Maktabgacha talim kafedrasi
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Maktabgacha talim kafedrasi

Kafedra mudiri: Bolibekov Alisher Abdusalomovich

Qabul vaqti: Har kuni (shanbadan tashqari)15:00-17:00

Telefon: +998977198015

Elektron manzili:

Kafedra bosh ilmiy mavzusi: “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida ilmiy-pedagogik kompitentlikni shakllantirish texnologiyasi”.

Kafedra quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

5111800-Maktabgacha ta’lim (o’zbek-rus guruhlari)

Kafedra quyidagi mutaxassislik bo’yicha magistr mutaxassislar tayyorlaydi:

5A111801- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)

Kafedra tarixi

Maktabgacha ta’lim kafedrasi 2019 yil, 18 noyabrdan e’tiboran tashkil topgan. 2015 yil ushbu yo’nalish “Boshlang’ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi deya nomlanib, maktabgacha ta’lim ushbu kafedra tarkibida shakllangan. Kafedraga dotsent R.Ergashev rahbarlik qilgan. 2018 yil B.Raximov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Kafedra 5111800 - Maktabgacha ta’lim ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarni va 5A111801-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassislik ta’lim yo’nalishlari bo’yicha magistrlarni tayyorlaydi.

Kafedra professor-o’qituvchilari (R.Ergashev, A.Bolibekov, G.Umarova, O.Abdumuminova , R.Pliyeva, N.Turg’unova,M.Eshonqulova va boshqalar) bosh ilmiy-tadqiqot mavzusi ustida ish olib borishmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari quyidagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlardan mashg’ulotlar o’tib, ulardan pedagogik texnologiyalar asosida o’quv-uslubiy majmualar, ma’ruza materiallari, elektron o’quv materiallari tayyorlashgan:

- Maktabgacha pedagogika;

- Maktabgacha ta’limda qo’l mehnati faoliyatini tashkil etish;

Defektologiya asoslari;

Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish;

Maktabacha ta’lim muassasasida tarbiyaviy ishlar metodikasi;

Ona tili va bolalar adabiyoti

Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi;

Umumiy pedagogika;

Bolalalarni nutqini o’stirish;

Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi;

Tasviriy faoliyatga o’rgatish;

Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi;

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash;

Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati;

Maktabgacha ta’limda pedagogik diagnostika;

Maktabgacha ta’limni o’qitish texnologiyasi va loyihalashtirish;

Mutaxassislikka kirish;

Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari;

Maktabgacha ta’lim taraqqiyoti;

Maktabgacha ta’limda ijodiy faoliyat asoslari;

Kafedrada 2 ta fan nomzodi, 4 ta katta o’qituvchi, 16 ta o’qituvchi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ilmiy-pedagogik salohiyat 16% ni tashkil etadi. Kafedra professor-o’qituvchilari kafedraning “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida ilmiy-pedagogik kompitentlikni shakllantirish texnologiyasi”, deb nomlangan ilmiy tadqiqot mavzusi yuzasidan faoliyat yuritadi. Ushbu muammo bo’yicha keyingi 3 yilda 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 5 ta monografiya va 2 ta o’quv metodik qo’llanmalar nashr etilgan. Bu ishlardan A.Bolibekov. “O’quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda hadislardan foydalanish yo’llari” (2017), “Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim bolalarining axloqiy fazilatlarini shakllantirish yo’llari” (2019) A.Bolibekov, G.Umarovalar “Bolalarning bog’lanishli nutqini rivojlantirishda kompleks ekskursiyalardan foydalanish”, 2019), A.Bolibekov, N.Misirova, H.Yusupovalar “Talabaning topganlari”, A.Bolibekov, M.Yo’ldoshevalar “Xorijiy mamlakatlarda maktabgacha ta’lim-tarbiya” kabi o’quv-uslubiy qo’llanma M.  N.C, “қ қ ” , M.қ “ ” va H.,G. D.Ƣlar “ ғ ” kabi monografiyalari amaliyotga joriy etib kelinmoqda.

Kafedra ilmiy tadqiqot mavzusi yuzasidan quyidagi professor-o’qituvchilar, katta o’qituvchi G.Umarova “Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy estetik tarbiyalash texnologiyasi”,kafedra doktoranti M.Eshonqulova “Maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilariga konstruktiv bilim berishda bo’lajak tarbiyachilarning metodik tayyorgarlik kontseptsiyasi” mavzularida ilmiy faoliyat yuritib borishmoqda.

Hozirgi kunda (2021 o’quv yil, 17 dekabrdan) “Maktabgacha ta’lim” kafedrasiga p.f.n. dotsent A.A.Bolibekv kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedraning hamkorlik aloqalari:

Kafedra Nizomiy nomli TDPU,Jizzax TDPU, Termiz TDPU hamda Sirdaryo viloyati, Yangier shahar 3-sonli va 12-sonli MTTda hamkorlik aloqalarini o’rnatgan.

Kafedraning ilmiy faoliyati:

Kafedraning bosh ilmiy mavzusi “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida ilmiy-pedagogik kompitentlikni shakllantirish texnologiyasi” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Kafedrada 2-kurs doktoranti M.Eshonqulova “Maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilariga konstruktiv bilim berishda bo’lajak tarbiyachilarning metodik tayyorgarlik kontseptsiyasi” deb nomlangan PhD doktorlik ishi yuzasidan tadqiqot olib bormoqda. Kafedra a’zolari “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi tashkil etilgandan keyin “Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish metodikasi” nomli ilmiy loyiha ustida ish olib bormoqda. Ilmiy loyiha asosida ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish uchun innovatsion guruhlar faoliyat ko’rsatmoqda.

Innovatsion guruh rahbari p.f.d. prof.R.Ergashev, a’zolari: A.Bolibekov, M.Eshonqulovalar ilmiy loyiha ustida ish olib bormoqdalar.

Izlanuvchan kafedra professor-o’qituvchilari iqtidorli talabalarni ilmiy-ijodiy faoliyatga yo’naltirgan holda ularni ilmiy-ijodiy tugaraklarga jalb etib kelishmoqda. Jumladan, kafedra qoshida “Yosh tarbiyachi”-rahbar k.o’q. G.Umarova, “Razvitie rechi”-rahbar Turg’unova N., “Mohir qo’llar”-rahbar o’qituvchi Z.Ma’mirova va “Yosh psixolog” ”-rahbar o’qituvchi R.Pliyevalar o’z faoliyatlarini amalga oshirmoqdalar.

Kafedra tarkibi: 16 ta asosiy shtat, 3 ta o’rindoshlik

Kafedra professor-o’qituvchilar tarkibi

Kafedra manzili: Yangier sh., Shodlik MFY, Guliston davlat universiteti, “B” bino, Pedagogika fakulteti, 2-qavat, “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi

3252 | 2019-12-16 10:21

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2021