Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
O'zbekcha .::. .::. English
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Universitet haqida >> Fakultetlar >> Tabiiy fanlar fakulteti >> Tuproqshunoslik kafedrasi
    Tuproqshunoslik kafedrasi

    Kafedra mudiri: texnika fanlar nomzodi, dotsent Japakov Norboy Buriboevich

     

    Telefon: (+99894 355-52-37 )

     

    Elektron manzili:norboy8585@umail.uz 

     

    Kafedraning bosh ilmiy mavzusi: «Mirzacho’l voxasi tuproqlarining unumdorligini oshirish»

     

     

    «Tuproqshunoslik » kafedrasi tarixi

     Kafedra 1994 yil Botanika va qishloq xo’jaligi kafedrasi negizida “Qishloq xo’jalik asoslari” kafedrasi nomi bilan tashkil topildi.

    Kafedraga 2011–2012 o’quv yilida “Kasbiy ta’lim” yo’nalishiga abiturientlar qabul qilinishi munosabati bilan «Kishloq xo’jaligi asoslari» kafedrasi “Kasbiy ta’lim” kafedrasi deb yuritila boshladi.

    Kafedrani 1994-1995 va 1999-2003 yillarda b.f.n. dots I.O’rozboev, 1995-1999 yillarda q.x.f.n. dots A.Altmishev, 2003-2007 yillarda dots.Sh.Turdimetov xamda 2007 yildan boshlab t.f.n. dots. N.B.Japaqov boshqarib kemoqda.

    Hozirgi kunda kafedrada 13 ta professor-o’qituvchilar va xodimlar faoliyat olib bormoqda. Shulardan 1 tasi professor, 6 tasi fan nomzodi va dotsentlar, 1 ta katta o’qituvchi, 5 nafar o’qituvchilar  2 nafar laborant xodimlardir. Kafedraning ilmiy saloxiyati 70 % ni tashkil etadi.

    Kafedrada professor-o’qituvchilardan prof. R.Qurvontoev, dots.N.B.Japaqov, dots. Sh.Turdimetov, dots. A.Altmishev, dots.O’.Toshbekov, dots. I.O’rozboev, q.x.f.n. G.Mirsharipova, katta o’qituvchi A.Musurmonov, o’qituvchilar B.Xolboev, I.Raxmonov, Sh.Botirov. S.To’xtamishev D.Kim lar faoliyat yuritmoqdalar.

     Ilmiy tadqiqot ishlari

    Kafedrada professor o’qituvchilardan prof.R.Qurvontoev, dots.N.B.Japaqov, dots.Sh.Turdimetov, dots. A.Altmishev, dots.O’.Toshbekov, dots. I.O’rozboev, q.x.f.n. G.Mirsharipova, katta o’qituvchi A.Musurmonov, o’qituvchilar B.Xolboev, I.Raxmonov, Sh.Botirov. S.To’xtamishev. D.Kim lar kafedra talabalariga dars berib kelmoqdalar.

    Kafedrada 2 ta laboratoriya xonalari mavjud bo’lib ular zamonaviy laboratoriya jixozlari va komyuterlar bilan ta’minlangan.

    Kafedra qoshida dots. O’.Toshbekov, xamda dots. v.b. Sh.Turdimetovlarlar boshchiligida “Agrokimyo” va “Tuproqshunos” kabi to’garaklar faoliyat ko’rsatadi. “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”, “Biogeokimyo va tuproqlarni eroziyadan muhofaza qilish” yo’nalishi talaba o’g’il-qizlari ushbu to’garaklarga jalb qilingan.

    Kafedra ko’pgina OO’Yu bilan yaqindan ilmiy hamkorlik qilib kelishmoqda.

    Kafedraning bosh ilmiy mavzusi “Mirzacho’l vohasi tuproqlarini unumdorligini saqlash, tiklash va muxofaza qilish” bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

    dots. N.B.Japaqov -“Er osti suvlaridan qishloq ho’jaligi ekinlarini sug’orishda tuproqning meliorativ holatiga ta’sirini o’rganish” muammosi bo’yicha ish olib bormoqda.

    dots. O’.Toshbekov -Tuproqning ikkilamchi sho’rlanish sabalari va unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo’yicha etakchi mutahasis “Sizot suvlari sathi va mineralizatsiyasini o’simlik resurslari yordamida pasaytirish texnologiyasi” ni ishlab chiqqan va amaliyotga joriy etgan.

    dots. A.Altmishev – G’o’zani kollektor-zovur suvi bilan sug’orishda “Tuproq- o’simlik” tizimida sodir bo’ladigan jarayonlarni o’rganish muammosi bo’yicha ish olib borayotgan etuk mutahasis. Bir necha o’quv –uslubiy qo’llanmalar muallifi.

    dots. v.b. Sh.Turdimetov –Sho’rlangan tuproq unumdorligini oshirishda g’o’za-beda-g’alla almashlab ekishning yangi texnologiyasini tadbiq etgan.

    dots. I.O’rozboev -“G’o’za ekiladigan maydon tuproqlarini unumdorligini agroekollogik shaoritlarini hisobga olgan xolda baholash” ni ishlab chiqqan.

    q.x.f.n. G.Mirsharipova –Mirzacho’l sharoitida dukkakli ekinlarni etishtiirish texnologiyasi va tuproq unumdorligiga ta’sirini o’rganish bo’yicha izlanishlar olib bormaoqda.

    Katta o’qituvchi A.Musurmonov –“Sug’oriladigan o’tloqi tuproqlar unumdorligini kam ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish orqali amalga oshirish” bo’yicha ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

    o’qituvchi B.Xolboev –“Sug’oriladigan tuproqlarning kimyoviy xossalarini yaxshilash orqali ekinlar hosildorlinini oshirishga doir texnologik echimlarni ishlab chiqish” mavzusida tadqiqot ishlarini olib bormoqda

    o’qituvchi I.Raxmonov –“Don fraktsiyasi va ekish muddatining kuzgi bug’doy navlari hosildorligiga ta’siri” mavzusida tadqiqot olib bormoqda

    o’qituvchi. Sh.Botirov –G’o’zani kollektor-zovur suvi bilan sug’organda “Tuproq-o’simlik” tizimida sodir bo’ladigan jarayonlarni o’rganish mavzusida izlanishlar olib bormoqda

    o’qituvchi S.To’xtamishev –“Paxta dalalaridagi sho’r dog’li erlarning meliorativ xolatini yaxshilash” bo’yicha tadqiqot olib bormoqda

    o’qituvchi D.Kim –“Pomidor va poliz ekinlarining turli xil navlarini yaratish” mavzusida tadqiqot olib bormoqda.

    Xar bir yangi o’quv yili uchun talim tizimini rivojlantirishda professor o’qituvchilar tomonidan mutaxasislik fanlariga doir o’quv-uslubiy majmualar tayyorlanmoqda va masofali o’qitish uchun ta’lim portaliga joylashtirilmoqda. Ilmiy-tadqiqot natijalari esa Respublika va Xalqaro ilmiy-nazariy anjumanlari materiallari xamda chop etilgan ilmiy, o’quv-uslubiy qo’llanmalarda o’z ifodasini topmoqda.

    Kafedraning ilmiy –tadkikot insitutlari va OO’Yu lar bilan o’zaro xamkorlik aloqalari



    Sahifani ko'rganlar soni: 23554

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    17.11.2017 (, , ) қ .

    16.11.2017 - ҳ қ .

    15.11.2017 Ғ ҚҚȨ .

    13.11.2017 Guliston davlat universitetida "Mehrjon bayrami" bo`lib o`tdi.

    09.11.2017 100 ғ қ .

    09.11.2017 2017-2018 -қ

    7.11.2017 Doktorantura-2018 yil uchun hujjat topshirgan talabgorlar soni togrisida malumot

    28.10.2017 Yosh liberallar klubi tashkil etildi

    26.10.2017 Sirdaryo viloyat xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida tadbir bolib otdi.


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov