Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
O'zbekcha .::. .::. English
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Universitet haqida >> Fakultetlar >> Chet tillar fakulteti >> Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
    Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi

    “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi

    Kafedra mudiri v.v.b: Urazbayev Hikmatullo Ismatullaevich
    Telefon: (8 594) 586 68 03 
    Elektron manzili: hikmatulla1989@umail.uz
    Ilmiy mavzu: “Evropa Til Portfoliosi O’zbek Modeli” 

    Qabul kunlari:juma, shanba

    “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi Sirdaryo viloyatida Ingliz tili o’qitish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlovchi yagona muassasa hisoblanib, kafedrada 5120100 – Filologiya va ingliz tilini o’qitish ixtisosligi bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

    KAFEDRA TARIXI

    Chet tillar kafedrasi Sirdaryo davlat pedagogika instituti qoshida, 1967-yilda tashkil etilgan. Bu davrda kafedraga Galin Igor Anatolyevich mudirlik qilgan, fakultet dekani sifatida Sultanov Erkin faoliyat yuritgan. 1968 yilda kafedra ikkita chet tillar kafedrasiga bo’lingan.

    1975-1986 yillar mobaynida kafedraga Egamova Yanglish Egamovna mudirlik qilgan. 1980-yilda ikki kafedra birlashtiriladi va kafedra mudiri etib Tojiyev Xonimqul Tojiyevich tayinlanadi.

    1967-yildan 2006-yilga qadar kafedraning 4 a’zosi nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlashgan:

    1. Egamova Ya.

    2. Tojiyev X.

    3. Mamajonov O.

    4. Davurbayev O.

    2004-2011 yillarda kafedraga Ten Emma Vladimirovna mudirlik qilib keldi.

    Kafedra a’zolari tomonidan 150 dan ziyod ilmiy maqolalar chop etilgan. Kafedra o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Kadrar tayyorlash milliy dasturi asosida olib boradi.

    Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi ixtisoslashgan kafedra bo’lib, ushbu kafedrada taxsil olgan talabalarga davlat imtihonlari natijalariga ko’ra Ingliz filologiyasi bakalavri darajasi beriladi.

    2011-yilning sentyabr oyidan buyon Bo`tayeva Dilbar Hamitovna kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

    Kafedra professor o`qituvchilari

    F.I.Sh.

    Lavozimi

    Elektron manzili

    Urazbayev Xikmatulla

    Kafedra mudiri,

    hikmatulla1989@umail.uz

    Xatamova Salomat

    Katta o’qituvchi

    salomat1989@umail.uz

    Kulidi Olga 

    Katta o’qituvchi

    olga1989@umail.uz

    Tajibayeva Shoxsanam  

    O’qituvchi

    shohsanam1989@umail.uz

    Normamatova Dilfuza

    O’qituvchi

    Dilfuza1989@umail.uz

    Mamatova Mashxura

    O’qituvchi

    Mashhura1989@umail.uz

    Rashidov Ashirali

    O’qituvchi

    Ashiali1989@umail.uz

    Fozilov Mirvoxid

    O’qituvchi

    mirvohid8585@umail.uz

    Bazarova Lobar

    O’qituvchi

    lobar8585@umail.uz

    Hakimova Shohista

    O’qituvchi

    shohista8585@umail.uz

    Tilovoldiyev Otabek

    O’qituvchi

    otabek858585@umail.uz

    Sultonov Bexzod

    O’qituvchi

     behzod858585@umail.uz

    Raxmanov To’lqin

    O’qituvchi

    tulkin8686@umail.uz

    Axmedov  Rafael’

    O’qituvchi

    rafael4646@umail.uz

    Alieva Ayshe

    O’qituvchi

    ayshe4646@umail.uz

    Tojiyev Kanimqul

    Dotsent

    kanimkul858585@umail.uz

    Abduqodirova Nasiba

    0,25 st.o’qituvchi

    Nasiba858585@umail.uz

    Shodiev Said

    Kab.mudir

    said454545@umail.uz

    Yigitaliyeva Zamira

    Dispetcher va 0,25 st musaxix

    zamira585858@umail.uz

    Ahmedova Shaxnoza

    Laborant

    shahnoza858585@umail.uz

    Abulnarsova Nigora

    kotiba

    nigora858585@umail.uz

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     


    Kafedra ilmiy tadqiqot ishlari

    Kafedra muammosi: “Innovatsion texnologiyalar asosida beriladigan kommunikativ ta’limning uzviyligi”. Ushbu muammo asosida keltirib chiqarilgan g’oya va yechimlar kafedra tomonidan ta’lim jarayoniga tadbiq etib kelmoqda. Bugungi kunda va har doimgidek bizning jamiyatimiz eng dolzarb va murakkab muammolarga yechimlar topa oladigan malakali kadralrga ehtiyoj sezadi. Zamonamiz ilm-fanining yetuk namoyondalari erishgan yutuqlar, ularning g’oyalari kafedra o’qituvchilari tomonidan o’rganilib amaliyotga tadbiq etilmoqda. Hozirgi vaqtda til o’qitishga oid masalalarning ko’lami tobora kengayib bormoqda. Inson faoliyatining turli jabhalarida borayotgan o’zgarishlar filolog mutaxassislarni chet tillarining turli hil ko’rinishda namoyon bo’lishi bilan yuzma-yuz qilmoqda. Tilshunoslikka oid ba’zi muammolarning yechimini topish maqsadida boshqa sohalar bilan va boshqa oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikda ishlashga undamoqda. Kafedra O’zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Gyote Instituti va Britaniya Kengashi bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

    Kafedra qoshida o’quv materiallari, shuningdek, chet til o’qitish metodikasi va pedagogik texnologiyalarga oid yangi adabiyotlar bilan ta’minlangan kichik kutubxona tashkil qilingan.

    Kutubxonada mavjud bo’lgan deyarli barcha o’quv qo’llanmalar kompakt disklarga yozilgan ovozli yozuvlarga ega. Kafedra shuningdek kerakli jihozlar bilan ta’minlangan audio-video xonasiga ham ega.

    Kafedrada o’qitiladigan fanlar talabalarni mustaqil ijod qilishga birlashtiradi, bu esa o’z navbatida, zamonaviy mutaxassisning chet tilida muloqotga kirisha olish qobiliyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kafedra shu bilan birga darsliklarning, o’quv qo’llanmalarning va uslubiy ishlanmalarning elektron namunalari joylashtirilgan kompyter xonasi bilan jixozlangan. Kompyuter xonasidagi barcha kompyuterlar internet tarmog’iga ulangan. Yuqori bosqich talabalari o’z bitiruv malakaviy ishlarini yozish mobaynida elektron manbalardan va kutubxonadan foydalanish imkoniyatiga ega. Dotsent Tojiyev Xonimqul “Yosh olimlar” maktabiga va “Kichik maktab”ga rahbarlik qiladi. Kichik maktab a’zolari o’z faoliyatlari davomida Ulug’bek, Navoiy stipendiyatlari bo’lishmoqda. Yosh olimlar maktabi a’zolari Rashidov A. va Hamdamov E. lar o’z ilmiy ishlari ustida faoliyat olib bormoqdalar. 2008 yilda katta o’qituvchi Xatamova S.M., o’qituvchilardan Tojiboyeva Sh. va Mamatova M. lar Germaniyada malakasini oshirb qaytdilar. Ingliz tili o’qituvchilari Rustamov O. va Raxmonov T.V. lar Malayziyada, Aljanov E. Hindistonda malaka oshirishda bo’lishdi. Kafedra a’zolari tomonidan 150 dan ziyod maqolalar chop ettirilgan ular qatorida chet ellarda chop etilganlari ham mavjud. Kafedra a’zolarining barchasi ilmiy-amaliy anjumanlarda va seminarlarda faol ishtirok etishadi.

    Kafedra viloyat kollejlari va akademik litseylari chet tili o’qituvchilari bilan muntazam aloqada bo’lib turadi. Reja asosida ushbu kollej va akademik litseylar bilan hamkorlikda seminarlar va konferensiyalar tashkil qilinadi.

    Kafedra professor-o`qituvchilaridan Ahmedov R.Sh., Urazbaev H.I., Rustamov O.M., Mamatova M. va Pozilov A.A.lar nomzodlik dissertatsiyalari ustida qizg’in ish olib borishmoqda.

    2008-yilda kafedrada tajriba guruhi tashkil qilingan bo’lib, bu guruhda 17 ta talaba yangi dastur asosida ta’lim olishmoqda.

    2010-2011 o`quv yilida kafedra professor o`qituvchilari tomonidan 15 dan ortiq zamonaviy pedagogik texnologiyalar talablari asosidagi o`quv-uslubiy majmualar tayyorlandi va ulardan o`quv jarayonida samarali foydalanilomoqda.

    Kafedra ishchan, istiqbolli ilmiy salohiyatga ega yosh xodimlardan tashkil topgan.



    XALQARO ALOQALAR

    Kafedra mamlakatimizda faoliyat yurituvchi ilg’or xorijiy davlatlar tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Xususan, kafedrada Buyuk Britaniyaning Britaniya Kengashi (British Council), Germaniya Federativ Respublikasining Gete Instituti (Goethe Institut) va Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati (DAAD) bilan ta’limiy soha bo’yicha aloqalar yo’lga qo’yilgan.

    Yo’lga qo’yilgan hamkorliklar doirasida kafedra o’qituvchilaridan Xatamova S. Genmaniyada 3 bora, Tojiboeva Sh. hamda Mamatova M.lar 1 bora malakalarini oshirib qaytishgan.

    Britaniya Kengashi bilan yo`lga qo’yilgan hamkorlik doirasida kafedraga o’tgan yillar davomida 10 mln somlik qiymatdagi o`quv materiallari keltirilgan bo’lib ushbu materiallardan o’quv jarayonida unumli foydalanib kelinmoqda. Kafedra a’zolarini yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalangan holda ta’limni tashkil qilishni o’rgatish maqsadida muntazam ravishda seminar treninglar tashkil etiladi. Seminarlarni malaka oshirish kurslarini o’tagan malakali o’qituvchilar va Britaniya Kengashi vakillari olib boradilar.

    Rossiya Federatsiyasidan doimiy ravishda keltiriladigan “ ” jurnali va Ingliz tilida nashr qilinadigan “Moscow News” gazetasi kafedraga dunyoda sodir bo’layotgan yangiliklardan, chet ellar madaniyati bilan doimiy tanishib borish va shu tariqa talabalarning dunyoqarashini kengaytirish imkoniyatini beradi.

    Germaniyaning DAAD tashkiloti bilan yo`lga qo`yilgan aloqalar natijasida kafedra o`qituvchilaridan Mamatova M. 2011 yilning sentyabr oyida Samarqandda o`tkazilgan nemis tili o`qituvchilari seminarida qatnashdi, shuningdek Xatamova S.M. va Tojiboyeva Sh.lar Toshkentda 21-25 noyabr kunlari “Yuristlar va iqtisodchilar uchun nemis tili chet tili sifatida” mavzusida o`tkazilgan tanlovda g’olib bo’lishdi.



    “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi audio-video laboratoriyasi

    Kafedra qoshida faoliyat yurituvchi Audio-video laboratoriyasi talabalarning ingliz tili og’zaki nutq malakalarini charxlashga ko’maklashishi bilan bir qatorda ularning ijodiy faoliyat bilan shug’ullanish, viloyatimiz umumta’lim maktablari, o’rta maxsus ta’lim muassasalari ehtiyoji uchun ovozli tasmalar yaratish bilan shug’ullanishadi.

    Audio-video laboratoriyasida 12 ta DAEWOO rusumidagi va 2 ta LG rusumidagi televizor va 14 ta videomagnitofon, 14 CD audiomagnitola mavjud bo’lib, talabalar ular yordamida ingliz tili og’zaki, tinglab tushunish malakalarini rivojlantiradilar va ijodiy faoliyat yuritishadi.

    Hozirgi paytda talabalar D.Bo’taevaning loyihasi hisoblanmish “Bog’cha yoshidagi bolalar uchun Ingliz tili elektron multimedia dasturi” ning ovozli tasmalarini aynan ushbu laboratoriyada yaratishmoqda



    “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi kutubxonasi

    “Ingliz tili va adabiyoti” qoshidagi kutubxona Universitetdagi eng katta xorijiy tillardagi adabiyotlar fondi hisoblanadi. Kutubxonada Ingliz tili o’qitishga oid, Inglizzabon mamlakatlar adabiyotiga oid manbalardan tashqari Biologiya, Iqtisodiyot, Matematika singari aniq va tabiiy fanlarga oid kitoblarni ham topish mumkin.

    Kutubxona fondi 1.500 ga yaqin kitob, davriy nashriyot, darslik va o’quv qo’llanmalardan iborat. Kutubxonadagi aksariyat adabiyotlar Britantiya Kengashi (Buyuk Britaniya), Tinchlik Korpusi (AQSh), Gete Instituti (Germaniya), DAAD (Germaniya) tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan.

    Talabalar o’quv jarayoni davomida fanlardan kurs ishlarini tayyorlashda, bitiruv malakaviy ishlarini yozishda hamda pedagogik amaliyotlarini o’tashda kutubxonadagi adabiyotlardan samarali foydalanishadi.



    “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Til markazi”

    Kafedra qoshida tashkil qilingan “Til markazi” universitet talabalari, viloyat, shahar o’rta maxsus ta’lim muassasalari o’quvchilariga Ingliz tili bo’yicha boshlang’ich saboqlarni berib kelmoqda.

    “Til markazi”da shuningdek, stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilar uchun, universitetda faoliyat yuritayotgan va chet mamlakatlarda malakasini oshirish istagida bo’lgan professor-o’qituvchilar uchun konsultatsiyalar o’tkazish, ularni xalqaro ingliz tili testlari IELTS va TOEFL ga tayyorlash imkoniyatlari mavjud.

    Kafedra “Til markazi” faoliyatiga kafedraning yetakchi professor-o’qituvchilari bilan bir qatorda kafedraning iqtidorli talabalari ham jalb etilgan bo’lib, ular o’qituvchilarga tarqatma materiallar tayyorlash, darslarni tashkillashtirish ishlari bilan shug’ullanishadi.



    Kafedrada shartnoma asosida amalga oshirilgan xizmatlar

    IJODIY GURUH MAQSADI

    1. Til o’qitish jarayonida zamonaviy pedtexnologiyalardan va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish yo’llari bo’yicha umumta’lim va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida seminar treninglar o’tkazish, xorijiy til o’qituvchilariga metodik yordam va treninglar o’tkazish.

    2. Davlat va nodavlat tashkilotlar xodimlariga xorijiy tillarni tezkor va samarali usullarni qo’llagan holda o’rgatish.

    3. Tashkilotlarning xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligida xorijiy tillarda ish yuritish va tarjima xizmatlarini ko’rsatish.

    4. Xorijda malaka oshirish arafasida turgan xodimlarga tashrif buyurilayotgan mamlakat urf odati, madaniyati va tili bo’yicha konsultatsiyalar berish.

    5. Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarda konsultativ xizmatlar ko’rsatish.

    6. O’rta maxsus ta’lim va oliy ta’lim muassasalari talabalariga xorijiy mamlakatlarda tahsil olish imkonini beruvchi stipendiya tanlovlariga tayyorlash.

    7. Xalqaro ingliz tili testlari IELTS va TOEFLga tayyorlash.



    “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Tarjimonlik guruhi”

    “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi qoshidagi “Tarjimonlik guruhi” O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirliginiing 2011 yil 17 noyabrdagi 465-sonli “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish chora tadbirlarini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi buyrug’i va Universitet Rektorining 2011 yil 6 dekabrdagi 341-O sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan.

    “Tarjimonlik guruhi” viloyatimiz turizm sohasi, ishlab chiqarish korxonalari va qo’shma korxonalari uchun og’zaki va yozma tarjimalarni amalga oshiradigan kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.

    “Tarjimonlik guruhi” faoliyati ikki yo’nalishda – og’zaki va yozma tarjima yo’nalishida tashkil qilingan bo’lib, ikkala guruhda ham talabalar ingliz va nemis tillaridan o’zbek tiliga, o’zbek tilidan ingliz va nemis tillariga tarjima qilishning nazariy va amaliy jihatlarini o’rganishadi.



    ABITURIENTLAR UCHUN

    “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi talabasi bo’lish uchun QAYSI DARSLIKLARDAN FOYDALANISH KERAK?!

    Sifatli darsliklar va o’quv qo’llanmalari ta’lim samaradorligini oshiruvchi asosiy omillardan sanaladi. Zero, o’quvchi aynan darsliklar orqali o’zlashtirilgan mavzuni doimiy ravishda mustahkamlab borish imkoniga ega bo’ladi. Bugungi kunda ko’plab umumta’lim fanlari bo’yicha barcha talablarga javob beradigan, zamonaviy darsliklar chop etilgani quvonarli hol, albatta.

    Mamlakatimizda keyingi yillarda ma’lum fanlardan bir necha muqobil darsliklar nashr qilindi. Davlat ta’lim standartlari asosida yaratilgan ushbu qo’llanmalarda mavzularning yoritilishi, faktlarning eng so’nggi yangiliklar asosida talqin va tahlil qilinishi o’z aksini topgan.

    O’quvchining bilim darajasi, ko’nikma, malakalarini aniqlash va to’g’ri baholash ta’lim jarayonining muhim tarkibiy jihatlaridan biri hisoblanadi. Bu jihat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida yanada muhimlik kasb etadi.

    Erkin fikrlovchi, izlanuvchan, tirishqoq, yangilikka va zamonaviy bilimlarni egallashga intiluvchi, zukko abiturientlarimizning Davlat test markaziga yo’llagan maktublarida 2011-2012 yilgi test sinovlari qaysi darsliklar asosida o’tkazilishi so’ralgan.

    Davlat test markazi 2011-2012 o’quv yilida oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirayotgan abiturientlarga umumta’lim fanlari bo’yicha o’tkaziladigan test sinovlari Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari tavsiyasiga ko’ra umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida amalda qo’llanayotgan darsliklarga asoslanishini ma’lum qiladi. Shuning uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlariga tayyorgarlik ko’rayotgan abiturientlar quyidagi jadvalda ko’rsatilgan darsliklardan foydalanishlari maqsadga muvofiq.

    Eslatma: “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarga asosan 2012 yilga kelib Respublikamizda 10-11 sinflar rasman tugatilganligini e’tiborga olib, umumta’lim fanlari bo’yicha test savollari asosan akademik litsey va kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun mo’ljallangan darsliklarga urg’u bergan holda tuzilishi nazarda tutilmoqda.

     



    Sahifani ko'rganlar soni: 16904

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    28.06.2017 Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuniga bagishlangan tadbiri bolib otdi

    21.06.2017 Guliston davlat universitetida qabul jarayoni qizgin ketmoqda

    14.06.2017 Inobat Shirinovaning 60 yosh yubileyi munosabati bilan uch avlod uchrashuvi otkazildi

    09.06.2017 Universitetda matbuot anjumani bolib otdi

    08.06.2017 Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbir otkazildi

    06.06.2017 Munozara oyinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bolib otdi.

    06.06.2017 Zukko kitobxon oyinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bolib otdi.

    06.06.2017 Kamolot oltin topi musobaqasi bolib otdi.

    05.06.2017 Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi

    05.06.2017 Butunjahon Atrof muhitni muhofaza qilish kunig bagishlab Men tabiat bilan birgaman shiori ostida tadbir bolib otdi.


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov