14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistratura
26
Xorijiy talabalar
Assalomu aleykum hurmatli abiturentlar, ota-onalar, o‘g‘illarim-qizlarim!
Har yilgi an’anaga muvofiq, tez kunlarda navbatdagi o‘quv yilining yakuni sarhisob qilinadigan va kelgusi maqsadlar belgilanib, oliy o‘quv yurtlariga talaba bo‘lish istagidagi yigit-qizlarimizning abituriyentlik davlari ham tobora yaqinlashmoqda. Ushbu bosqichni o‘z boshidan kechirgan barcha insononlar o‘sha davrni yaxshi eslashadi: kirish va saralash imtihonlarining qanday natija bilan yakunlanishi, asosiy marra-talaba bo‘lish maqsadiga erisha olishi haqidagi o‘y-xayollar og‘ushida natijani kutishning o‘ziga xos totli jihatlari ham bor, albatta.
Hurmatli abituriyentlar, aziz ota-onalar! Xalqimiz azaldan ilmga, bilmga o‘ch- ziyoli xalq hisoblanadi. O‘qish-o‘rganishga tashnalik buyuk alloma ota-boblarimizdan bizga meros qolgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu sababli har yili o‘rta ta’lim bo‘-g‘inini tamomlaydigan aziz farzandalimiz va ularning ota-onalarining eng katta orzusi oliy ta’limga ham ega bo‘lishdir. Bunday sharafli maqsadga faqatgina ilm o‘rganib, bilim olib, puxta tayyorgarlik ko‘rib erishiladi. Ilm egallsh, bilim olishning boshqa usuli mavjud emas.
Muhataram yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning markazi-yoshlarimizning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilm olib, bilim o‘rganishlari uchun mavjud sharoitlarni yanda yaxshilash, jahon standratlariga tenglashtirish turibdi. Bu boradagi ishlar oliy ta’lim tizimidagi keng qamrovli yangilanishlar, oliy ta’limga saralash jarayonini soddalashtirib, shaffof tarzda o‘tkazilishi fikrimizning isbotidir.
Bugun yurtimizda oliy ta’lim qamrovi keskin ortib borishi bilan bir qatorda yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etilmoqda, ularning soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Davlatimiz tomonidan shunday ulkan islohotlar olib borilayotgan bir davrda hamon eski tuzum illati bo‘lgan, oliy ta’limga qing‘ir, nopok yo‘llar va vositalar bilan ega bo‘lishga urinish holatlari, kam bo‘lsa-da uchrab turishi ko‘ngilni xira qilmoqda.
Shunday muhim, tarixiy pallada Siz azizlarga-abutiyentlar va ularning ota-onalariga yana bir bor murojaat qilishni o‘zimning fuqarolik burchim deb hisoblayman. Aziz yutdoshim, o‘g‘illarim-qizlarim! Bugungi oliy ta’lim tizimiga sarash imtihoni bosqichlari kechagidan keskin farq qilmoqda. Endilklikda talaba bo‘lish orzusida bo‘lgan aziz, shijoatli yoshlarimizdan faqat bilim, puxta tayyorgarlik talab qilinadi, xolos. Shunday ekan turli noqonuniy yo‘llar orqali bunday niyatga erishib bo‘lmaydi. Siz azizlarni turli firibgarlar va vijdonsizlarning tuzog‘iga ilinib qolmasliklaringizni so‘rab qolaman. Zero bugun jamiyatimizda “halollik faksinasi” bilan emlanish qizg‘in pallaga kirgan paytda boshqacha yo‘lning o‘zi ham mavjud emas.
Barcha abirientlarga- o‘gillarimga, qizlarimga omad yor bo‘lishini, o‘zlari istagan kasb egasi bo‘lish nasib etishini tilab qolaman.
Hurmat bilan,
M.T.Xodjiyev
Guliston davlat universiteti rektori,
texnika fanlari doktori, professor
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish