Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Yangiliklar
    28.08.2015 Kamolot” YIH BT Kengashi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

    “KAMOLOT” YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATINING

    BOSHLANG’ICTASHKILOTI KENGASHI MAJLISI O’TKAZILDI 

    Joriy yilning 26 avgust kuni “Yoshlar markazi” binosida boshlang’ich tashkiloti Kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni universitet “Kamolot” YIH BT etakchisi Z.Zikriyaev boshqarib bordi.

    Kun tartibiga qo’yilgan masalalar bo’yichaBT etakchisi Z.Zikriyaev ma’ruza qildi. U “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Guliston davlat universitetidagi boshlang’ich tashkilotining 2014-2015 o’quv yiliga bag&rsquo ...


    26.08.2015 Hashar elga yarashar.

    UNIVERSITETIT JAMOASI UMUMXALQ XAYRIYA

    HASHARIDA FAOL ISHTIROK ETDI

          O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma to’rt yilligi bayramini “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O’zbekistonim!” shiori ostida munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo’lgan o’zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg’araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish, “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-avgustdagi “2015-yil avgust oyida mamlakatimizning ba ...


    24.08.2015 Spektakl namoyish etildi.

    SPEKTAKL  NAMOYISH  ETILDI

    O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24 yillik bayrami munosabati bilan O’zbek Milliy akademik drama teatri jamoasining Sirdaryo viloyatidagi gastrol safari doirasida “Yig’lama, qiz” nomli spektakl Olim Xo’jayev nomli viloyat musiqali drama teatrida namoyish etildi. Joriy yil 22-avgustda Guliston davlat universiteti jamoasi mazkur spektaklni tomosha qilish uchun teatrga tashrif buyurdi.

    Spektaklning mazmun-mohiyati bugungi kunda ayrim oilalarda ajralishlarga sabab bo’layotgan muammolarga qaratilgan. Spektakl mazmuniga ko’ra oilada er va xotin orasidagi sovuq munosabatni yumshatish farzandlar va buvi zimmasiga tushadi. Ular oxir-oqibatda maxsus reja asosida bu vazifani uddalashadi. Natijada bir oila parokanda bo’lishining va farzandlarg tirik yetim bo’l ...


    20.08.2015 “Sud va yoshlar” uchrashuvi uyushtirildi.

    19 avgust kuni  “Sud va yoshlar” uchrashuvi uyushtirildi. Uchrashuv jarayonida talaba yoshlari Sirdaryo viloyati Xo’jalik sudi, Jinoyat ishlari bo’yicha sudi, va Fuqarolik sudlari binolarida bo’lib, sudlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.


    15.08.2015 “Universitetimni obod qilaman” loyihasi amalga oshirildi.

    15 avgust kuni Guliston davlat universiteti “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti faollari tomonidan yangi o’quv yiliga yuqori darajada tayyorgarlik ko’rish maqsadida “Universitetimni obod qilaman” loyihasi amalga oshirildi.


    10.08.2015 GulDUning “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan hamkorligi

    Guliston davlat universitetining “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan hamkorligi

     

          Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Sirdaryo viloyati Kengashining 2015 yil iyul oyidagi majlisi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondining viloyat bo’limi va bo’linmalari xodimlarining malakasini oshirish bo’yicha o’quv seminarlarini tashkil etish va o’tkazish chora-tadbirlari belgilandi.

    O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat bo’limi boshqaruvi 2015 yilning 7-8 avgust kunlari “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat bo’limi va bo’linmalari xodimlarining malakasini oshirish bo’yicha 2 kunlik o’quv seminarlarini o’tkazdi. Seminar fuqarola ...


    30.07.2015 “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O’zbekistonim!” nomli qo’llanma yaratildi.

    Guliston davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 17 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to’rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi PQ-2371-sonli qarori ijrosi to’g’risida

     

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 17 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to’rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi PQ-2371-sonli qarori, Sirdaryo viloyati hokimining 2015 yil 20 iyuldagi 195-sonli qarori, shuningdek, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 20 iyuldagi 263-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston davlat universiteti professor-o’qituvchilari tomonidan “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vat ...


    07.07.2015 “Kamolot” yosh reportyorlari media-treningi

     “Kamolot” YIH Markaziy Kengashi tomonidan ilk bor joriy yilning 14-17 iyun kunlari Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi “Kamolot yoshlar oromgohi”da “Kamolot” yosh reportyorlari - 2015” yosh jurnalistlar ko’ngilli guruhi uchun media-trening o’tkazildi. Unda harakatning barcha hududiy Kengashlaridan “Yurt kelajagi”, “Kamalak yulduzlari”, Boshlang’ich tashkiloti yetakchilari faollari hamda harakat faoliyatini yoritishda iqtidorini ko’rsatgan 160 nafardan ortiq yosh, havaskor jurnalistlar ishtirok etdi.

    Yurtimizning barcha hududlaridan kelgan iqtidorli yoshlar trenerlar tomonidan matbuot, televidenie, radio, internet jurnalistika, matbuot xizmati kabi guruhlarga bo’linishib, belgilangan vazifalar bo’yicha qizg’ ...


    17.06.2015 Adabiyotimiz darg’alaridan taqdimot

                 Guliston davlat universiteti katta faollar zalida O’zbekiston xalq  yozuvchisi Muhammad Alining “Ulug’ saltanat” nomli to’rt kitobdan iborat asarining taqdimoti bo’lib o’tdi. Taqdimotni universitet rektori vazifasini bajaruvchi Nusratillo Barakaev kirish so’zi bilan ochdi.

    O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori professor Baxtiyor Nazarov so’zga chiqib, ushbu asar tarixiy asarligi va Buyuk Temur va uning avlodi haqida ekanligini bayon qildi.

    -       Amir Temur buyuk shaxs. Amir Temur xarakterini yaratish, Mironshoh Mirzo, Shohruh Mirzo, Jahongir Mirzo, Umarshayh Mirzo, kabi tarixiy shaxslar haqida yozish uchun tarixni yaxshi bilish kerak. Tarix bu xotirani talab qiladi. Har xi ...


    11.06.2015 Internet xavfsizligi va internet madaniyati: muammo va yechimlar

             Yoshlarni Internet tarmog’ida buzg’unchi kontentdan himoya qilish, ularda Internet madaniyatini shakllantirish, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga qiziquvchi iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo’llab-quvvatlash, milliy internet segmentini rivojlantirish, yoshlarning mahalliy saytlari va ijtimoiy tarmoqlarini yaratishga ko’maklashish maqsadida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 22 maydagi 87-04-557-sonli modemnomasiga asosan 2015 yilning 9 iyun kuni Guliston davlat universitetida “Xavfsiz internet” loyihasi doirasida “Internet xavfsizligi va internet madaniyati: muammo va yechimlar” mavzusida forum o’tkazildi. Ushbu forum Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi bilan hamkorlikdagi tashkillashtirildi. Forumda Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo&rs ...


    10.06.2015Yubiley tadbiri o’tkazildi

    2015 yilni Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi yurtimizda kattalar izzat qilinishining yana bir isbotidir. Saflarimizda 60-70 yoshni qarshilab jamiyatimiz taraqqiyotiga yoshlardan kam hissa qo’shmayotgan keksalar talaygina. 

    2015 yil 10 iyun kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet faollar zalida “Milliy g’oya va falsafa” kafedrasi katta o’qituvchisi Safar Doniyorovning 60 yillik yubiley tadbiri nishonlandi. Tadbirda universitet rektori, barcha prorektorlar, ma’naviyat bo’limi boshlig’i, Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari qatanshishdi. Yubiley tadbiriga “Milliy g’oya va falsafa” kafedrasi mudiri R.Maxmudov raislik qildi. Tadbir boshida universitet rektori v.b. N.Barakaevga so’z berildi. U o’z so’zida S.Doniyo ...


    02.06.2015Onalik baxti sening qo’lingda!

    2 iyun kuni “Vatan taraqqiyoti sening qo’lingda” loyixasi doirasida “Xalqaro bolalar kuni” bayrami munosabati bilan “Hech bir bola e’tibordan chetda qolmasin!” mavzusida Guliston shahar “Bolalar shaharchasi” tarbiyalanuvchilari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori vG’b N.Barakaev, “Bolalar shaharchasi” direktori P.Ahmedjanova, “Kamolot” YoIH Sirdaryo viloyati Kengashi raisi L.Ahmedov, shahar kengashi raisi A.Ibodullaev, universitet kengashi raisi Z.Zikriyaev, Ma’naviy-ma’rifiy bo’lim boshlig’i O.Oqyigitov, viloyat “Sog’lom avlod uchun” xayriya jamg’armasi direktori Yu.Usmonova, “Milliy g’oya va falsafa” kafedrasi mudiri R.Mahmudov, Sinxron suzish bo’yicha Osiyo chempioni GulDU talabasi S.Kuzibekova, Shaxmat bo’yicha 16 karra O’zbekiston chempioni GulDU talabasi ...


    01.06.2015XXI asr – intellektual avlod asri

    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar-ijtimoiy harakati, Sirdaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda 1-2 iyun kunlari Guliston davlat universitetida “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostida viloyat bo’yicha hududiy ilmiy-amaliy konferentsiya bo’lib o’tadi. Konferentsiya quyidagi sho’balarda bo’lib o’tadi: 1-sho’ba: Ijtimoiy gumanatar fanlar 2-sho’ba: Tabiiy fanlar 3-sho’ba: Aniq fanlar 4-sho’ba Texnika fanlari. Ilmiy anjumanimizga marhamat!


    23.05.2015 DEPUTAT BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

                                   23-may kuni Guliston shahridagi 2-sonli San’at maktabida “Kamolot” YOIH  Guliston shahar kengashi tashabbusi bilan “Deputat va yoshlar” mavzusida  viloyat kengashi deputati, tadbirkor, GulDUning  sobiq talabasi Ulug’bek Sotiboldiyev bilan universitet iqtidorli talabalarining uchrashuvi  bo’lib o’tdi. Uuzma-yuz muloqot davomida U. Sotiboldiyev o’zining tadbirkorlik borasida olib borayotgan ishlari yuzasidan so`z  yuritdi va ishbilarmonlikda nimalarga e’tibor berish kerakligini uqtirdi.

                 Tadbirda deputat talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi va faollarga esdalik sovg`alarini topshirdi. Shundan so’ng yoshl ...


    14.05.2015XALQARO OILA KUNIGA BAG’ISHLANDI

    14-may kuni universitetda 15-may – Xalqaro oila kuniga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.  Tadbirni Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Obid Oqyigitov ochdi va olib bordi. Respublika “Oila” markazi vakilasi Risolat Rustamova, universitet psixologi Sabohat Sharapova, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Ra’no Sattorova, viloyat “Oila” markazi rahbari Sabohat Zunnunova so’zga chiqib, oilaning jamiyatdagi o’rni xususida so’z yuritdilar. “Tarix” kafedrasining dotsenti O`g`iloy Erbo`tayeva “Oila-muqaddas qo’rg’on” mavzusida ma’ruza o’qidi. Turmush o’rtog’i bilan bir jamoada ishlayotgan oila vakillariga esdalik sovg’alari va Faxriy yorliqlar topshirildi. Tadbir so’ngida musiqiy dastur namoyish qilindi.


    14.05.2015Yoshlarga oid davlat siyosati amalda. “Shumtakalar” finalda.

    “O’zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 23(41) bandi ijrosini ta’minlash maqsadlarida Guliston davlat universiteti talabalari o’rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tmoqda.

    Joriy yilning 14 may kuni tanlovning 2-yarim final bahslari Pedagogika fakultetining “Shumtakalar” va Tabiatshunoslik fakultetining “Yangi yulduzlar” jamoalari o’rtasida bo’lib o’tdi. Ushbu bahslarda Tabiatshunoslik fakultetining debyut jamoasi o’zning iqtidori va topqirligini ko’rsatdi. Har doimgiday “Salomlashuv”, “O’ylab ko’ringchi?” savol-javob va “Talabalar kuylaganda” musiqiy shartlari bo’yicha bellashuvlarda “Yangi yulduzlar” “Shumtakalar” bilan elkama-elka bahs olib bordilar. Jamoalarni ...


    12.05.2015Yoshlarga oid davlat siyosati amalda. Guliston davlat universitetida “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.

    “O’zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 23(41) bandi ijrosini ta’minlash maqsadlarida Guliston davlat universiteti talabalari o’rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tmoqda.

    Joriy yilning 12 may kuni Filologiya fakultetining “Omadli jentelmenlar” va Fizika-matematika fakultetining “Boyvachcha” jamoalari o’rtasida birinchi yarim final bahslari bo’lib o’tdi. Jamoalar har doimgiday “Salomlashuv”, “O’ylab ko’ringchi?” savol-javob va “Talabalar kuylaganda” musiqiy shartlari bo’yicha bellashdilar. Jamoalarning bellashuvi do’stona va ko’tarinki ruhda davom etdi. Ular talabalar o’rtasida mavjud “ommaviy madaniyat” illatlarini, ayrim salbiy holatlar haqida tanqidiy chiqishlari ba ...


    12.05.2015KO’RIK-TANLOV BO’LIB O’TDI

    12-may kuni Filologiya fakultetining “Omadli jentelmenlar” va Fizika–matematika fakultetining “Boyvachcha” jamoalari o’rtasida Quvnoqlar va zukkolar ko’rik tanlovining birinchi yarim final bahslari bo’lib o’tdi. Jamoalar Salomlashuv, O’ylab ko’ringchi, Talabalar kuylaganda musiqiy shartlari bo’yicha bellashdilar. Jamoalarning bellashuvi do’stona va ko’tarinki ruhda davom etdi. Tanlovda Fizika-matematika fakultetining “Boyvachcha” jamoasi 120 ball to’plab g’olib bo’ldi va finalga yo’llanma oldi.

     


    11.05.2015ANJUMAN BO’LIB O’TDI

    Universitetda 11-may kuni “Falsafaning dolzarb muammolari” mavzusida akademik Said Shermuhammedov tavalludining 85 yilligiga bag’ishlangan Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanni rektor v.b. N.Barakayev kirish so’zi bilan ochdi va olib bordi. Anjumanda “Akademik Said Shermuhamedovning  hayot-faoliyati va uning o’zbek falsafasi rivojidagi o’rni” mavzusida TDIU  professori I.Soifnazarov, “Ta’lim falsafasi – davr talabi” mavzusida TTESI professori A.Parpiyev, “Akademik Said Shermuhamedov ta’limotida ijtimoiy-falsafiy muammolar” mavzusida TMI  professori Z.Davronov, “Tarix falsafasi va germenevtika” mavzusida O’zDJTU  professori N.Jo’rayev, “Globallashuv sharoitida “ommaviy madaniyat” mavzusida professor A.Qodirov, “Taniqli faylasuf, ta’lim va fan tashkilotchisi” TDTU profes ...


    08.05.2015Xotira turniri o’tkazildi

    2015 yil 8 may kuni Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti “Iqtisodiyot” yo’nalishi talabalari o’rtasida “Iqtisodiyot” yo’nalishining sobiq talabasi, marhum Musurmonov Alisher xotirasiga bag’ishlangan minifutbol musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqada “Iqtisodiyot” yo’nalishi akademik guruhlari talabalaridan tuzilgan 8 ta komanda ishtirok etdi.

    Musobaqaning ochilish marosimida Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari Qudratov Zafar G’aybullaevich so’zga chiqib, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan butun mamlakatimiz bo’ylab turli-tuman ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilayotganligi, fakultet guruhlari o’rtasida o’tkazilayotgan minifutbol bo’yicha xotira turniri ana shu tadbirlarning uzviy davomi ekanligini aytdi. U o’z so’zida shuningdek, ...


    07.05.2015O’chmagay nomingiz hech, shoningiz dilda yashar (9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlanadi)

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi Farmoyishida “Xotira va qadrlash kuni”ni, shuningdek Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 70 yilligini bayram qilish, urush va mehnat fronti qatnashchilariga g’amxo’rlik va e’zozni yanada oshirish, ularning urush va urushdan keyingi yillarida ko’rsatgan matonati, bardoshi va jasoratlarini keng targ’ib qilishga qaratilgan “Jasorat, burch, matonat!” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o’tkazish bo’yicha Guliston davlat universitetida qator dasturlar ishlab chiqilgan. Shulardan, ko’p yillar universitetimizda yoshlar tarbiyasiga katta hissa qo’shib, bugungi kundan vafot etganlarni xotirlash hamda 35-40 yillardan ortiq ishlab kelgan mehnat faxriylariga e’zoz va ehtirom ko&r ...


    29.04.2015Sog’lom e’tiqod – sog’lom muhit

    Jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, bag’rikenglik va o’zaro hurmat muhitini yanada mustahkamlash bizning ustuvor vazifamiz bo’lib qoladi.

     

    Islom Karimovning

    saylovoldi dasturidan.

     

    O’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Buning uchun barcha ta’lim muassasalarida talaba va o’quvchi – yoshlarning o’qib-izlanishlari, sport bilan muntazam shug’ullanishlari, o’zlarini qiziqtirgan sohaga oid to’garaklarda o’z bilim va malakalarini yanada oshirishlariga, o’zlarining kuch-qudrati, solohiyatlarini namoyon etishlari uchun ulkan qulayliklar yaratilgan. Bundan unumli foydalanayotgan yoshlarimiz turli jabhalarda dunyo miqiyosida ulkan muvofaqiyatlarga erishmoqdalar. Mamlakatimizda Davlat rahbariyati tomon ...


    29.04.2015KINOIJODKORLAR BILAN UCHRASHUV

         29 - aprel kuni universitet faollar zalida kinorejissor Rustam Sa’diyev tomonidan suratga olingan “Sotqin” filmi talabalar uchun namoyish qilindi. Yoshlarni hushyorlikka, ogohlikka da’vat etuvchi mazkur film tomoshasidan so’ng Talabalar turar joyi hududidagi amfiteatrda kinoning ijodkorlari  bilan uchrashuv o’tkazildi.

        Tadbirni Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Obid Oqyigitov ochib, “Sotqin” filmi ijodkorlari zahmati tahsinga sazovor ekanligini, ular tomonidan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan ajoyib film yaratilganini alohida ta`kidladi.

       O’zaro muloqot tarzida davom etgan uchrashuvda so’zga chiqqan  rejissor Rustam Sa’diyev, o’z rollarini mahorat bilan ijro etgan kinoaktyorlardan Farrux Soipov, Samiddin Lutfullayev, Rustam Ernazarov va Yulduz Rajabovalar filmning yaratilish jarayoni bilan bog’liq ...


    23.04.2015IJODKORLAR BILAN UCHRASHUV

    23-aprel kuni universitetda bolalar shoiri Tursunboy Adashboyev, filolog olim Rahmatulla Barakayev, Shukrullo Abdullayev, shoir Dilshod Rajab bilan talabalarning uchrashuvi bo’lib o’tdi.

             Shoir Tursunboy Adashboyev ijodiga bag`ishlangan bu ijodiy kechada, o`zbek bolalar she`riyati tadqiqotchilari R.Barakayev va B.Ashurovlarning hamkorlikdagi “Tursunboy Adashboyev fenomeniga bir nazar” nomli monografiyasi taqdimoti ham bo`lib o`tdi. Bu monografiya shoir ijodini o`rganish borasida amalga oshirilgan navbatdagi izlanishlar mahsuli bo`lib, adabiyotshunoslar, bolalar adabiyoti mutaxassislari, talaba-yoshlarga mo`ljallangan.

             Ijodiy uchrashuvda R.Barakayev, D.Rajabov, Sh.Abdullayev, Q.Kubayev, U.O`ljaboyev, M.Sariboyevalar Tursunboy Adashboyev she`rlaridagi an`anaviylik va badiiy ...


    22.04.2015XXI asr – intellektual avlod asri

    “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostida Guliston davlat universitetida o’tkaziladigan hududiy (Sirdaryo viloyati bo’yicha)  ilmiy-amaliy konferentsiyaning

     

    AXBOROT XATI

     

    Yosh olimlar va talabalarning “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostidagi hududiy (Sirdaryo viloyati bo’yicha)  ilmiy-amaliy konferentsiya Guliston davlat universitetida 2015 yil 1-2 iyun kunlari o’tkaziladi.

    Konferentsiyaning maqsadi:

    Mamlakatimizda fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samaradorligini oshirish, rivojlantirish hamda mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashga yoshlarni keng jalb etish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga y ...


    21.04.2015HUDUDIY KO’RGAZMA TAQDIMOTI

    21-aprel kuni universitetida Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar taqdimotlari Sirdaryo viloyati hududiy ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Mazkur ko`rgazma O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-martdagi ¹EDO-07G’45-2-son bayonida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash, O’zbekiston Respublikaci Fanlar akademiyasi tassarufidagi ilmiy tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ilmiy va ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida yaratilgan texnologiyalar, ishlanmalar, shuningdek mahsulotlar ko’rgazmasining taqdimotlarini o’tkazish maqsadida tashkil etildi.

    Ko’rgazmaga ilmiy-tadqiqot institutlari, ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, tadbirkorlik sub’ektlari, fermer xo’jaliklari, agrofirmalar vakillari ishtirok etdi. Ko’rgazmani universitet rektori v.b. Nusratillo Barakayev kirish so’zi bilan ochdi. Ochilish ...


    17.04.2015ILMIY-AMALIY ANJUMAN SAMARALI BO’LDI

    17- aprel kuni “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasini innovatsion rivojlantirish” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanni universitet rektori vazifasini bajaruvchi N.Barakayev kirish so’zi bilan ochdi.

    Viloyat hokimi O.Ashurmatovning anjuman ishtirokchilariga tabrik so’zini hokimning ma’naviy ishlari bo’yicha yordamchisi F.Boqiev o’qib eshittirdi.

    Anjumanda “Jahondagi innovatsiya siyosatini amalga oshirish tajribasidan O’zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlanish yo’liga o’tkazishda foydalanish imkoniyatlari” mavzusida O’zMU “Mikroiqtisodiyot” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor A. Vahobov, “Sovmestnaya innovatsionnaya deyatelnost institutov s predpriyatiyami respubliki Uzbekistan” mavzusida TTESI kafedra mudiri k.f.d., professor G’.Hamroqulov, “Q ...


    16.04.2015O’QUVCHILAR KONSERT NAMOYISH ETISHDI

     16-aprel kuni “Musiqa va mehnat ta’limi” kafedrasi bilan Guliston san’at kolleji o’rtasida tuzilgan o’zaro hamkorlik to’g’risidagi shartnomaga muvofiq san’at kollejining Nail Bahodirov rahbarligidagi o’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri talabalarga o’zining konsert dasturini namoyish qildi.

    Dasturdan o’zbek kompozitorlari va jahon klassiklarining asarlari joy olgan bo’lib, orkestr tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Shundan so’ng kafedra va san’at kolleji o’rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan kelgusida bajariladigan ishlar rejasi belgilab olindi.  


    10.04.2015 KO’RIK-TANLOV BO’LIB O’TDI

    10-aprel kuni Pedagogika fakulteti “Musiqa va mehnat ta’limi” kafedrasi tashabbusi bilan iqtidorli talabalar o’rtasida “San’atim-faxrim” deb nomlangan ko’rik tanlov bo’lib o’tdi. Mazkur ko’rik – tanlovda musiqa ta’limi yo’nalishi talabalari cholg’u, an’anaviy va vokal ijrochiligi bo’yicha, mehnat ta’limi yo’nalishi talabalari xalq hunarmandligi, tabiiy materiallar bilan ishlash, tikuvchilik bo’yicha, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi talabalari rangtasvir, qalamtasvir, amaliy san’at bo’yicha o’z iqtidorlarini namoyish etdilar.

       Tanlov natijalariga ko’ra quyidagi talabalar g’oliblikni qo’lga kiritdilar:     

    An’anaviy xalq qo’shiqchiligi bo`yicha:

    1-o’rin     G’aniyev Jasur 25-14 g ...


    10.04.2015SHAXMAT MUSOBAQASI BO’LIB O’TDI

          Xalqimizda inson – aziz, xotira – muqaddas degan hikmat bor. Shu ma’noda universitetda ishlab, bugun oramizdan ketganlarni xotirlash yaxshi an’anaga aylangan. 6-10-aprel kunlari “Milliy g’oya va falsafa” kafedrasida ishlagan dosent O’rinboy Begimqulovning xotirasiga bag’ishlab Ijtimoiy – iqtisodiy fakultet professor – o’qituvchilari va talabalari o’rtasida shaxmat musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqa ochilishida universitet rektori v.b. N.Barakayev qatnashib, olim ijodi va faoliyati haqida gapirdi va tadbir ishtirokchilariga muvoffaqiyatlar tiladi. “Milliy g’oya va falsafa” kafedrasi mudiri R.Mahmudov, dosent X.Abduaxatov, shogirdlari dosent S.Ismoilov, katta o’qituvchilar Sh.Kenjayev, B.G’ofurov, Y.Karimov, U.Mavlyanov, F.Boqiyev va boshqalar O`Begimqulov haqidagi xotiralarini so’zlab berishdi. Shundan so’ng shaxmat musobaqalari bo&rs ...


    09.04.2015SOHIBQIRON TAVALLUDIGA BAG’ISHLANDI

           9-aprel kuni faollar zalida Amir Temur tavalludining 679 yilligiga bag’ishlangan “Amir Temur faxrimiz, g’ururimiz” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi. Anjumanni ilmiy ishlar prorektori A.Sulaymonov boshqarib bordi. Anjumanda dots. R.Mahmudov  “Amir Temur ma’naviyati”, t.f.n. O`.Erbo’tayeva “Amir Temurning jahon tarixida tutgan o’rni”, Sh.Bekturdiyev “Amir Temurning harbiy taktikasi”, dots. S.Ismoilov “Amir Temur pirlari” mavzusida ma’ruzalar o’qidi. Anjuman talabalar va o’qituvchilarda katta taassurot qoldirdi.   


    08.04.2015SPORT MUSOBAQALARI O’TKAZILDI

          7-8 aprel kunlari GulDUda faoliyat ko’rsatayotgan xotin-qizlar o’rtasida “Sog’lom ona–sog’lom avlod”  sport musobaqalari o’tkazildi. Mazkur bellashuvda Filologiya, Fizika-matematika, Pedagogika, Ijtimoiy-iqtisodiy, Tabiatshunoslik fakultetlari jamoalari hamda rektorat jamoalarining ishtirok etishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.

           “Sport barcha uchun!” shiori ostida sportning voleybol, engil atletika, stol tennisi, shaxmat turlari bo’yicha tashkil etilgan musobaqalar qizg’in tus oldi. Yakuniy natijaga ko’ra, faxrli birinchi o’rinni Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet jamoasi, ikkinchi o’rinni rektorat jamoasi, uchinchi o’rinni Filologiya fakulteti jamoasi qo’lga kiritdilar. G’oliblarga universitet Birlashgan kasaba uyushmasi hamda Xotin-qizlar qo&rs ...


    07.04.2015“BITIRUVCHI - 2015” AMALIY ANJUMANI

          7 - aprel kuni faollar zalida bitiruvchilarni ishga taqsimlash “Bitiruvchi 2015” amaliy anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanni rektor v.b. N.Barakayev kirish so’zi bilan  ochib olib bordi. Anjumanda o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim boshqarmasi bo’lim boshlig’i B.Xoliqulov “AL va KXK ta’lim tizimida yosh mutaxassis kadrlarga talab va ehtiyoj”, “Boshlang’ich ta’lim uslubiyati” kafedrasi mudiri, dosent R.Ergashev “Bitiuvchilarni ishga taqsimlash jarayonini samarali tashkil etish omillari”, viloyat xalq ta’lim boshqarmasi boshlig’i U.Mamarasulov “Maktablarda ta’lim jarayoni sifatini oshirishda yosh mutaxassis kadrlarning o’rni” mavzusida ma’ruza o’qishdi.

    Marketing xizmati bo’limi boshlig’i A.Qosimov bitiruvchilarni ishga taqsimlash tartib ...


    06.04.2015 SOHIBQIRON TAVALLUD KUNIGA BAG’IShLANDI

                  6-aprel kuni ulug` bokalonimiz Amir Temur tavalludining 679 yilligi munosabati bilan  universitetda “Buyuk zotning munosib vorisi” deb nomlangan ko’rik-tanlov bo’lib o`tdi.

    Bellashuv bir bosqichda test viktorinasi shaklida o’tkazilib, savollar Sohibqironning hayot yo’li, faoliyati, u zotning dunyo tarixchilari tomonidan o’rganilgan tarixiy haqiqatlari hamda bugungi kundagi mamlakatimizda va dunyoda Temur shaxsiga bo’lgan munosabat to’g’risidagi ma’lumotlardan tuzilgan edi. Tanlovni tashkil etishda  Amir Temur va temuriylar davri tarixini o’rganish, joiz bo’lsa, ularning hayotiy pozisiyalarini kundalik hayotga tatbiq etish, “Kuch adolatdadir” tuzuklarini yoxud Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “Kuch-bilim va tafakkurda”  degan haqiqatni hayotiy sh ...


    02.04.2015 UCHRASHUV O’TKAZILDI

                 2-aprel kuni GulDU qoshidagi Yangiyer akademik litseyining 3-bosqich o’quvchisi, 8-mart- Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan yosh ijodkor Madina Yusupova bilan uchrashuv o’tkazildi. Tadbirda nufuzli mukofot sohibasini ilmiy ishlar prorektori Amaliddin Sulaymonov, kasb-hunar kollejlari va litseylar bilan ishlash bo’yicha prorektor Faxriddin Niyozov, “Adabiyotshunoslik” kafedrasi mudiri, dotsent Qobil Ko’bayev, kafedra dotsenti Muzaffar Mamatqulov va “Tilshunoslik” kafedrasi mudiri, dotsent Fazliddin Sharipovlar tabriklab, bundan keyingi o’qishlarida yutuqlar tiladilar.

             M. Yusupova Filologiya fakulteti 3-kurs talabalariga o’zining ijodiy faoliyati va izlanishlari haqida sozlab, yangi she’rlaridan o’qib  berdi. So`ngra talabalarning savollarig ...


    24.03.2015 SHAYTANATNING ASL BASHARASI

              Guliston davlat universitetida O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi o’rinbosari, islomshunos olim Aydarbek Tulepovning “ISHID fitnasi” nomli yangi kitobining taqtimotiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Uni universitet rektori vazifasini bajaruvchi N.Barakayev kirish so`zi bilan ochdi.

    Tadbirda Toshkent shahridagi “To’xtaboy” jome masjidining imom xatibi Isoqjon Begmatov, Toshkent islom universitetining o’quv ishlari bo’yicha prorektori Qobiljon Zohidov, shu universitet o’qituvchisi Abdurashid Abdullayevlarning ma`ruzalari tinglandi.

    Taqdimot so’nggida so’z olgan viloyat bosh imom xatibi Mo’minjon hoji Usmonov talaba-yoshlarni hushyor bo’lishga, oq bilan qorani ajratishga chaqirdi.

    11-mart kuni Talabalar turar joyida Filologiya fakulteti qozoq yo’nalishi 3-kurs talabalarining Navro’z umumxalq bayramiga bag’ishlangan “Ulusning ulug’ kuni muborak bo’lsin” mavzusida ma’rifiy tadbiri bo’lib o’tdi.

    Tadbirda mamlakatimizda millatlararo totuvlik g’oyasi asosida barcha millatlarning tengligi tamoyiliga amal qilinayotganligi, har bir xalqning milliy madaniyati rivojiga keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berilayotganligi e’tirof etildi.

    Talabalar qozoq xalqining milliy qo’shiq, kuy va raqslaridan namunalar ijro etishdi va sahna ko’rinishlari namoyish qilishdi.  

    Tadbir yig’ilganlarda yaxshi taassurot qoldirdi. 


    09.03.2015XALQARO ALOQALARGA BAG’ISHLANDI

    9-mart kuni universitetga AQSH elchixonasining delegatsiyasi tashrif buyurdi. L.Trevis boshchiligidagi delegatsiya a’zolari rektor v.b. N.Barakayev bilan ingliz tilini o’qitish va ta’lim masalalaridagi hamkorlik to’g’risida suhbatlashdi. Shundan so’ng universitetning kichik zalida o’qituvchilar va talabalarga Education in USA dasturi haqida ma’lumot berildi. Ushbu masalada elchixona huzuridagi  Education in USA markazi raisi S.Chorieva taqdimot asosida chiqish qildi.

             Shuningdek, jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha mutaxassis S.Jo’raboev turli ta’lim grantlari bilan tanishtirdi.  Qatnashchilar ko’plab yangiliklar oldilar.


    09.03.2015OLIM YUBILEYIGA BAG’ISHLANDI

    9-mart kuni Ijtimoiy – iqtisodiy fakultetining faollar zalida falsafa fanlari nomzodi, dotsent Sobirjon Ismoilov tavalludining 50 yilligiga bag’ishlangan “Olim ma’naviyati” mavzusida ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

             Tadbirni “Milliy g’oya va falsafa” kafedrasi mudiri, dots. R.Mahmudov kirish so’zi bilan ochdi va boshqarib bordi. Tadbirda “Sobirjon Ismoilovning hayoti va ijodiy faoliyati” mavzusida “Milliy g’oya va falsafa” kafedrasi katta o’qituvchisi Yo’ldosh Karimov,   fakultet dekani prof. Ahmadjon Mamatov “Sobirjon Ismoilov – faylasuf olim” mavzusida ma’ruza qilishdi.

             Shuningdek, Sobirjon Ismoilovni qutlug’ 50 yoshi bilan tabriklab “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi mudiri Obidjon Sattorqulov, “Tarix&rdquo ...


    06.03.2015BAYRAM TADBIRI BO’LIB O’TDI

    6-mart kuni universitetning katta faollar zalida 8-mart - xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Sizga ta’zim aziz ayollar!” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Universitet rektori v.b N.Barakayev tadbirni ochib, ayollarning jamiyatimizda tutgan o’rni, ularning baxtu saodati elning baxti ekanligi haqida fikr bildirib, xotin- qizlarni bayram bilan tabrikladi. Universitetda faoliyat ko’rsatayotgan eng faol bir guruh xotin-qizlarga “Faxriy yorliq”lar topshirildi. Tadbir davomida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining “Eng, eng, eng” va “Bojalar” jamoalari kuy va qo’shiqlar ijro etishdi. Shuningdek, Abdulla Qahhor nomidagi Respublika Satira teatri san’atkorlari O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Tolib Hojiev rahbarligida “Ma’naviyat qalbim quyoshi, ustozlarga ta’zim” mavzusidagi madaniy dasturni namoyish etishdi. Tadbirda so’z us ...


    05.03.2015Konsert namoyish etildi

    5-mart kuni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan universitet faollar zalida “Ma’naviyat – qalbim quyoshi, ustozga ta’zim” deb nomlangan madaniy tadbir o`tkazildi. Tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi respublika satira teatri aktyorlari va xonandalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish qilindi. Respublikada xizmat ko’rsatgan artist Tolib Hojiyev, iste’dodli xonanda va aktrisa Dildora Muhammedova, aktyor, so’z ustasi Sherzod Boymurodov, xonanda Qahramon Meliyev o’zlarining chiqishlari bilan professor-o’qituvchilar va talabalarning ko’ngillarini xushnud qilib, bayramona kayfiyat ulashishdi .

     


    04.03.2015Olimning ijodiga bag’ishlandi

    2015-yil – Keksalarni  e’zozlash yili munosabti bilan Filologiya fakulteti “Adabiyotshunoslik” kafedrasi professori Hayitboy Mirhaydarovning 70 yilligiga bag’ishlab “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o’qituvchilari hamda talabalari ishtirokida ma’naviyat sabog’i mashg’uloti o’tkazildi. Tadbirni fakultet dekani J.Komilov ochib, olimning ijodi va pedagogik faoliyati haqida fikr bildirdi. Shundan so’ng kafedra katta o’qituvchisi O.Suvonov “Tafakkur gavhari sohibi” mavzusida chiqish qildi. Professor H.Mirhaydarov so’z olib, o’zining ilmiy pedagogik faoliyati haqida yig’ilganlarga gapirib berdi. Fakultet talabasi Yanglish Qarshiyeva  “Hayratga va ibratga munosib hayot yo’li” mavzusida ma’ruza o’qidi. Tadbir so’ngida o’qituvchilar va talabalarning savollariga olim javob berib, ular bilan qiziqarli muloqot o’tkazdi.&n ...


    02.03.2015Ko’rik-tanlov bo’lib o’tdi

    2-mart kuni 1-Talabalar turar joyida O’zbekiston xalq shoiri Zulfiyaning 100 yilligi hamda 8-Mart – Xalqaro  xotin – qizlar bayrami  munosabati bilan “Orasta qizlar” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda ishtirok etgan qizlar beshta shart bo’yicha bellashdilar.   Ularining mahoratlari hakamlar tomonidan baholab borildi. Tanlov yakuniga ko’ra g’oliblar nominatsiyalar bo’yicha qimmatbaho sovg’alar va Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Filologiya fakulteti talabasi Kamola To’raeva  1-o’rinni, Tabiatshunoslik fakulteti talabasi Dilnoza  Usanova 2-o’rinni,   Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet talabasi Nilufar Mirzahabibova 3-o’rinni egallashdi. Rag’batlantiruvchi mukofotlar  Pedagogika fakulteti talabasi Zilola Jumaboyeva va  Tabiatshunoslik fakulteti talabalari Anora Yo’ldosheva, Dilshoda Sayfullayevaga nasib etdi.


    28.02.2015Ogohlikka da`vat

     

       28-fevral kuni universitetning faollar zalida “Diniy ekstremizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida ma’naviy – ma’rifiy tadbir o`tkazildi.

       Tadbirda viloyat imom-xatibi M.Usmonov, viloyat hokimi o’rinbosari Ravshan Mamadaliyev, viloyat IIB xodimi X.Javlonov, viloyat hokimligi vakili G’.Abdusalomov va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi raisi Laziz Ahmedov so’zga chiqib, diniy ekstremizmning namoyon bo’lishi va uning salbiy oqibatlari haqida fikr bildirdilar.


    28.02.2015Ota –onalar yig`ilishi o`tkazildi

     

    28 - fevral kuni Ijtimoiy – iqtisodiy fakultet  Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi talabalarning ota-onalar yig’ilishi bo’lib o’tdi.   Yig’ilishni universitet rektori v.b. N. Barakayev kirish so’zi bilan ochib, universitetda talabalarning bilim olishi va tarbiyalanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligi, bilim dargohining viloyatimizda tutgan o’rni haqida so’zladi.

             Tadbirda viloyat imom-xatibi Mo’minjon hoji Usmonov ham ishtirok etib, ota-onaning vazifasi, farzandning ota-ona va Vatan oldidagi burchi haqida Qurg’onu Karim oyatlari va hadislarga asoslangan holda fikr bildirdi. Shuningdek, Sirdaryo viloyati IIB tezkor bo’limi xodimi Azamat Tojiboyev huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, qarshi kurashish bo’yicha ma’lumot berdi.

      O’quv b ...


    27.02.2015Shoira ijodiga bag’ishlandi

    27 - fevral kuni universitetning faollar zalida O’zbekiston xalq shoiri, xalqimizning sevimli va ardoqli ijodkor Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag’ishlangan “Vafo va sadoqat kuychisi” mavzusida adabiy – badiiy kecha bo’lib o’tdi.

         Tadbirni universitet rektori v.b. N.Barakayev kirish so’zi bilan ochib, Zulfiyaning xalqimiz madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi, ibratli hayot yo’li va uning ijodiga bugungi kunda qiziqish ortib, qizlarimiz orasida minglab izdoshlarning tarbiyalanib borayotganligini ta’kidladi. Filologiya f.n. O.Fayzullayeva Zulfiya lirikasi, uning motivlari, mavzulari hamda ijodining o’ziga xos xususiyatlari haqida ma’ruza o’qidi.

        Dotsent U.O’ljaboyev Zulfiyaning Sirdaryo bilan bog’liq ijodiy aloqalari, Zulfiya tashriflaridagi xotiralar, uning  yaratgan ibrat maktabi haqida fikr bildirdi.

     &nbs ...


    14.02.2015 Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davat stipendiyasi sohibasi

     

    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 2- oktabrdagi “2014-2015-o’quv yili uchun Respublika oliy  ta’lim muassasalari talabalariga O’zbekiston Respublikasi nomli Davlat stipendiyalarini ( Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Ibn Sino, Imom al – Buxoriy) tayinlash to’g’risida”gi buyrug’iga asosan Guliston davlat universiteti Ijtimoiy – iqtisodiy fakultetining  Iqtisodiyot ta’limi yo’nalishi 3-kurs talabasi Musurmonqulov Muhammad O’rolovichga Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyasi va Tabiatshunoslik fakultetini Biologiya yo’nalishining 4-kurs talabasi Annaqulova Zuxra Mizirobovnaga Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davat stipendiyasi tayinlanganligi munosabati bilan joriy yilning 20-yanvarida ularga davlat stipendiyasi sohibi guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.   & ...


    13.02.2015OLIM XOTIRASIGA BAG`ISHLANDI

    13-fevral kuni Ijtimoiy – iqtisodiy fakultetning faollar zalida 2015-yil – Keksalarni e’zozolash yiliga bag’ishlab sharqshunos va faylasuf olim Abdurahim Abdurasulov tavalludining 72 yilligi munosabati bilan professor-o’qituvchilar o’rtasida shaxmat bo’yicha an’anaviy IV xotira turniri bo’lib o’tdi. Tadbirni  “Milliy g’oya va falsafa” kafedrasi mudiri    R.Mahmudov kirish so’zi bilan ochdi.

    Universitet rektori v.b. N.Barakayev mazkur tadbirning ma’naviy – ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr bildirib, turnir ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi. Abdurahim Abdurasulov hayoti va faoliyati haqida dotsent S.Ismoilov qisqacha ma’ruza qildi. Shundan so’ng professor-o’qituvchilar o’rtasida shaxmat musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqa avvalida shaxmat bo’yicha 15 karra O’zbekiston chempioni, Zulfiya nomidag ...


    12.02.2015ULUG’ AJDODLAR XOTIRLANDI

     12- fevral  kuni  GulDUning  2- Talabalar turar joyida Pedagogika fakulteti “Musiqa va mehnat ta’limi” kafedrasi professor-o’qituvchilari  va  talabalari ishtirokida  Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunlariga bag’ishlab “Ajdodlar xotirasi–abadiy”  mavzusida  tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni fakultet  dekani Jamoliddin Komilov kirish so’zi bilan  ochib, buyuk ajdodlarimizning adabiy-ma’naviy merosi xususida to’xtaldi. “Musiqa va mehnat ta`limi” kafedrasi mudiri Nurullo Rahimov so’zga chiqib, millatimiz faxri bo’lgan ajdodlarimiz  asarlarining ahamiyati haqida fikrlarini bildirdi. So’ngra talabalar   A. Navoiy va Z.M. Bobur g’azallaridan namunalar o’qidilar. Adbiy-badiiy kecha davomida shoirlar g’azallari asosida qo’shiqlar ijro etildi. 


    10.02.2015Necha qilsang tarbiyat...

    10 fevral kuni universitet 1-o’quv zalida Fizika-matematika fakulteti talaba-yoshlari o’rtasida viloyat IIB xodimlari ishtirokida “Jinoyatchilikka oid qonuniy hujjatlarga kiritilgan o’zgartirishlar”, “Yoshlar orasida jinoyatchilikka qarshi kurash”, “Diniy ekstremizm va terorizm” mavzularida davra suhbati o’tkazidilar. Tadbirda viloyat IIB XOOB katta inspektorit mayor Azamat Tojiboev, Ma’anviyat – ma’rifat bo’limi boshlig’i O.Oqyigitov, fizika-matematika fakulteti ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha dekan o’rinbosari Q.Qo’ldoshevlar ishtirok etdilar va ma’ruza qildilar. Tadbir so’ngida diniy ekstremistik oqimlarga kirib qolgan insonlarning ayanchli qismati to’g’risidagi “Necha qilsang tarbiyat” filmi namoyish etildi.


    09.02.2015Adashganlar qismati

    (“Yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurash” oyligiga bag’ishlanadi)

     

    9 fevral kuni soat 14:00 da universitet katta faollar zalida viloyat IIB hodimlari bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurash” oyligi munosabati bilan “Norkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga oid jinoyatlar” mavzusida uchrashuv o’tkazildi. Tadbirda viloyat IIB JQB bo’limi boshlig’i Elyor Abdullaev, XOOB bo’limi boshlig’i Azamat Tojibaev, leytenant Mavjuda Normurodova, mayor Saida Abduhamidova, universitet  rektori vG’b N.Barakaev, prorektorlar, 700 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda IIB xodimlari giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga oid jinoyatlar, ularni sodir etganlarga nisbatan belgilangan jinoiy javobgarlik, giyohvandlikka yo’liqqan insonlarning ayachli qismati to’g’risida atroflich ...


    05.02.2015Huquqiy ong – kelajak poydevori

    2015 yil 5 fevral kuni Guliston davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi IIV hodimlari hamkorligida talaba-yoshlarni huquqiy ongini o’stirishga qaratilgan uchrashuv o’tkazildi. Tadbirda IIV Akademiyasi mas’ul xodimi podpolkovnik X.M.Akrambaev, Sirdaryo viloyati IIB IHHQ va YuTB qonunchilik targ’iboti guruhi bosh yuristkonsulti, mayor, FIB Sirdaryo viloyati tumanlararo sudlari sudyaligiga nomzod L.B.Sherbekova, IIB ShTB xodimi mayor A.Adilov, universitet rektori vG’b N.Barakaev, prorektorlar, talaba yoshlar ishtirok etdilar.

    Uchrashuvning kun tartibidaO’zbekiston Respublikasida sud-huquq tizimi islohatlari, O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’RQ – 378-sonli qonunining mazmun-mohiyati, IIV tizimiga nomzodlarni tanlash va tanlov jarayoni to’g’risidagi masalalar ko’rib chiqildi.

    Guliston ...


    05.02.2015Barcha davr uchun zamondosh

    Ey Navoiy, umr yeldek, o`zingni shod tut,
    Yelga yetmak mumkin ermasdur chu sur`at ko`rguzub.
    ("Navodir un-nihoya")

    Alisher Navoiy-buyuk siymo. mana besh asrdan oshibdiki, asarlaridagi chuqur falsafiy mushohada, ma`no-mohiyatining keng ko`lamligini va nazmiy merosidagi fasohad dengizining bepayonligi bilan adabiyot muhlislarini hayratga solib keladi.
    5-fevral kuni universitetning 1-o`quv zalida Filologiya fakulteti talaba-yoshlari o`rtasida g`azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligi munosabati bilan badiiy-adabiy kecha o`tkazildi. Tadbirda sahna ko`rinishlari, iqtidorli talabalar tomonidan Navoiy ijodi namunalaridan g`azallar va kuy-qo`shiqlar ijro etildi.


    05.04.2015

    04.04.2015


    14.01.2015Vatan ulug’ – burchim muqaddas

    Guliston  davlat universiteti xotin-qizlar  qo’mitasi tomonidan  13 yanvar  17:00 da 2-TTJda  14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munasabati bilan “Vatan ulug’-burchim muqaddas” mavzusida o’tkazildi.

    Tadbirni Guliston davlat universiteti Xotin – qizrlar qo’mitasi raisi  R. Sattarovaning kirish so’zi bilan ochdi. So’ngra Pedagogika fakulteti dekani dotsent J. Komilovning tadbir ishtirokchilarini Vatan himoyachilari kuni bayrami munasabati bilan tabrikladi.

    “Vatan muqaddas dargoh” mavzusida Pedagogika fakulteti xotin-qizlar qo’mitasi raisi Ya. Nurumbekova so’zga chiqib,  Vatan-tabarruk maskan, ajdodlardan avlodlarga buyuk merosi va aziz xotirasi ekanligini takidladi. Darhaqiqat, Vatan tuprog’idagi oddiy xas ham, oddiy chag’ir tosh ham bizga muqaddas bo’lib tuyuladi. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog’ini ko’zl ...


    13.04.2015Xotira va qadr

    13 yanvar kuni soat 8:30 da Motamsaro ona haykali poyiga gul qo’yish marosimi hamda harbiy parad o’tkazildi. Shu munosabat bilan tadbirda universitet rektori vG’b N.Barakaev, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

    Dunyoda insoniyat uchun berilgan eng ulug’ ne’matlardan biri bu ona-Vatan hurligidir. Insonning Er kurrasida tug’ilib o’sgan zamini – Vatan hisoblanadi. Bizning ona zaminimiz O’zbekistonni bir oila deb faraz qiladigan bo’lsak, bu oilani asrab-avaylash har birimizning burchimizdir. Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq O’zbekistonimizning o’z milliy armiyasini yaratish va takomillashtirishga jiddiy kirishildi. O’tgan qisqa vaqt mobaynida yurtimizda davr talabi va jahon andozalariga javob beradigan Qurolli Kuchlarni barpo etish, milliy armiyamizni shakllantirish yo’lida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.

    Yurtimiz ask ...


    12.01.2015UCh AVLOD UChRAShUVI

    2014 yil 12 yanvar kuni Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti faollar zalida 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlangan “Uch avlod uchrashuvi” deb nomlangan tadbir o’tkazildi.

    Tadbirga keksa avlod vakili sifatida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 90 yoshni qarshilayotgan nuroniy Usmonali Sultonov, o’rta avlod vakili sifatida baynalminalchi jangchi, Milliy xavfsizlik xizmati nafaqadagi podpolkovnigi, universitet Ma’naviyat bo’limi boshlig’i Obid Oqyigitov, kenja avlod vakili sifatida muddatli harbiy xizmatni o’tab, tavsiyanoma asosida Guliston davlat universiteti “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” ta’lim yo’nalishiga imtiyoz bilan to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilingan Abbos Zoyitovlar taklif etildi.

    Tadbir faollar zaliga ramziy harbiy bayroqni olib kirish va davlatimiz madhiyasini eshitish b ...


    09.01.2015OLIM XOTIRASIGA BAG’IShLANDI

    Guliston davlat universitetimizda faoliyat ko’rsatib, endilikda dunyodan ko’z yumgan olimlarni esga olib, ular xotirasini yod etib, tadbirlar o’tkazish an’anaga aylangan.

                      9 yanvar kuni  Ozod  Sharafiddinov nomidagi o’quv zalida Filologiya fakulteti “O’zbek adabiyoti” kafedrasida uzoq yillar mobaynida ishlab, bo’lg’usi pedagoglarga saboq bergan zabardast adabiyotshunos, professor Akram Kattabekov tavalludining 70 yilligiga bag’ishlab xotira kechasi o’tkazildi. Tadbirni rektor vazifasini bajaruvchi dotsent Nusratullo Barakayev ochib,  olimning hayotlik paytida olib borgan ezgu ishlari xususida to’xtaldi. A. Kattabekov bilan qator yillar safdosh bo’lgan “O’zbek adabiyoti” kafedrasi dotsenti Umurzoq O’ljaboyev so’zga chiqib, do’stining shaxsiyat ...


    09.12.2014«Keksalarni e’zozlash yili» deb e`lon qilindi

    O‘zbekistonda 1997 yildan beri har bir yilga, jamiyat hayotining alohida sohalarida chuqurlashtirilgan o‘zgarishlar, islohotlarni amalga oshirish maqsadida, nom berilib kelinadi.

    1997 yil «Inson manfaatlari yili»

    1998 yil «Oila yili»

    1999 yil «Ayollar yili»

    2000 yil  «Sog‘lom avlod yili»

    2001 yil «Onalar va bolalar yili»

     2002 yil «Qariyalarni qadrlash yili»

    2003 yil «Obod mahalla yili»

    2004 yil «Mehr-muruvvat yili»

    2005 yil «Sihat-salomatlik yili»

    2006 yil «Homiylar va shifokorlar yili»

    2007 yil «Ijtimoiy himoya yili»

    2008 yil «Yoshlar yili»

    2009 yil «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili»

    2010 yil «Barkamol avlod yili»

    2011 yil «Kichik biznes va xususiy tadbirkor ...


    05.12.2014Konstitutsiya – taraqqiyotimiz poydevori

    Guliston davlat universitetida 2014 yil 5 dekabr kuni faollar zalida “Konstitutsiya – taraqqiyotimiz poydevori” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi. Tadbirda Tadbirda universitet rektori vG’b, dotsent N.Barakaev, “Milliy g’oya va falsafa” kafedra mudiri, dotsent R.Mahmudov, Ma’naviyat-ma’rifat bo’limi boshlig’i O.Oqyitov, Jinoyat ishlari bo’yicha viloyat sudi sudyasi Xusniddin Do’stnazarov, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi yuridik bo’limi mudiri Shirinxon Umaralieva, viloyat IIB bo’linma boshlig’i Botir Egamberdievlar ishtirok etdilar va so’zga chiqdilar.

    Yig’ilishni universitet rektori vG’b N.Barakaev kirish so’zi bilan ochdi va boshqarib bordi. N.Barakaev 2014 yil 8 dekabr kuni respublikamizda Konstitutsiyamizni qabul qilinganligini 22 yilligi tantanali nishonlanishi, Konstituttsiyani yaratilish tarixi, uning asosiy ...


    04.12.2014Baxtimiz qomusini sharaflab…

    4 dekabr kuni Pedagogika  fakulteti professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bag’ishlab “Baxtimiz qomusi” mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda “Pedagogika va psixologiya” va “Musiqa va mehnat ta’limi” kafedralari professor-o’qituvchilari, Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i O.Oqyigitov, “Milliy g’oya va falsafa” kafedrasi katta o’qituvchisi Z.Qayumov, fakultet dekani J.Komilov, dekan o’rinbosarlari, kafedra mudirlari, guruh raxbarlari, talabalar ishtirok etdilar.Tadbirni “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi Omon Suvonov kirish so’zi bilan ochdi va boshqarib bordi.

     -“Vatanni sevmoq iymondandir” deyiladi hadisda. Har bir iymon-e’tiqodli kishi tug&rsq ...


    28.11.2014Sog’lom turmush tarzini shakllantirish

    Guliston davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2124-sonli hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 fevraldagi “Sog’lom bola yili” Davlat dasturi to’g’risida”gi PQ-2133-son Qarorlari ijrosini amalga oshirish bo’yicha 2014 yil 28 noyabr kuni Pedagogika fakulteti 4-bosqich talaba-yoshlar o’rtasida “Ebola virusi” ning  tarqalishini oldini olish bo’yicha Pedagogika fakulteti ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha dekan o’rinbosari A.Bobojonov, Ma’naviyat-ma’rifat bo’limi uslubchisi G.Xashimovalar boshchiligida seminar-trening o’tkazildi. Tadbirda viloyat “DSENM” Epidemiologiya kuzatuv bo’limi mudir ...


    25.11.2014 Eng faol ma’naviya targ’ibotchisi

    Davlatimiz tomonidan intuluvchan, ilmga chanqoq, iqtidorli shuningdek, har tomonlama iste’dodli yoshlarimiz qo’llab-quvvatlanib, ularning izlanishlari, ilmning yuksak cho’qqilarini egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilayotgani barchamizga ma’lum.

    Xususan, “Kamolot” YoIH  Markaziy kengashining 2014 yilga mo’ljallangan ish rejasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2008 yil 3 iyuldagi 07-26-48-sonli yig’ilish bayoniga asosan “Yilning eng faol ma’naviyat targ’ibotchisi” Respublika ko’rik-tanlovi o’tkazildi.     

    29-oktyabr kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Sirdaryo viloyat kengashida tanlovning viloyat bosqichi o’tkazildi. Tanlov Nizim talablari asosida o’tkazildi. Guliston davlat universiteti O’quv metodik bo’lim metodisti va “Milliy g’oya va falsafa” kaf ...


    17.11.2014Yilning eng faol ma’naviyat targ’ibotchisi

     

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi PQ-451-sonli Qarori hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2008 yil 3 iyuldagi 07-26-48-son yig’ilishi bayoni qarorining 10-bandiga asosan har yili mamlakatimizda vazirlik,  idora va tashkilotlar tizimida “Yilning eng faol ma’naviyat targ’ibotchisi” Respublika ko’rik-tanlovi o’tkazilib kelinmoqda.

    Ko’rik-tanlovni o’tkazishdan maqsad, ma’naviyatning mazmun-mohiyati, milliy ma’naviyatimizning qadimiy ildizlari, noyob va betakror namunalari, bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari haqida aniq maqsadga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, bugungi kunda amalga oshirilayotgan, davlat siyosatining ...


    13.11.2014Vatanim taraqqiyotiga mening hissam

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 4 martdagi 57-sonli “O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida”gi majlisi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2014 yil 13-14 noyabr kunlari Toshkent shahrida “Vatanim taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida o’tkazilgan yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar respublika ko’rgazmasida GulDU Pedagogika fakulteti talabalari Mansurbek Rajabov, Azizjon Ne’matovlar ishtirok etib, tanlov sertifikati hamda estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar. 


    21.10.2014KO’RIK-TANLOV O’TKAZILDI

    21 oktabr kuni GulDUda “Eng faol ma’naviyat targ’ibotchisi” respublika ko’rik-tanlovining hududiy bosqichi o’tkazildi. Tadbirni universitet ma’naviyat-ma’rifat bo’limi boshlig’i Obid Oqyigitov ochib, ko’rik-tanlovning mohiyati xususida to’xtaldi. Shundan so’ng viloyat ma’naviyat-targ’ibot markazi mutaxassisi Toshpo’lat Hayitboyev so’zga chiqib, ishtirokchilarni  bellashuvning shartlari bilan tanishtirdi.           Dastlab Jizzax davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya fakulteti dekanining  ma`naviy-ma`rifiy masalalar bo`yicha o`rinbosari Gulmurod Xudoynazarov o’zining dastur va rejalari hamda ma’naviyat targ’ibotchisi sifatida amalga oshirgan ishlarini tasdiqlovchi videolavhalar va albomlarni hakamlar hay’atiga taqdim etdi. So’ngra o’zining chiqishlarida mahallalarda ma’n ...


    22.09.2014NOMDOR STIPENDIYALAR SOHIBLARI BO’LISHDI

    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 4-sentabrdagi 350-son buyrug’iga muvofiq tuzilgan O’zbekiston Respublikasi nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo’yicha tanlov komissiyasining 2014-yil 22-sentabrdagi bayonnomasiga asosan talabalarga 2014-2015-o’quv yili uchun O’zbekiston Respublikasi nomdor Davlat stipendiyalari tayinlandi.  Vazirlikning 2014-yil 2-oktyabrdagi 394-sonli buyrug’ining 1- va 3-ilovalariga muvofiq 2014-2015-o’quv yili uchun:     

            Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti    Iqtisodiyot ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi Muhammad Musurmonqulovga  2014-yil 1-sentabrdan  Navoiy nomidagi, Tabiatshunoslik fakulteti Biologiya ta`lim  yo’nalishi 4-kurs talabasi Zuhra Annaqulovaga  Ulug’bek nomidagi O’zbekis ...


    09.09.2014Yurtimiz taraqqiyoti-yoshlar qo’lida!

    O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan mamlakatimizdagi barcha 76 ta oliy o’quv yurti birinchi kurs talabalarining Toshkent shahri va viloyatlardagi mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshoatlar, zavod-fabrikalar, qo’shma korxonalar bilan tanishdilar.

    2014-2015 o’quv yilida oliy o’quv yurtlariga 500 mingdan ortiq abiturienlar xujjat topshirdilar. Shundan 57 mingdan ortiq abiturient talabalikka test asosda qabul qilindi.  Guliston davlat univeritetiga 14 mingdan ortiq abiturient xujjat topshirib, shundan 900 nafardan ortig’i talabalikka qabul qilindi. Ayni kunlarda Sirdaryo viloyatida yagona bo’lgan universitetning birinchi kurs talabalari Guliston shahrida mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshoatlar bilan tanishishmoqda. Ular viloyat banklari, viloyat arxiv binosida, yog’ zavodida, qo’shma korxonalarda bo’lib, ularning ish faoliyatlari bilan tanishmoqdalar.

    Ijtimoiy- ...


    02.09.2014Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go’zal O’zbekistonim!

     2 sentabr kuni soat 8:00 da universitet favora oldi maydonida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 23 yillik munosabati bilan “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go’zal O’zbekistonim!” nomli bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirga “oila va jamiyat”  gazetasining viloyat bo’yicha muhbiri, shoira Bahoroy Xolbekova, mehnat faxriysi, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi kata o’qituvchisi Omon Suyunov, viloyat Ma’naviyat targ’ibot markazi mutaxassisi, shoir Nur, zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, shaxmat bo’yicha 15 karra O’zbekiston chempioni, Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi Sarvinoz Qurbonboyeva, “Muhammad Yusuf-Vatan kuychisi” mavzusida o’tkazilgan Respublika insholar tanlovi g’olibi, Filologiya fakulteti 3-kurs talabasi Shohsanam Qayumova va “Yagonasan, muqaddas Vatan” mavzusida o’tkaz ...


    28.08.2014Mustaqillik bayramingiz muborak bo`lsin!

    Qadrli Proffesor-o`qituvchilar, ishchi xodimlar hamda talaba-yoshlar Sizlarni mustaqilligimizni 23 yillik bayrami munosabati bilan

    saytimizning barcha xodimlari nomidan muborakbod etamiz. 

    Bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar!!!


    15.07.2014MATBUOT XABARNOMASI (PRESS RELIZ)

    2014 yil 15 iyul kuni Guliston davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 23 yilligini munosabati bilan “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat” mavzusidagi o’quv seminari bo’lib o’tdi. Tadbir Sirdaryo viloyati hokimligi va Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi Sirdaryo viloyati bo’limi tomonidan tashkil etildi.

    O’quv-seminarda Ma’naviyat targ’ibot markazi viloyat, tuman va shahar bo’limlari rahbarlari, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tasarrufidagi kollejlarning direktorlari, viloyatimizda ijod qilayotgan yozuvchilar, shoirlar, “Nuroniy” jamg’armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi  viloyat, tuman va shahar bo’limlari rahbarlari, viloyatimizdagi mahallalarda faoliyat olib boradagan targ’ibotchilar guruhi a’zolari qatnashdilar. 

     Asosiy maqsad: O’zbekiston ...


    08.07.2014Yagonasan, muqaddas Vatan!

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 7 apreldagi “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko’rik-tanlovini o’tkazish to’g’risida”gi PQ-1091-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko’rik-tanlovini o’tkazish bo’yicha komissiya tuzildi hamda 20 iyun kuni tanlovning birinchi bosqichi Nizom talablariga muvofiq o’tkazildi.

    G’olib bo’lgan jamoa joriy yilning 25 iyun kuni Jizzax davlat pedagogika institutida ko’rik-tanlovning ikkinchi bosqichida ishtirok etib, 1-o’rinni qo’lga kiritdilar.

    Joriy yilning 8-10 iyul kunlari “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko’rik-tanlovining 3-bosqichi Toshkent shahrida o’tkazildi. “San’at va muxandislik grafikasi” kafedrasi o’qituvchisi Baxodir Abdurasulov mas’ulligida “Musiqa ta& ...


    25.06.2014“Zalolatni yuklab olma” filmi namoyish etildi

    Mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, yot g’oya va ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetga ega, har tomonlama sog’lom va barkamol avlodni voyaga etkazishga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida e’tibor qaratilmoqda. Ana shunday ezgu ishlarni amalga oshirish maqsadida 25 iyun kuni katta faollar zalida prorektorlar, dekanlar, dekan o’rinbosarlari, bo’lim boshliqlari, “Kamolot” YoIHning boshlang’ich tashkiloti etakchi va faollariga; 26 iyun kuni videokonferentsiya zalida akadem guruhlar talabalariga “Ziyo” studiyasi tomonidan tayyorlangan “Zalolatni yuklab olma” filmi namoyish etildi. Ushbu filmda bugungi kunda dinni bayroq qilib olgan ekstremistik harakatlar tomonidan internet orqali tarqatilayotgan buzg’unchi g’oyalarning mohiyati, ularning asosiy maqsadi, xalqimiz, xususan, yoshlarimizni bunday tahdidlardan h ...


    12.06.2014Guliston davlat universitetida korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarga o’rin yo’q

    12 iyun kuni universitet katta faollar zalida Guliston davlat universiteti professor-o’qituvchilari o’rtasida korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan tadbir o’tkazildi. Tadbirda Sirdaryo viloyati IIB tergov boshqarmasi bo’linma boshlig’i, polkovnik N.Turdimurodov, bo’linma katta tergovchisi, mayor S.Xolmatov, universitet rektori A.Eminov hamda universitetning                                                  prorektor,  dekan,  kafedra  mudirlari va  professor – o’qituvchilar, bo’lim boshliqlaridan  iborat  289  nafar a’zosi ishtirok etishdi. Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi 372-sonli ...


    29.05.2014Bobur Yoqubov va “Zakovat” bilimdonlari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.

    29 may kuni universitet katta faollar zalida “Zakovat” klubi faxriy magistri Bobur Yoqubov bilan “Zakovat” bilimdonlari ishtirokida  davra suhbati o’tkazildi. Tadbirni universitet o’quv ishlar bo’yicha prorektori N.Barakaev boshqarib bordi. Suhbat davomida Bobur Yoqubov Zakovat klubida bosib o’tgan yo’li haqida gapirib berdi va talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

    Shundan so’ng “Zakovat” klubining 2014 yil mavsumining yakuniy-final o’yini o’tkazildi. Final o’yinida 9 ta jamoa o’rtasida yaxshi natijalar ko’rsatib, 1-o’rinni egallagan Azimjon Xolov jamoasi ishtirok etdi. O’yin juda qiziqarli va bahslarga boy o’tdi.  O’yinning beshinchi raundida Bobur Yoqubovning savoli o’ynaldi. Yakuniy hisob 6:2 – bilimdonlar g’alabasi.

    O’yin so’ngida mavsumning “Eng yaxshi jamoasi&rdquo ...


    27.05.2014“BOYVAChChA” JAMOASI G’OLIB BO’LDI

    27 may kuni faollar zalida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi o’tkazildi. Tadbirni universitet xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi Ra’no Sattorova ochdi va an’anaviy bellashuvning ishtirokchilariga omad tiladi. Shundan so’ng Tabiatshunoslik fakultetining “Shumtakalar”, Filologiya fakultetining “Omadli jentelmenlar”, Fizika-matematika fakultetining “Boyvachcha” jamoalari navbat bilan o’z chiqishlarini boshladilar. Ular “Salom, yoshlar!” (Tanishtiruv), “Qiziqib ko’ring-chi” (Savol-javob), “Yoshlar davrasida” (Musiqiy ko’rinish) shartlari bo’yicha o’zlarining iste’dodlari va mahoratlarini sahnada namoyish qilib, o’zaro kuch sinashdilar.

             Hakamlar hay’atining qaroriga ko’ra, 65 ball to’plagan “Boyvachcha” jamoasi faxrli 1-o&rsquo ...


    24.05.2014Futbol musobaqasi

    21-24-kunlari universitet o’yingohida  fakultetlarning o’qituvchilaridan, rektorat xodimlari va  ishchi-xodimlaridan  tashkil topgan jamoalar o’rtasida futbol bo’yicha musobaqalar o’tkazildi. Tadbir o’tkazilishi oldidan universitet rektori, professor Ashraf  Eminov so’z olib, ishtirokchilarga omad tiladi.

     Qizg’in bellashuvlardajamoalar 5 ta tur davomida o’zaro kuch sinashdilar. Yakuniy natijaga ko’ra 18 ochko to’plagan Pedagogika fakulteti jamoasi faxrli 1-o’rinni, 13 ochko to’plagan ishchi-xodimlar jamoasi 2-o’rinni egalladilar. 11 ochko to’plagan Fizika-matematika fakulteti jamoasiga 3-o’rin nasib etdi.

    Musobaqalar bosh hakam I. Jalolov va yordamchi hakamlar Sh.Sultonov hamda A.Zahriddinovlar nazorati ostida adolatli tarzda tashkil etildi.


    23.05.2014“Sog’lom bola yili”ga bag’ishlab o’tkazilgan XLVIII an’anaviy ilmiy-nazariy anjuman

    Guliston davlat universitetida 2014 yil 23-30 may kunlari “Sog’lom bola yili”ga bag’ishlab, professor-o’qituvchilar va talabalarning XLVIII an’anaviy ilmiy-nazariy anjuman bo’lib o’tdi. XLVIII an’anaviy ilmiy-nazariy anjumanini o’tkazish bo’yicha tashkiliy qo’mita a’zolari tuzildi.

    Ilmiy-nazariy anjumanning yalpi yig’ilishi universitet katta majlislar zalida 23  may  kuni soat 1000 da boshlandi.

    Anjuman davomida universitet kafedralarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining IV ko’rgazmasi o’tkazildi. Ko’rgazma davomida Sirdaryo viloyati sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan ishlab chiqarish korxonalari, qishloq xo’jaligi hamda ta’lim va sport sohasi yo’nalishlari uchun yaratilgan innovatsion ishlanmalar namoyish etildi.

                 ...


    21.05.2014Shoir bilan uchrashuv

    Bog’larda jiydalar yana gulladi,

    Dillarni dillarga mangu boyladi,

    Orzular bag’riga bizni chorladi.

    Sog’indik biz seni, bahor ellari,

    Sevgimizga guvoh jiyda gullari.

     

    Ko’nglim saroyidan yo’qoldi gavhar,

    Gavharning o’rnida bor og’u zahar.

    Taqdir jumboqlari chigal bunchalar,        

    Bizni adashtirda umr yo’llari,

    Sevgimizga guvoh jiyda gullari.

     

        Qo’shiqqa aylanib ketgan ushbu satrlar muallifi - yosh shoir Ahad Qayum oz fursatda minglab nazm ixlosmandlarining ko’ngliga yo’l topa olgan iste’dodli ijodkorlardan biri sanaladi.    

        Yaqinda universitetning faollar zalida yoshlarning  sevimli shoirlari bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda shoir, aktyor va prodyuser Ahad Qayum bilan b ...


    15.05.2014Xalqaro oila kuniga bag`ishlanadi

    15 - may kuni faollar zalida Xalqaro oila kuni munosabati bilan o’tkazilgan tadbirni  universitet xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi Ra’no Sattorova ochdi. Tadbirda namunali oilalarning vakillari, oilali talabalarning oila a’zolari ishtirok etdilar. Shuningdek, viloyat hokimligi viloyat “Oila” markazi rahbari Sabohat Zunnunova, viloyat FHDYo bo’limi mudirasi Gulhayo Rasulova, viloyat “Sog’lom avlod” jamg’armasi rahbari Yulduz Usmonova, “Oydin yo’l” gazetasi muxbiri Gavhar Boyqulova qatnashishdi. Shu kuni Pedagogika fakulteti “San’at va muhandislik grafikasi” yo’nalishi talabalarining ijodiy ko’rgazmalari  tashkil etildi va musiqiy ta’lim yo’nalishi talabalarining hisobot kontsert dasturi namoyish qilindi.< ...


    14.05.2014“Yuksak ma’naviyatli avlod” festivali o’tkazildi

    14 - may kuni Guliston davlat universitetida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2013 - yil 15 - noyabrdagi 339 - sonli yig’ilish bayoni10-bandida belgilangan “Barkamol avlod” sport musobaqalari arafasida “Yuksak ma’naviyatli avlod”festivalining viloyat bosqichi o’tkazildi.

    “Prezident asarlari bilimdoni”, “Zamonaviy ilm-fan”, “Tasviriy va amaliy san’at,” “Eng yangi tarix bilimdoni,” “Milliy musiqa va san’at,” “Badiiy ijod”, “Liboslar dizayni” yo’nalishlari bo’yicha o’tkazilgan mahorat sinovi tadbirida GulDUda ...


    13-14.05.2014Mahoratlarni ko`rsatishdi

    13-14-may kunlari Xalqaro oila kuniga bag’ishlab universitet o’yingohida talaba qizlar o’rtasida balandlikka sakrash va 1000 metrlik masofaga yugurish bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko’ra balandlikka sakrash bo’yicha Pedagogika fakulteti 1-kurs talabasi Sevara Qo’zibekova faxrli 1-o’rinni, mazkur fakultet talabasi Jamila G’aybova 2-o’rinni egalladilar,  3-o’rinni Tabiatshunoslik fakulteti talabalari Shahnoza Razzoqboyeva va Zamira Suyunovalar zabt etishga muvaffaq bo’lishdi.

             1000 metrlik masofaga yugurish bo’yicha 1-o’rin Pedagogika fakulteti talabasi Jamila G’aybovaga, 2-o’rin Tabiatshunoslik fakulteti talabasi Dildora Ergashevaga nasib etdi. 3-o’rinni Pedagogika fakulteti talabasi Sevara Qo’zibekova ishg’ol qildi.

           ...


    10.05.2014 Guliston davlat unversitetida respublika fan olimpiadasi 2-bosqichi bo`lib o`tdi

    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 31 martdagi 113-sonli  “2014 yilda oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o’tkazish to’g’risida” gi buyrug’iga asosan Guliston davlat universitetida 2014 yilning 10 may kuni Biologiya (umumkasbiy) talabalar respublika fan olimpiadasining II bosqichi o’tkazildi. Shu maqsadda universitet rektorining 2014 yil 10 maydagi 127-s sonli “Talabalar respublika fan olimpiadasi II bosqichini tashkil etish va o’tkazish haqida” gi buyrug’i chiqarildi. Mazkur buyruqda universitet Biologiya (umumkasbiy) talabalar respublika fan olimpiadasi II bosqichini o’tkazish bo’yicha Ishchi tashkiliy qo’mitasi tuzildi.