So‘rovnoma natijalari

Guliston davlat universitetining 2026/2027 o‘quv yili sentyabr oyi №2-sonli universitet Kengashiga qo‘yilgan Guliston davlat universiteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari to‘g‘risida

MA’LUMOT

 

Guliston davlat universiteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma bo‘yicha umumiy ma’lumot

Guliston davlat universiteti talabalaririning ta’lim jarayoni, professor-o‘qituvchilar faoliyati, baholash tizimi, ta’lim infratuzilmasi, elektron ta’lim xizmatlari hamda umumiy qoniqish darajasini aniqlash maqsadida 2026-yil 14-sentayabrdan 20-sentyabrgacha universitet miqyosida so‘rovnoma o‘tkazildi.

So‘rovnomada universitetning 9 ta fakulteti talabalari hamda magistrlari ishtirok etdi. Talabalar hamda magistrlar tomonidan jami 5 938 ta so‘rovnoma to‘ldirilgan.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra universitet bo‘yicha umumiy o‘rtacha baho 5 ballik mezonda 4,24 ballni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich talabalar hamda magistrlarning universitetdagi ta’lim jarayoni va yaratilgan sharoitlardan umumiy qoniqish darajasi yuqori ekanligini ko‘rsatadi.

Fakultetlar kesimida eng yuqori umumiy natija Ishlab chiqarish texnologiyalari fakultetida — 4,41 ball, eng past ko‘rsatkich esa San’atshunoslik fakultetida — 4,06 ball qayd etilgan.

So‘rovnomada ishtirok etish faolligi tahlili

 

Fakultet

Ishtirok etgan guruhlar

So‘rovnoma
soni

Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti

40

739

Filologiya fakulteti

53

1 314

Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti

33

429

Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti

38

664

Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya fakulteti

43

739

San’atshunoslik fakulteti

15

166

Sport faoliyati fakulteti

18

225

Tabiiy fanlar fakulteti

53

873

Tibbiyot fakulteti

73

789

Jami

366

5 938

 

Eng ko‘p respondent Filologiya fakultetiga to‘g‘ri kelib, unda 1 314 nafar respondent yoki jami javoblarning 22,1 foizi qatnashgan. Shuningdek, Tabiiy fanlar fakulteti — 873 nafar (14,7 %), Tibbiyot fakulteti — 789 nafar (13,3 %), Axborot texnologiyalari va fizika-matematika hamda Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya fakultetlarida 739 nafardan (12,4 %) respondent ishtirok etgan.

Universitet bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar tahlili

 

Baholash yo‘nalishi

Universitet bo‘yicha o‘rtacha ball

Professor-o‘qituvchilar faoliyati

4,22

Ta’lim jarayonini baholash

4,16

Baholash tizimi va akademik halollik

4,39

Ta’lim sharoitlari va infratuzilma

4,08

Elektron ta’lim va raqamli tizimlar

4,61

Umumiy qoniqish darajasi

3,95

Umumiy o‘rtacha ko‘rsatkich

4,24

 

Natijalardan ko‘rinadiki, talabalar tomonidan eng yuqori baholangan yo‘nalish “Elektron ta’lim va raqamli tizimlar” — 4,61 ball bo‘lgan.

Eng past ko‘rsatkich esa “Umumiy qoniqish darajasi” — 3,95 ballni tashkil qilgan.

 Professor-o‘qituvchilar faoliyati bo‘yicha tahlil

Universitet bo‘yicha professor-o‘qituvchilar faoliyatining umumiy bahosi 4,22 ballni tashkil etdi.

Eng yuqori natija Ishlab chiqarish texnologiyalari fakultetida — 4,43 ball. Keyingi yuqori natijalar: Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti — 4,31; Tabiiy fanlar fakulteti — 4,27; Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti — 4,26.

Nisbatan past natijalar: Tibbiyot fakulteti — 4,12; Sport faoliyati fakulteti — 4,13; San’atshunoslik fakulteti — 4,01.

Umuman olganda, barcha fakultetlarda ushbu ko‘rsatkich 4 balldan yuqori bo‘lib, professor-o‘qituvchilar faoliyati talabalar tomonidan ijobiy baholangan.

 Ta’lim jarayonini tashkil etish holati

Ta’lim jarayoni universitet bo‘yicha o‘rtacha 4,16 ball bilan baholangan.

Eng yuqori ko‘rsatkich Ishlab chiqarish texnologiyalari fakultetida — 4,36 ball.

Shuningdek, Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti — 4,26; Tabiiy fanlar fakulteti — 4,18; Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti — 4,14; Sport faoliyati fakulteti — 4,14; Filologiya fakulteti — 4,13.

Eng past natijalar San’atshunoslik fakultetida — 4,02, Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya hamda Tibbiyot fakultetlarida — 4,07 ballni tashkil etgan.

 Baholash tizimi va akademik halollik

Mazkur yo‘nalish universitet bo‘yicha 4,39 ball bilan baholangan va yuqori natijalardan biri hisoblanadi.

Eng yuqori natija 4,45 ball bo‘lib, Axborot texnologiyalari va fizika-matematika, Ishlab chiqarish texnologiyalari hamda Tibbiyot fakultetlarida qayd etilgan.

Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya fakulteti — 4,40 ball. Filologiya, Psixologiya va ijtimoiy fanlar hamda Tabiiy fanlar fakultetlarida — 4,37 ball.

Nisbatan past ko‘rsatkich San’atshunoslik fakultetida — 4,17 ball.

Umuman, ushbu ko‘rsatkich talabalar baholash jarayonining nisbatan shaffofligi, mezonlarning tushunarliligi va akademik halollik tamoyillarining ta’minlanishini ijobiy qabul qilayotganligini ko‘rsatadi.

 Ta’lim sharoitlari va infratuzilma

Universitet bo‘yicha ushbu yo‘nalish 4,08 ball bilan baholangan.

Eng yuqori natija Ishlab chiqarish texnologiyalari fakultetida — 4,31 ball.

Keyingi o‘rinlarda: Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti — 4,28; Tabiiy fanlar fakulteti — 4,19; Filologiya fakulteti — 4,07; Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya hamda Tibbiyot fakultetlari — 4,05.

Nisbatan past natijalar: San’atshunoslik fakulteti — 4,00; Sport faoliyati fakulteti — 3,89; Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti — 3,73.

 Elektron ta’lim va raqamli tizimlar

Mazkur yo‘nalish universitet miqyosida eng yuqori baholangan yo‘nalish bo‘lib, o‘rtacha 4,61 ballni tashkil etdi.

Fakultetlar bo‘yicha: Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti — 4,73; Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti — 4,65; Filologiya fakulteti — 4,63; Tabiiy fanlar fakulteti — 4,61; Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti — 4,60; Tibbiyot fakulteti — 4,60; Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya fakulteti — 4,59; Sport faoliyati fakulteti — 4,46; San’atshunoslik fakulteti — 4,34.

 Talabalarning umumiy qoniqish darajasi

Universitet miqyosida ushbu ko‘rsatkich 3,95 ball bo‘lib, barcha yo‘nalishlar ichida eng past natijani tashkil etdi.

Fakultetlar bo‘yicha eng yuqori natija Ishlab chiqarish texnologiyalari fakultetida — 4,15 ball.

Shuningdek: Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti — 4,04; Tabiiy fanlar fakulteti — 4,00; Sport faoliyati fakulteti — 3,96; Filologiya fakulteti — 3,91; Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti — 3,90; Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya fakulteti — 3,87; Tibbiyot fakulteti — 3,87; San’atshunoslik fakulteti — 3,83.

 

 

 

 

 

 

Fakultetlarning umumiy natijalari

 

Fakultet

Umumiy baho

Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti

4,41

Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti

4,33

Tabiiy fanlar fakulteti

4,27

Filologiya fakulteti

4,22

Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya fakulteti

4,20

Tibbiyot fakulteti

4,19

Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti

4,17

Sport faoliyati fakulteti

4,15

San’atshunoslik fakulteti

4,06

Universitet bo‘yicha

4,24

 

Umumiy natijalarga ko‘ra, barcha fakultetlarda o‘rtacha baho 4,0 balldan yuqori shakllangan.

Universitet o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori natija uchta fakultetda kuzatilgan: Ishlab chiqarish texnologiyalari — 4,41; Axborot texnologiyalari va fizika-matematika — 4,33; Tabiiy fanlar — 4,27. Filologiya fakultetining natijasi — 4,22 ball bo‘lib, universitet o‘rtacha natijasiga yaqin.

 Asosiy ijobiy jihatlar

1. Universitet bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich 4,24 ballni tashkil etgan.

2. Elektron ta’lim va raqamli tizimlar 4,61 ball bilan talabalar tomonidan eng yuqori baholangan.

3. Baholash tizimi va akademik halollik bo‘yicha 4,39 balllik yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.

4. Professor-o‘qituvchilar faoliyati barcha fakultetlarda 4 balldan yuqori baholangan.

5. Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti barcha asosiy ko‘rsatkichlarda barqaror yuqori natijalar ko‘rsatgan.

12. E’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlar

·      umumiy qoniqish darajasi — 3,95 ball;

·      ta’lim sharoitlari va infratuzilma — 4,08 ball;

·      Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida infratuzilma ko‘rsatkichi — 3,73 ball;

·      San’atshunoslik fakultetida umumiy qoniqish darajasi — 3,83 ball;

·      Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya hamda Tibbiyot fakultetlarida umumiy qoniqish darajasi — 3,87 ball;

 Taklif va tavsiyalar

1. 3,9 balldan past natija qayd etilgan indikatorlar bo‘yicha fakultetlar kesimida alohida tahlil o‘tkazish.

2. Talabalar hamda magistrlar qoniqish darajasiga ta’sir qilayotgan omillarni aniqlash uchun fokus-guruh, suhbat va ochiq muloqotlar tashkil etish.

3. Psixologiya va ijtimoiy fanlar hamda Sport faoliyati fakultetlarida ta’lim infratuzilmasini inventarizatsiyadan o‘tkazish.

4. San’atshunoslik fakultetida barcha asosiy indikatorlar bo‘yicha ichki tahlil o‘tkazib, takomillashtirish rejasini ishlab chiqish.

5. Elektron ta’lim va raqamli tizimlar bo‘yicha mavjud ijobiy tajribalarni saqlash va boshqa xizmatlarga tatbiq etish.

6. Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholash natijalarini kafedra yig‘ilishlarida muhokama qilib, zarur metodik choralarni belgilash.

7. Baholash tizimi va akademik halollikka oid talabalar fikrlarini muntazam monitoring qilish.

Xulosa

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari universitetda ta’lim jarayoni va ta’lim xizmatlari talabalar tomonidan, umuman olganda, ijobiy baholanayotganligini ko‘rsatdi. Universitet bo‘yicha umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichning 4,24 ballni tashkil etishi buning dalilidir.

Ayniqsa, elektron ta’lim va raqamli tizimlar — 4,61 ball, shuningdek, baholash tizimi va akademik halollik — 4,39 ball yuqori ko‘rsatkichlarga ega.

Shu bilan birga, umumiy qoniqish darajasining 3,95 ball, ta’lim sharoitlari va infratuzilmaning esa 4,08 ball bilan baholangani mazkur yo‘nalishlarda tizimli takomillashtirish ishlarini davom ettirish zarurligini ko‘rsatadi.

So‘rovnoma natijalarini fakultetlar va tarkibiy bo‘linmalar yig‘ilishlarida muhokama qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq muddat, mas’ullar va natijadorlik indikatorlari ko‘rsatilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, keyingi monitoringda esa amalga oshirilgan choralar samaradorligini baholash tavsiya etiladi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?