Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
O'zbekcha .::. .::. English
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Universitet haqida >> Fakultetlar >> Pedagogika fakulteti >> O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi
    Adabiyotshunoslik kafedrasi

    Kafedra mudiri: dotsent, Ko’baev Q.

    Telefon: +998936097567

    Elektron manzili: qobil8585@umail.uz

    Kafedraning bosh lmiy mavzusi: “O’zbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari”

     

     

     

     

     

    Kafedra tarixi

    “Adabiyotshunoslik” (“O’zbek adabiyoti”) kafedrasi

    “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasini 1968 yildan dastlab filologiya fanlari nomzodi Ikrom Suyarov boshqargan.

    1969 yilga kelib esa “O’zbek adabiyoti” kafedrasiga filologiya fanlari nomzodi Abubakr Rajabiy mudir etib tayinlandi .

    1973 yilda adabiyotshunos olim Anqaboy Quljonov shu kafedraga mudir etib tayinlandi va u bu lavozimda 1985 yilga qadar ishladi.

    1985 yilda professor A.Kattabekov kafedraga mudir etib tayinlangach, uning rahbarligi va ishtirokida maktablarda o’zbek adabiyotini o’qitish masalalari bo’yicha dastlab, konsepsiya ishlab chiqildi, sal o’tib dasturlar yaratildi. So’ngra shu konsepsiya va dasturlar asosida umumta’lim maktablarining ikkita (VI, VIII ) sinfi uchun “Adabiyot” darslik-majmualari yaratildi.

    1990 yildan e’tiboran kafedrani dotsent U.O’ljaboyev boshqara boshladi. U o’z faoliyati davomida oldingi an’analarni saqlagan holda kafedradagi ilmiy salohiyatni yanada ko’tardi.

    2010 yilning sentabr oyiga kelib kafedra ixtiyoriga qozoq adabiyotiga doir fanlarning ham o’tishi munosabati bilan uning atalishi o’zgartirilib, “Adabiyotshunoslik” deb nomlandi.

    2011 yilda kafedraga dotsent Q. Ko’bayev mudir etib tayinlandi.

    Sentyabr oyida kafedraga qarashli barcha fanlardan o’quv-uslubiy majmualar tayyorlandi va 10 nusxadan ko’paytirilib, universitet kutubxonasiga topshirildi.

    2011-2012 o’quv yilida ikkita nomzodlik ishlari (O. Fayzullayeva va M.Sariboyevalarning) muvaffaqiyatli himoya qilindi. 1 nafar dissertatsiya (M. Suyarovning) himoyaga qabul qilindi. Kafedra dotsenti U. O’ljaboyev 2012 yilning o’zida bitta monografiya va 1ta xotira kitobini, dotsert H. Mirhaydarov “Tongni ottirgan yulduzlar” kitobini nashr ettirdi.

    Shu o’quv yilida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 1ta monografiya, 1ta xotira kitobi, 1nafar to’plam nashr ettirildi. Shuningdek, xorijiy jurnallarda 5ta, respublika jurnallarida, to’plamlarda 14 ta maqola e’lon qilindi.

    Adabiyotshunoslik kafedrasi professor-o’qituvchilari tarkibi

    1 Ko’bayev Qobil Kaf.mud. dots. To’liq

    2 Quljonov Anqaboy Professor 0,5

    3 O’ljaboyev Umurzoq Dotsent To’liq

    4 Mirhaydarov Hayitboy Dotsent 0,5

    5 Mamatqulov Muzaffar Dotsent To’liq

    6 Fayzullayeva Obida Kat.o’q. To’liq

    7 Primov Abdulatif Kat.o’q. To’liq

    8 Totanov Nurlan Kat.o’q. To’liq

    9 Sariboyeva Maqsuda Kat.o’q. To’liq

    10 O`rozov Bog`dod O’qituvchi 0,5

    11 O’tegenov Jappar O’qituvchi 0,5

    Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

    1.O’zbek xalq og’zaki ijodi

    2.O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi

    3.Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti

    4.Yangi o’zbek adabiyoti tarixi

    5.Jahon adabiyoti tarixi

    6.Adabiyotshunoslik nazariyasi

    7.O’zbek adabiy tanqidi tarixi

    8.Hozirgi adabiy jarayon

    9.Turkiy xalqlar adabiyoti

    10.Adabiyot o’qitish metodikasi

    11.Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari

    12.Badiiy tahlil asoslari

    13.Jadidchilik va jadid adabiyoti

    14.A.Qahhorning hikoyanavislik mahorati

    15.Adabiyotshunoslikka kirish

    16.Bolalar adabiyoti va fol`klor

    ILMIY-TADQIQOT IShLARI

    Kafedra “O’zbek adabiyotining dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. Uning tarkibida ikkita innovatsion guruh mavjud bo’lib, shu guruhlarning a’zolaridan 2011 yilning oktyabr va dekabr oylarida ikkita nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishdi, bittasi himoyaga qabul qilindi.

    • Kafedrada davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilgan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida grant loyihalari ustida ish olib borilmoqda.

    • Ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

    • O.Fayzullayeva “Rauf Parfi O’zturk she’riyati”, Turkiya, “Turk adabiyoti olami”, 1. 2011 y.

    • M.Suyarov “Shavkat Rahmonning peyzaj lirikasi”, Ozarboyjon, “Filologiya masalalari”, 2. 2011 y.

    • M. Sariboyevaning Qozog’iston (2 ta), Rossiya (1 ta) nashr qilingan maqolalari ham shular jumlasidandir.

    • 2012 yilda kafedra dotsenti U. O’ljaboevning “Zamon talabi va ijodkor mas’ulligi” nomli monografiyasi “O’zbekiston” nashriyotida nashr etildi.

    • Yana shu yili dotsent H. Mirhaydarovning “Tongni ottirgan yulduzlar” kitobi “Tafakkur” nashriyotida chop etildi.

    Shuningdek, kafedrada ilmiy-amaliy seminarlar faoliyati to’g’ri yo’lga qo’yilgan. Oyda bir marta o’tkaziladigan seminarda dotsentlar U.O’ljaboyev va H.Mirhaydarovlar ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy maqolalarining mazmuni va saviyasini tahlil etib taqrizlar berishadi.

    • Kafedra stajyor-izlanuvchi-tadqiqotchilari tomonidan 2011 yil 13-15 aprel kunlarida o’tkazilgan “Innovatsion g’oyalar, loyihalar va texnologiyalar IV Respublika yarmarkasi”ga Fan va ta’lim sohasiga tatbiq etiladigan tadqiqot natijalarining namunalarini taqdim etish uchun 1 ta ishlanma tayyorlandi va taqdimotda ijobiy baholandi (Q.Ko’baev. “Istiqlol davri o’zbek prozasida janrlar tipologiyasi (roman, qissa, hikoya esse)”).

    Istiqlol davri o’zbek prozasida epik janrlar tipologiyasi (hikoya, esse, qissa va roman misolida)

    • Kafedrada akademik B.G’ofurov nomidagi Ho’jand davlat universiteti bilan ilmiy-amaliy hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Bu borada kafedra dotsenti H.Mirhaydarov tomonidan bir qancha monografiyalar chop etildi, 3 nafar yosh tadqiqotchining ilmiy izlanishlariga rahbarlik qilinmoqda.

    • Kafedraning mustaqil tadqiqotchilari va izlanuvchilari tomonidan dissertatsion tadqiqot ishlari keng ko’lamda davom ettirib kelinmoqda. Dissertatsiya ishlarini himoyaga tayyorlayotgan tadqiqotchilar uchun kafedrada ijtimoiy, tashkiliy, moddiy-texnik, amaliy, tajriba-tadqiqot ishlarini olib borish bo’yicha barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

    • Kafedra professor-o’qituvchilaridan Q.Ko’bayev, M.Mamatqulovlar doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borishmoqda. Yosh o’qituvchilar O.Fayzullayeva 2011 yil 19 oktyabrida “Hozirgi o’zbek she’riyatida sonet janrining badiiy xususiyatlari” mavzusidagi, M.Sariboyeva “A.Navoiy epik asarlarini maktabda sharhlab o’rganish” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Shuningdek, M.Suyarovning nomzodlik ishi himoyaga qabul qilindi.

    ILMIY-USLUBIY IShLAR

    Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida kafedra tomonidan Respublikamizdagi 10 dan ortiq oliy o’quv yurtlari va ilmiy markazlar (O’zR FA Alisher Navoiy nomidagi TAI, SamDChTI, O’zMU, TDPU, JizzaxDPI) bilan hamkorlik aloqalari davom ettirib kelinmoqda.

    • Ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashda mazkur tizimdan samarali foydalangan holda kafedrani yosh mutaxassislar bilan ta’minlash amalga oshirib kelinmoqda.

    • Bugungi kunda kafedra qoshida “Yosh adabiyotshunos” fan to’garagi faoliyati iqtidorli talabalarning o’zining kelajak kasbiy faoliyatida adabiyotshunoslikning turli sohalarida izlanishlar olib borishlariga qaratilgan ilmiy maqola, ma’ruza, tezislar yozish kabi ilmiy faoliyatga yo’naltirilgan. Fan to’garagiga kafedra mudiri U. O’ljaboyev rahbarlik qilmoqda.

    • O’quv fanlari bo’yicha yaratilayotgan multimediali elektron darsliklar o’quv mashg’ulotlari asosida takomillashtirilib, sifat darajasini orttirishga alohida e’tibor qaratildi. “O’zbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalari” mavzuidagi bosh ilmiy masala atrofidagi izlanishlarning natijasi o’laroq, 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi (2011 yil, oktyabr va dekabr oylarida, O. Fayzullaeva, M. Sariboevalar), 8 ta monografiyalar yaratildi, 40 dan ortiq ilmiy maqolalar Respublika va etakchi OO’Yularda o’tilayotgan anjumanlarda chop etilmoqda.

    • MDH davlatlari ilmiy anjumanlari to’plamlarida (Moskva shahrida o’tkazilgan «Nauka i Molodyoj» halqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasida, aprel, 2011 y) 2 ta ilmiy material chop ettirildi (U. O’ljaboev, Q.Ko’baev, M.Suyarov). Turkiyada chop etiladigan “Turk dunyasi edabiyati injelemeleri” jurnalida O.Fayzullaeva va M.Suyarovlarning ilmiy maqolalari chop etildi (“Rauf Parfi O’zturk she’riyati”, “Sh.Rahmonning peyzaj she’riyati” maqolalari). M.Sariboyevaning Qozog`iston va Rossiyada ilmiy maqolalari chop etildi (Alisher Navoiy epik asarlarini interfaol usullar bilan o’rganishda o’qituvchi-o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlik. “Qazaqtanu”. Xalqaro ilmiy jurnal). ( . ). “ ”. ( . ) // “ ”).

    • 8 ta monografiya nashr qilindi, 40 dan ortiq ilmiy maqolalar Respublika va yetakchi OO’Yularda o’tkazilayotgan anjumanlarda chop etilmoqda.

    MA’NAVIY-MA’RIFIY IShLAR:

    1. Respublikamizning mustaqillik kuni munosabati bilan kafedra professor-o’qituvchilari viloyat, shahar va universitetda o’tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etdi. Shu munosabat bilan birinchi dars hamma kurslarda kafedra professor-o’qituvchilaridan U.O’ljaboyev, H.Mirhaydarov, Q.Ko’bayev, M.Mamatqulov, O.Fayzullayeva, A.Primov, M.Sariboyevalar “Mustaqillik dars”larini istiqlolimizning 20 yillik yutuqlarini bugungi adabiyotimiz yutuqlari bilan bog’lab o’tishdi.

    2. O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 01.10.2011 yilda paxta dalasida talabalar bilan uchrashuvlar o’tkazildi. Mazkur uchrashuvlarda kafedra professor-o’qituvchilaridan U.O’ljaboyev, H.Mirhaydarov, Q.Ko’bayev, M.Mamatqulovlar o’z ma’ruzalari bilan qatnashishdi. Keksa murabbiylarning talabalar bilan o’tkazgan muloqoti ayniqsa talabalarda har jihatdan ma’naviy taassurot qoldirdi.

    3. Hazrat Alisher Navoiyning 571 yillik yubileyi munosabati bilan respublika miqyosida tashkillashtirilgan an’anaviy tadbirda kafedra a’zolari ham faol ishtirok etishdi. Jumladan, filologiya fakulteti talabalari ishtirokida universitet faollar zalida ma’naviy-ma’rifiy bayram dasturlari uyushtirildi. Viloyat drama teatrida tashkillashtirilgan dasturda dotsent Q. Ko’bayev, viloyat chegara qo’shinlari tomonidan tashkil etilgan tadbirda dotsent Q. Ko’bayev, M.Mamatqulov ishtirok etishdi.

    4. Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan filologiya fakultetida, TTJda Boburxonlik adabiy kechasi tashkil qilindi. M.Mamatqulov ma’ruza qildi. Tadbirda, shuningdek, talabalardan: D. Sunnatova, S. Begimqulova, D.Melievalar Bobur g’azallaridan namunalar o’qishdi. Yana bir qator professor-o’qituvchilar tomonidan Bobur hayoti va ijodi bo’yicha ma’ruzalar o’qildi. Tadbirga boshqa fakultet talabalari ham jalb qilindi.

    5. Har yili kafedramizda viloyatda yashab, ijod etuvchi H.Ortiqboyeva, A.Tog’ayev, A.Nasirli, H. Shodmon, H.Abduvohidov va yana bir qator ijodkorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinadi. Ushbu yilda ham mart oyida huddi shunday uchrashuv tashkil qilindi.

    Uchrashuvni dots. U.O’ljaboyev boshqarib bordi. Kafedra a’zolaridan H.Mirhaydarov, Q.Ko’bayev, M. Sariboyevalar so’zga chiqishdi. Shuningdek, ushbu tadbirda viloyatimizda o’z mehnati va ijodkorligi bilan tanilgan shoir, yozuvchilar qatnashib, o’z ijodlaridan namunalar o’qib berishdi.

    6. Respublika yozuvchilar uyushmasi hamda Viloyat yozuvchilar kengashining vakillari ishtirokida talabalar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar o’tkazish kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga kiritilgan bo’lib, reja asosida mazkur o’quv yilida shu kabi uchrashuvlardan biri mart-iyun oylariida taniqli adib O`Hoshimov va viloyatimiz ijodkorlaridan H.Shodmon bilan uchrashuv uyushtirildi. Ushbu tadbirda kafedraning barcha professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

    7. Kafedra qoshida tashkil etilgan “Yosh adabiyotshunos” hamda “Yosh she’rshunos” kichik maktablarining a’zolari ijod namunalarini tahlil etish va to’plash borasida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, joriy o’quv yilida 2 b.t. hajmidagi talabalar tomonidan tayyorlangan kichik to’plam universitet tahririyat bo’limiga topshirilgan. Mazkur kichik maktablardagi o’tilayotgan darslar davomida viloyatimiz hamda Respublikamizdagi taniqli olim va ijodkorlar bilan uchrashuvlar ham o’tkazib turildi.

    8. Joriy yilning 14 aprel kunida kafedra dotsenti U. O’ljaboev tavalludining 70 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda respublikamizdagi taniqli ijodkor va olimlar qatnashishdi.

    O’MKHT MUASSASALARI (AL va KHKlar) BILAN HAMKORLIK IShLARI

    Tashkiliy ishlar.

    • Adabiyotshunoslik kafedrasi GulDU qoshidagi Yangier akademik litseyi, Guliston 1-va 2- akademik litseylari bilan hamkorlik shartnomalri tuzgan.

    • Yangier akademik litseyi, Guliston 1-akademik litseyida kafedraning filiali faoliyat ko’rsatmoqda. Har bir litseyda o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mavjud bo’lib, kafedramiz bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

    • Adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti M.Mamatqulov, katta o’qituvchi A.Primovlar Guliston shahar 1-akademik litseyida o’rindosh sifatida ishlaydilar.

    O’quv metodik yordam.

    • Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan yuqoridagi litseylarga o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari tayyorlash bo’yicha metodik yordamlar ko’rsatib kelinmoqda. Jumladan, Akademlitseylarning ijtimoiy-gumanitar yo’nalishida o’qiydigan talabalari uchun kafedra professor-o’qituvchilaridan: Q.Ko’bayev, U.O’ljaboyev, M.Mamatqulov, H.Mirhaydarov, O.Fayzullayeva, A.Primovlar “Adabiyot qoidalari”, “O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi”, “O’zbek xalq og’zaki ijodi” va “XX asr o’zbek adabiyoti” fanlaridan o’quv qo’llanmasini tayyorlashdi.

    • Belgilangan reja asosida kafedra o’qituvchilari tomonidan yuqorida eslatilgan litseylarda metodik seminarlar o’tkazib kelindi.

    • Universitet rektori buyrig’i asosida litseylarda «Kafedra kuni» o’tkazilish rejalashtirildi. Kafedrada har oyda bir marta ushbu tadbir o’tkazib turildi.

    Songgi yangiliklardan:

    Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o`quv ilmiy kompleks tashkil etildi. U quyidagi jihatlari bilan ahamiyatli:

    ADABIYoTShUNOSLIK KAFEDRASI

    Loyiha mavzusi:

     

    O’quv qo’llanmalarini yaratishning innovatsion texnologik asoslari

     

    LOYIHA IShTIROKChILARI:

     

    Filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar: Q.Ko’baev, U.O’ljaboev, M.Mamatqulov, O.Fayzullaeva, A.Primov

     

    MAHSULOT: akademik litseylarning ijtimoiy-gumanitar yo’nalishi talabalari uchun O’zbek xalq og’zaki ijodi, O’zbek  adabiyoti , Adabiyot va Adabiyot qoidalari  fanlaridan o’quv qo’llanmalari yaratildi

     

     

                    

     

     

                    

     

    2014 , 9

     

     

    Kafedra manzili: Guliston shahri 4-mavze Guliston davlat universiteti “Adabiyotshunoslik ” kafedrasi



    Sahifani ko'rganlar soni: 25439

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    17.11.2017 (, , ) қ .

    16.11.2017 - ҳ қ .

    15.11.2017 Ғ ҚҚȨ .

    13.11.2017 Guliston davlat universitetida "Mehrjon bayrami" bo`lib o`tdi.

    09.11.2017 100 ғ қ .

    09.11.2017 2017-2018 -қ

    7.11.2017 Doktorantura-2018 yil uchun hujjat topshirgan talabgorlar soni togrisida malumot

    28.10.2017 Yosh liberallar klubi tashkil etildi

    26.10.2017 Sirdaryo viloyat xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida tadbir bolib otdi.


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov