqi mazmun-mohiyatini organish boyicha amaliy seminar otkazild

    10.10.2017 Guliston davlat universitetida Talim sifati va samaradorligi oyligi otkazilmoqda

    10.10.2017 Oliygohda talaba qanday kiyinishi lozim?

    07.10.2017 Guliston shahrida Sud va yoshlar uchrashuvi otkazildi

    02.10.2017 Guliston davlat universitetida Bayraminingiz muborak, aziz Ustozlar nomli tadbir otkazildi


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov