Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
O'zbekcha .::. .::. English
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Universitet haqida >> Fakultetlar >> Jismoniy madaniyat fakulteti >> Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi

    «Fakultetlaaro jismoniy madaniyat va sport» kafedrasi.

    afedra mudiri: P.f.n. dots.v.b Saribayev Shuhrat Turdibekovich 

    Telefon:  (8 3672) 225-40-42 

    Elektron manzili:  Shuhrat@inbox.uz 

    Qabul kunlari: Chorshanba, Juma

    Kafedra tarixi

    “Jismoniy tarbiya” kafedrasi 1966 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

    Dastlab kafedrani G.P.Inchik (1966-1975 yillar) boshqargan. So’ngra 1975-1981 yillar mobaynida A.Agzamov, 1982-1986 yillar mobaynida V.Koltunov, 1986 yildan T.S.Galimovalar kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatishgan. 1986 yilda kafedra fakultetlararo “Jismoniy tarbiya” hamda “Sport fanlarini o’qitish metodikasi” kafedralariga ajratildi.

    “Sport fanlarini o’qitish metodikasi” kafedrasini V.V.Korobkov, fakultetlararo “Jismoniy tarbiya” kafedrasini esa A.Ochilova boshqardi.

    1992 yilda “Jismoniy madaniyat” fakulteti tashkil topib, biologiya fanlari nomzodi, dotsent Xolbo’ta Mamatqulovich Mamatqulov dekan etib tayinlandi.

    Fakultetlararo “Jismoniy tarbiya” kafedrasini 1992–2000 yillar mobaynida M.Bairbekov, Sh.Sariboev, A.Cho’lievlar boshqardilar.

    2002 yilga qadar “Sport fanlarini o’qitish metodikasi” kafedrasini A.Anarbaev boshqardi.

    2002-2011 yilda kafedra mudiri etib pedagogika fanlari nomzodi J.Komilov boshqarib keldi. Bu vaqtga kelib har ikkala kafedra birlashtirilib, “Jismoniy tarbiya” kafedrasi deb atala boshlandi.

     2011-2015 yillar mobaynida kafedra “Jismoniy tarbiya va sport” deb nomlanib, unga p.f.n. Sh.Sariboev, katta o’qituvchi A.Taniberdiev,dotsent M.Bayirbekovlar  rahbarlik qildilar.

    1966-1990 yillar mobaynida kafedrada G.P.Inchik, T.S.Galimova, O.Doniyorov, V.Vershilkin, B.Taymurodov, D.Xudoyberdieva, E.Sa’diev, V.Korobkov, N.Barieva, S.Kazadaev, A.Anarbaev, O.Starikovalar faoliyat ko’rsatishgan.

    2015 yil sentyabr oyidan boshlab Guliston davlat universitetida yana bitta fakultet “Jismoniy madaniyat “fakulteti tashkil etildi. Bu fakultet qoshida esa ikkita kafedra ya’ni “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodiksi” hamda “Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi tashkil topdi.

    Bugungi kunda “Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport”  kafedrasida A.Cho’liev, Sh.Sariboev, S.Kubaev, A.Burxonov, O.Okyigitov kabi tajribali mutaxassislar bilan bir qatorda I.Iskandarov, A.Bekmurodov, Sh.Jonibekov, N.Sa’diev,K.Mamatkulov, A.Bayirbekov, A.Shukurov, O’.Eshonqulov, X.Musulmonov kabi iqtidorli yoshlar ham faoliyat ko’rsatishmoqda.

    Kafedra professor-o’qituvchilari “Jismoniy madaniyat va sport” hamda “Favqulodda vavziyatlar va fuqarolar muxofazasi” fani bo’yicha zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida bilim, ko’nikma va malaka bermoqdalar. Kafedraning bosh ilmiy tadqiqot mavzusi “ Jismoniy madaniyat va sport mashg’ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkil etish orqali talabalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish” deb nomlanadi.

    Kafedra a’zolari ilmiy izlanishlari natijalarini muntazam ravishda Xalqaro va Respublika miqyosida o’tkazilayotgan ilmiy –amaliy anjumanlarda chop ettirishmoqda. Jumladan, 2008-2014 yillar mobaynida kafedra a’zolari tomonidan Chet el jurnallarida 2 ta, OAK tomonidan tan olingan ilmiy jurnallarda 4 ta, Xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda 10 ta, Respublika ilmiy anjumanlarida 30 dan ortiq va OTM miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 60 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar e’lon qilingan.

    Kafedra tadqiqotchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga O’zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti professorlari R.S.Salomov, R.D.Xolmuxammedov hamda dotsentlar Sh.T.Iseev., ilmiy maslahatchilik qilib kelmoqdalar.

     Talabalar o’quv rejasida belgilangan fanlarni chuqur o’zlashtirish bilan bir qatorda Respublika, Jahon va Osiyo miqyosidagi nufuzli musobaqalarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan 3 bosqichli o’quvchi va talaba yoshlar sport musobaqalarining oxirgi bo’g’ini hisoblanmish “Universiada-2013” musobaqalarida yo’nalish talabalari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo’lga kiritishgan.

    Kafedra jamoasi viloyat, shahar ta’lim muassasalari bilan uzviy aloqa bog’lagan holda ularga amaliy ko’mak ham beradi. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi va kafedra o’rtasida pedagogik amaliyot hamda ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan professor-o’qituvchilarning sinov-tajriba ishlarini o’tkazish bo’yicha imzolangan hamkorlik shartnomalari mavjud.

    Kafedra va Viloyat o’rta maxsus kasb-hunar boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim maussasalari bilan o’zaro hamkorlik yo’lga qo’yilgan. 1- va 2-Guliston Pedagogika kollejlari, Yangier va Sirdaryo Pedagogika kollejlarida kafedra filiallari faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedra o’qituvchilari ushbu ta’lim muassasalaridagi o’qituvchilarga “Ustoz-shogird” tizimi bo’yicha uslubiy yordam ko’rsatmoqdalar.

    Kafedra a’zolari talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida ham samarali faoliyat ko’rsatishmoqda. Universitetda sportning 8 ta turi bo’yicha to’garak mashg’ulotlari faoliyat ko’rsatadi.

    SPORT - DIAGNOSTIK MARKAZ

    (Jismoniy holatni yaxshilashga qaratilgan ilmiy lobaratoriya)

     

    Tashkil etilayotgan lobaratoriyada kishilar       jismoniy holatini, jismoniy rivojlanganlik darajasini antropometrik ko’rsatmalarini aniqlab, umumiy xulosalar tayyorlash ko’zda tutilgan. Ushbu ilmiy taxlillar bilan kishilarning yillar davomidagi jismoniy holatiga, antropometrik ko’rsatmalarning o’zgarishiga qarab turmush tarziga baho berish mumkin. Bu orqali shaxsni sog’lom turmush tarziga yo’naltirish, faol xayot kechirish samarasini isbotlab, turli salbiy illatlardan qaytarish, turli zararli oqibatlarga ko’milib ketishidan saqlash, barkamol avlod bo’lib shakllanishida ijobiy ta’sir ko’rsatish mumkin.

       

     Samaradorligi: Ushbu ilmiy tekshirish natijalari jamiyatda kadrlarning umumiy sog’lig’ini o’zlari nazorat qilishlariga xizmat qiladi. Bu bilan xayotga nisbatan qiziqish oshadi, har bir o’zgarish, yangilik faqat sog’lom kishi uchun zavqli ekanini isbot qilishadi. Muassasalarda sog’lom raqobat muhiti yaratiladi.

    Ishning tashkil etilishi: Lobaratoriyada mavjud maxsus

    asboblar orqali umumiy jismoniy holatni belgilovchi ko’rsatkichlar aniqlanadi. (Tana uzunligi, og’irligi, O’T sig’imi, yurak urishi, qon bosimi). Umumiy talab qoidalari asosida o’rganilayotgan shaxsga umumiy baho ko’rsatilgan. Uning ko’rsatkichlari asosida turmush tarzini qanday olib borish uchun tavsiyalar beriladi.

    Olinadigan muhim natijalar: Universitet xodimlari va 1-2 bosqich talabalarining umumiy jismoniy holatiga baho berish, uni yaxshilash borasida tadbirlar, tavsiyalar ishlab chiqish. Natijalardan ilmiy tadqiqotlarda foydalanish, olingan natijalardan ilmiy jurnallarda maqolalar ko’rinishida e’lon qilish.

     



    Sahifani ko'rganlar soni: 20331

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    17.11.2017 (, , ) қ .

    16.11.2017 - ҳ қ .

    15.11.2017 Ғ ҚҚȨ .

    13.11.2017 Guliston davlat universitetida "Mehrjon bayrami" bo`lib o`tdi.

    09.11.2017 100 ғ қ .

    09.11.2017 2017-2018 -қ

    7.11.2017 Doktorantura-2018 yil uchun hujjat topshirgan talabgorlar soni togrisida malumot

    28.10.2017 Yosh liberallar klubi tashkil etildi

    26.10.2017 Sirdaryo viloyat xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida tadbir bolib otdi.


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov