Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
O'zbekcha .::. .::. English
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Universitet haqida >> Fakultetlar >> Tabiiy fanlar fakulteti >> Kimyo kafedrasi
    Kimyo kafedrasi

    Kimyo kafedrasi 

    Kaf. mudiri: kimyo  fanlari nomzodi, dotsent

    Abduraxmanova O’g’iloy Qaxxorovna

    Telefon: 25-38-19

    Elektron manzil: ugi_lay.912@.inbox.uz

    Qabul kunlari: chorshanba, juma,payshanba.

    Kimyo kafedrasi Tabiiy fanlar fakultetidagi etakchi kafedralardan bo’lib, «Umumiy fiziologiya va maktab gigienasi» kafedrasi bazasida 1990 yilda tashkil etilgan.  

    Kimyo kafedrasida 2 ta fan doktori, professorlar, 3 ta fan nomzodi, 2 ta katta o’qituvchi va 8 ta o’qituvchi ishlaydi.

    2013-2014 o’quv yilidan boshlab kafedrada  5A140501 – Kimyo magistratura mutaxassisligi ochildi.

    Kafedrada 5140500 - Kimyo ta’lim yo’nalishi bo’yicha kimyogar bakalavrlar tayyorlanadi:

     KAFEDRADA O’QITILADIGAN FANLAR

    “Noorganik kimyo”, “Analitik kimyo”, “Fizikaviy kimyo”, “Organik kimyo”, “Bioorganik kimyo”, “Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi”, “Kimyo va biologiya o’qitish metodikasi”, “Modda tuzilishi”, “Kvant kimyo va kvant mexanikasi”, “Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi”, “Kimyoviy texnologiya”, “Kolloid kimyo”, “Nanokimyo va nanotexnologiya”, “Kompleks birikmalar kimyosi”, “Fizik kimyoviy jarayonlar termodinamikasi”, “Kimyoviy texnologik jarayonlar va uskunalar”, “Analitik kimyoning fizik-kimyoviy usullari”, “Geterotsiklik birikmalar”, “Elementorganik birikmalar kimyosi”, “Polimerlar kimyosining dolzarb muammolari” va nomutaxassis ta’lim yo’nalishlari uchun “Kimyo”, “Kimyo asoslari”, magistrlar uchun “Fizik- kimyoviy analiz usullari”, “Spektrofotometrik va fotometrik analiz”, “Polyarografik va potentsiometrik analiz”, “Noorganik kimyoning muammolari va istiqbollari”, “Kimyoviy birikmalarning tuzilishi va reaktsion qobiliyati”, “Kimyoning maxsus bo’limlari», «Tabiiy, sintetik va yuqori  molekulyar  birikmalar  kimyosi:  hozirgi holati va istiqbollari”, «Analitik kimyoda organik reagentlar», «Tabiiy, sintetik va yuqori  molekulyar  birikmalar  kimyosi:  hozirgi holati va istiqbollari”, «Ajratish va kontsentrlash».    

    Kafedrada o’qitiladigan fanlardan o’quv laboratoriya va amaliyot xonalari, o’quv auditoriyalari zamonaviy talablar asosida jihozlangan.  Laboratoriya va amaliyot xonalarida talabalarning bitiruv malakaviy ish, kurs ishi va mustaqil ishlarini bajarish uchun ham barcha qulayliklarga egadir.

    Kimyo kafedrasida o’qitilayotgan barcha fanlar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan bo’lib, yuqori malakali kimyogarlar tayyorlashga yo’naltirilgan.

    Kafedrada quyidagi mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi:

    Kafedrada 2012-2014 yillarda “Nanostrukturali silikat materiallarini olish uchun gil va bentonitsimon xom ashyolarni kompleks qayta ishlash usullari” mavzusidagi moliyaviy miqdori 40 mln. so’mlik amaliy loyihalar dasturidagi davlat granti bajarildi. (Ilmiy rahbar: prof. A.Eminov).

    Kafedrada 2012-2013 o’quv yilida Respublika miqyosida nomutaxassis ta’lim yo’nalishlari uchun “Kimyo” fanidan  olimpiada bo’lib o’tdi. Unda “Biologiya” ta’lim yo’nalishi 31-11 guruh talabasi Jumanov Jo’rabek birinchi o’rinni egalladi.

    2013-2014 o’quv yilida Universitetda nomutaxassis ta’lim yo’nalishlari uchun “Biologiya” fanidan Respublika miqyosida olimpiada bo’lib o’tdi. Unda “Kimyo” ta’lim yo’nalishi 29-12 guruh talabasi Ibroximov Valijon faxrli 2- o’rinni egalladi.

    2014-2015 o’quv yilida Samarqand Davlat Universitetida Respublika  miqyosida bo’lib o’tgan “Kimyo” fanidan  olimpiadasida  “Kimyo” ta’lim yo’nalishi III bosqich talabasi  Rahmonov Sobir faxrli I o’rinni egalladi. Biologiya (umumkasbiy) fanidan Respublika fan olimpiadasining II  bosqichida To’ybekov Qosimbek  faxrli I o’rinni egalladi.

    “Tuproq va o’simlik moddalari kimyosi” ilmiy laboratoriyasida quyidagi yo’nalishlarda, jumladan:

    Organik reagentlarning tuproq va o’simlik moddalari analizida    qo’llanilishi;

    Silikatlar kimyosi

    Fiziologik faol moddalar kimyosi

     

    Polimer moddalarning organik moddalar bilan modifikatsiyasi:

     mavzulari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

    Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga professorlar D.Dalimov, T.Boboevlar ilmiy rahbarlik qilishmoqda.

    Axborot-resurs markazi kafedraning eng muhim o’quv va ilmiy bazasidir. ARM da kafedrada o’qitiladigan barcha fanlardan elektron darsliklar, o’quv adabiyotlarning elektron variantlari, elektron variantdagi virtual laboratoriya va virtual stendlar mavjud.

    Shuningdek, axborot-resurs markazi kafedra xodimlari va talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini namoyish qilish yoki ma’lumotlarni izlash uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

    Kafedrada quyidagi yo’nalishlarda o’quv-ilmiy kompleks tashkil qilindi:

    1. “Tuproq va o’simlik moddalari kimyosi” ilmiy guruhi

          Yo’nalishning maqsadi: O’simlik rivojlanish jarayonida tuproq va o’simlikda sodir bo’ladigan kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarning bog’liqligining kimyoviy mexanizmini tadqiq qilish, shuningdek, tuproq hamda o’simliklarning sifat va miqdoriy tarkibi o’rganilmoqda.

    2. “Polimerchilar” guruhi

           Yo’nalishning maqsadi: Tabiiy polimer kompozitsiyalarining  o’simliklar rivojlanishi va tuproq xususiyatlariga ta’siri, polimer moddalarning organik moddalar bilan modifikatsiyasi asosida olingan sorbentlari yordamida tuproq tarkibidagi ionlarning miqdoriy tahlilini o’rganish bilan shug’ullanadi.

    3. “Dorishunoslar” guruhi

           Guruhning maqsadi: Dorivor o’simliklar tarkibining kimyoviy tahlili, o’simlik tarkibidagi fiziologik faol moddalarning gel hosil qilish xususiyati va bu moddalar asosida dorivor moddalarning sintezi hamda ularning amaliyotga tadbiqini o’rganilmoqda.

    4. “Silikatchilar” guruhi

         Guruhning maqsadi: Gil va bentonitsimon xom ashyolarning silikat  sanoatidagi ahamiyati va ularni nanosilikat materiallarini olish uchun kompleks qayta ishlash usullarini tadqiq qilishga doir tadqiqotlar olib borilmoqda.

            Kafedraning hamkorlik aloqalari 

    Kafedrada olib boriladigan ilmiy-tadqiqotlar asosida  O’zR FA O.S.Sodiqov nomidagi “Bioorganik kimyo” instituti, “Yadro fizikasi” instituti, “O’simlik moddalari kimyosi” instituti, “Umumiy va noorganik kimyo” instituti, “Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti”, O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo texnologiya instituti, Samarqand davlat universiteti va boshqa OO’Yu hamda ilmiy markazlar olimlari bilan o’quv metodik va ilmiy-tadqiqotlar bo’yicha hamkorlik qilinmoqda.

    Shuningdek, viloyatdagi “Guliston-yog’ ekstrakt” (OAJ), Sirdaryo “Reka-med farm” tibbiy farmatsiya, Guliston amaliy-tibbiy farmatsiya qo’shma korxonasi, “Sirdaryo vino” OAJ kabi korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

    Talabalar “PengSheng” OAJ da amaliyotda:

    Sirdaryo “Temur med farm” OAJ tibbiy farmatsiya korxonasida:

    “Guliston-yog’ ekstrakt” OAJ da ishlab chiqarish amaliyoti:

    Viloyat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasida:

    Kafedra professor–o’qituvchilari va talabalar ilmiy jamoasi a’zolari Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarni tayyorlash va o’tkazishda faol ishtirok etishadi.

    Kafedra manzili:  Guliston shahri, 4-mavze, Guliston davlat universiteti bosh binosi, 5 - qavat,  536- xona.



    Sahifani ko'rganlar soni: 21235

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    18.09.2017 Z.Zikriyaev "Shuhrat" medali bilan mukofotlandi

    16.09.2017 Diqqat tanlov!

    13.09.2017 Talim jarayoni sifatiga noananaviy metodlar ahamiyatini bilasizmi?

    09.09.2017 Energiyani tejamkor chiroqlar-chontakka foyda

    08.09.2017 Algebra fanining asoschisi

    02.09.2017 Universitetida Fidoying bolgaymiz seni, Ozbekiston!goyasini mujassam etgan tadbir otkazildi

    02.09.2017 Sirdaryo viloyati hokimi universitet 1-kurs talabalariga Mustaqillik va xotira darslarini otdi

    29.08.2017 Oliy ta`lim muassasalarining pedagogika yo`nalishlari bo`yicha maxsus sirtqi bo`limlariga 2017/2018 o`quv yili uchun o`qishga qabul qilish tartibi va mezonlari

    29.08.2017 ғ қ

    24.08.2017 қ 26


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov