Jahon bankining AIF loyihasi doirasida Guliston davlat universitetida eksperimental biologiya laboratoriyasida yangi tadqiqot yo’nalishi tashkil etildi
Guliston davlat universiteti bazasida faoliyat ko’rsatayotgan “Eksperimental biologiya” laboratoriyasida “O’simliklar biotexnologiyasi”, “Sho’rga chidamli o’simliklar genbanki” asosida olib borilayotgan selektsiya va hujayra muhandisligi, tuproq va o’simlik mahsulotlarini spektral tahlili bo’yicha olib borilayotgan kompleks tadqiqotlar yana bir tashkil etilgan tadqiqot yo’nalishi bilan takomillshtirildi. Jahon bankining Akademik innovatsiyalar fondi doirasida universitetda amalga oshirilayotgan loyiha asosida xarid qilingan zamonaviy tadqiqot uskunalari (PTsR, Real taym, laminar boks, elektrofarez, suvni tozalash sistemasi va h.k.) asosida biologik ob’ektlarning genetik o’zgaruvchanliklarini aniqlash,…
297 | 2019-06-04 09:55 | Batafsil
Bolalarga bering dunyoni
    2019-yilning 30-may kuni Guliston shahridagi “SOS-Bolalar shaharchasi”da Sirdaryo viloyati hokimligi, Guliston davlat universiteti, Ichki ishlar boshqarmasi, Madaniyat boshqarmasi, Milliy gvardiya boshqarmasi, Xalq ta’limi boshqarmasi va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda “1-iyun- Xalqaro bolalar kuni” munosabati bilan “Bolalarga bering dunyoni” nomi ostida tadbir o’tkazildi. Unda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari O.Abdug’aniev, Guliston davlat universitetitining Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori F.Niyazov va boshqa tashkilot vakillari hamda OAV ishtirok etishdi. Tadbirda Respublika madani…
188 | 2019-06-04 01:08 | Batafsil
Hisobot konserti
2019-yil  29-may kuni  universitet  Madaniyat saroyida “Musiqiy ta’lim va tasviriy san’at” kafedrasi o’qituvchi va talabalarining 2018-2019  o’quv yili yakuniga bag’ishlangan hisobot konserti bo’lib o’tdi. Konsertda katta va kichik xor jamoalari, talabalar maqom ansambli, cholg’u orkestri, estrada xonandalari va yakka ijrochilar o’zlarining dasturlari bilan  ishtirok etishdi.Konsertdan so’ng tasviriy san’at yo’nalishi talabalarining “Biz korruptsiyaga qarshimiz” deb nomlangan turkum asarlari ko’rgazmasi namoyish etildi.
261 | 2019-05-30 19:40 | Batafsil
Jahon banki akademik innovatsiyalar fondining “Oliy taʼlimni modernizatsiyalash” loyihasi doirasida seminar trening oʻtkazildi
28 may kuni jahon bankining “Akademik innovatsiyalar fondi” granti asosida Guliston davlat universitetida “Oliy taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda klasterli yondashuv: Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida “oʻquv-ilmiy kompleks” tashkil etish” mavzusida amalga oshirilayotgan loyiha rejasi asosida “mahsulotlarni sertifikatlashtirish” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi. Ushbu seminar treningda Oʻzbekiston Respublikasi Standartlashtirish agentligi mutaxassislari, sirdaryo viloyati sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori va xodimlari. Eksperimental biologiya laboratoriyasi tadqiqotchi va xodimlari, universitetda faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassis xodim…
247 | 2019-05-30 12:06 | Batafsil
“She’riyat shaydolari” tanlovi bo’lib o’tdi
Joriy yilning 29-may kuni Guliston davlat universiteti talablari o’rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga yo’naltirilgan "She’riyat shaydolari" tanlovining final bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda 1-o’rinni filologiya, 2-o’rinni Pedagogika, 3-o’rinni jismoniy madaniyat talabalari egallashdi.
221 | 2019-05-29 17:07 | Batafsil
Tayinlov
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PQ-4339-sonli qarori bilan Kongratbay Avezimbetovich Sharipov  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o’rinbosari lavozimiga tayinlandi. Manba: Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy kanali: https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-As9g1WrZzvANA
217 | 2019-05-29 17:04 | Batafsil
Ilm-fanga e’tibor!
2019-yilning 24-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoev O’zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi.  Mazkur uchrashuvda Guliston davlat universiteti rektori professor M.T.Xodjiev ham ishtirok etgan edi. 27-may kuni Guliston davlat universitetining Madaniyat saroyida Prezident Sh.Mirziyoyev bilan bo’lib o’tgan uchrashuvning mazmun-mohiyatini yetkazish, unda davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim muassasalari uchun belgilab bergan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan yig’ilish o’tkazildi.  Yig’ilishda universitet rektori M.Xodjiev ma’ruza qilib, unda ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish, kadrlar tayyorlash v…
302 | 2019-05-29 10:52 | Batafsil
“Oliy ta’limni modernizatsiyalash” loyihasi bo’yicha Germaniyalik mutaxassis tomonidan seminar-trening o’tkazilmoqda
Jahon bankining “Akademik innovatsiyalar fondi” asosida “Oliy ta’limni modernizatsiyalash” bo’yicha “OLIY TA’LIM VA IShLAB ChIQARISh INTEGRATsIYaSINI RIVOJLANTIRIShDA KLASTERLI YoNDAShUV: Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida “O’quv-ilmiy kompleks” tashkil etish” mavzusida Guliston davlat universitetida amalga oshirilayotgan loyiha rejasiga ko’ra germaniyaning Gyottingen universitetidan professor Rekel Djoxanes (Reckel Johannes) 2019 yilning 17-29 may kunlariga taklif etilgan. Ushbu muddat davomida professor Reckel Johannes tomonidan Germaniyaning markaziy kutubxona manbalridan on-line tizimda foydalanish bo’yicha taqdimotlar qilish bilan birga amaliy mashg’ulotlar o…
333 | 2019-05-22 15:54 | Batafsil
Giyohvandlik – asr vabosi
2019-yil 15-may kuni Guliston davlat universiteti madaniyat saroyida professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar o’rtasida giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bog’liq jinoyatlar sodir etilishining oldini olish mavzusida profilaktik tadbir o’tkazildi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor F.Niyazov, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi etakchi eksperti S.Jumanova, O’zbekiston Respublikasi IIV JQB katta tezkor vakili Sh.Ismoilov, Sirdaryo viloyat hokimligi etakchi mutaxassisi A.Sodiqov, Sirdaryo viloyat DXX xodimi I.Bashirov, Sirdaryo viloyat IIB JQB katta tezkor vakili S.O’rdaboev, Sirdaryo viloyat narkologiya dispanseri tibbiy-ijtimoiy shifokori Z.Davlatova, pro…
411 | 2019-05-16 15:43 | Batafsil
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish