Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Universitet haqida >> Fakultetlar >> Fizika-metematika fakulteti >> Axborot texnologiyalari kafedrasi
    Axborot texnologiyalari kafedrasi

    Kafedra mudiri: Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Abduraximov Doniyor Baxodirovich.

    Telefon: +998675894048

    Elektron manzili: doniyor8585@umail.uz

    Ilmiy mavzu: “Uzluksiz ta’lim tizimida informatikani ta’lim turlari aloqadorligida o’qitishni takomillashtirish”



    Bosh ilmiy mavzu: Ta’limda zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish nazariyasi, uslubiyoti, modellari, algoritmlari, dasturiy vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

    Kafedra tarixi

    Kafedra kompyuter va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va ta’limning barcha sohalari ga tatbiq etish hamda xalqaro axborot tizimlariga kirish maqsadida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun 1986 yilda «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» nomi bilan tashkil qilingan. Dastlab kafedraga t.f.n., dots.Abduraim Pardaevich Tishlikov mudiriliq qilgan. Ushbu kafedraga mudir bo’lib turli yillarda dots. I.Isoqov, dots. K.Eshquvatov, dots. S.Allayorovlar faoliyat ko’rsatgan. 2010 yildan p.f.n., dots. Abduraximov Doniyor Baxodirovich kafedra mudiri bo’lib ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar fan doktori, professor, 5 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 5 nafar katta o’qituvchilar va 7 nafar o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. 1994 yilda kafedra “Amaliy matematika va informatika” nomini oldi. Hozirgi kunda kafedrada bakalavr ta’lim bosqichida 5130200 - Amaliy matematika va informatika hamda 5110700-Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Kafedrada 5 ta laboratoriya xonalari mavjud bo’lib, ular zamonaviy rusumdagi kompyuterlar va AKT vositalari bilan jihozlangan. Bu xonalarda yuqori tezlikka ega bo’lgan Internet tizimida ishlash hamda masofali o’qitish imkoniyatlari yaratilgan. 2010-2011 o’quv yilida “Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi talabalaridan S.Sultonov M.Ulug’bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori, B.Djoniqulov “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo’yicha Respublika fan olimpiadasida faxrli 2-o’rin sovrindori bo’ldilar.

     

    Ilmiy tatqiqot ishlari

    Kafedrada “Zamonaviy axborot texnologiyalari ta’lim jarayoniga tadbiq etish” nomli ilmiy labaratoriya tashkil etilgan. Ilmiy laboratoriya qoshida ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish uchun innovatsion guruhlar faoliyat ko’rsatmoqda.

    1-Innovatsion guruh “Ta’limda zamonaviy pedagogik va AKT larni tatbiq qilish nazaryasi, uslubiyoti, modellari va algoritmlarini yaratish” mavzusida ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqda.

    Guruh rahbari dots. I.Isoqov.

    A’zolari: S.Qulmamatov, D.Toshtemirov, A.Adilov, Sh.Norqulov, A.Abduqayumov, A.Taniberdiyev.


    2-Innovatsion guruh “Ta’limda zamonaviy pedagogik va AKT larni tatbiq etishning dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusida ilmiy-tadqiqotishlarini olib bormoqda.

    Guruh rahbari dots. S.Allayorov.

    A’zolari: U.Latipov, U.Jo’rayev, S.Tishlikov, A.Qudratov, Z.Negmatullaev, A.Qalandarov, M.Nuriev.

    Ilmiy laboratoriyada fanlardan elektron o’quv adabiyotlar, mustaqil ta’limni tashkil etishning kompyuter dasturi, masofali o’qitish uchun ta’lim portalali, talabalar bilimini baholashning avtomatlashtirilgan test dasturi, xujjatlar aylanmasining avtomatlashtirilgan tizimi, buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan tizimi kabi dasturiy mahsulotlar yaratildi va ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda qo’llanilmoqda. Ilmiy-tadqiqot natijalari esa Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy anjuman materiallari hamda chop etilgan ilmiy, o’quv uslubiy qo’llanmalarda o’z ifodasini topmoqda.

    Shu bilan birgalikda guruh a’zolari tomonidan universitet web sahifasi yangilanib takomillashtirilmoqda hamda regional ta’lim portali innovatsion loyihasi yaratish ustida ish olib borilmoqda.

    Kafedra manzili: Guliston sh. 4 – mavze Guliston davlat universiteti bosh binosi “Axborot texnologiyalari kafedrasi” kafedrasi



    Sahifani ko'rganlar soni: 12987

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    28.06.2017 “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlangan tadbiri bo’lib o’tdi

    21.06.2017 Guliston davlat universitetida qabul jarayoni qizg’in ketmoqda

    14.06.2017 Inobat Shirinovaning 60 yosh yubileyi munosabati bilan uch avlod uchrashuvi o’tkazildi

    09.06.2017 Universitetda matbuot anjumani bo’lib o’tdi

    08.06.2017 Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbir o’tkazildi

    06.06.2017 “Munozara” o’yinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

    06.06.2017 “Zukko kitobxon” o’yinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

    06.06.2017 “Kamolot oltin to’pi” musobaqasi bo’lib o’tdi.

    05.06.2017 Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi

    05.06.2017 “Butunjahon Atrof muhitni muhofaza qilish kuni”gŕ bag’ishlab “Men tabiat bilan birgaman” shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi.


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov