Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi kafedrasi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi

Kafedra mudiri: Berikbayev Alisher Alikulovich 

Qabul vaqti: Har kuni 09:00-17:00 (har kuni)

Telefon: (99 891) 100-19-45

E-mail: berikbaevalisher@gmail.com

Kafedra bosh ilmiy mavzusi: Bo’lajak mutaxassis kadrlarni kasbiy kompetentligi rivojlangan, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash.   

Kafedra quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlarni tayyorlaydi

60210800-AMALIY SAN’AT                                                    

(BADIIY KULOLCHILIK) 

60210500-RANGTASVIR (DASTGOHLI)                                                       

60111200-TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI

Kafedra tarixi

 

            “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi ilk bor 1994 yil sentyabr oyida Pedagogika fakulteti tarkibidagi Boshlang’ich ta’lim va tasviriy san’at kafedrasi qoshida faoliyat yurita boshlagan. Ushbu fakultetga I.Yusupov rahbarlik qilgan. 1994 yildan boshlab, kafedraga B.Burxiev, R.Ergashev, P.Xolmatov, B.Raximovlar rahbarlik qilgan.

2010 yil kafedrada tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishiga mehnat ta’limi yo‘nalishi bilan birlashtirilib “Mehnat ta’limi va tasviriy san’at” kafedrasi tashkil etildi va unga kafedra mudiri B.Qurbonov rahbarlik qildi.

2013 yil tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo’nalishi musiqa ta’limi ta’lim yo’nalishi bilan “San’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi tashkil etildi, kafedraga N.Raximov rahbarlik qildi.

2018 yil 5 tashabbus doirasida prezidentimizning qarori bilan barcha OTMlari qatori San’atshunoslik fakulteti tashkil etildi. Ushbu fakultetga A.Babadjanov rahbarlik qila boshladi. Ta’lim yo’nalishi musiqa va tasviriy san’at kafedralari bilan faoliyat yurita boshladi.

2019 yil sentabr oyiga kelib kafedra alohida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga O.Inoyatov rahbarlik qildi.

2022 yildan hozirgi paytgacha kafedrani A.A.Berikbayev boshqarib kelmoqda.

Kafedra San’atshunoslik fakulteti tarkibida bo’lib, jami 15 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Hozirgi kunda kafedrada asosiy 8 nafar professor-o’qituvchi, 3 nafar doktorontlar va 3 nafar o’rindosh o’qituvchilar mehnat qilib kelmoqda.

Talabalar mutaxassislik bo’yicha ta’lim olishlari uchun barcha zamonaviy shart sharoitlar mavjud. Kafedra professor-o’qituvchilarining o’rtacha yoshi 37 yosh.

Ilm orqali bilim berish tamoyiliga chuqur kirib borish bilan birga auditoriyadan tashqari mashg’ulotlar vositasida ta’lim berish kafedrada o’ziga xos tarzda shakllangan. Bu ishlarni amalga oshirishda kafedra qoshida tashkil etilgan to’garaklar faoliyati asosiy vazifani bajaradi. Talaba-yoshlarning ilmiy-ijodiy ishlarini tashkil etish, samarali davom ettirish borasidagi amaliy ishlar o’z natijasini bermoqda. Viloyat va Respublika miqyosida tashkil etilgan konferentsiyalar, ko’rik-tanlovlar, musobaqalarda ishtirok etgan iqtidorli talabalar yaxshi amaliy natijalarga erishib kelmoqdalar. Kafedraning iqtidorli talabalaridan 50 nafardan ortig’i Xalqaro, Respublika va viloyat miqyosidagi turli tanlovlarda g’olib va sovrindor bo’lishgan.

Bundan tashqari har o’quv yilida kafedra tasarrufidagi ta’lim yo’nalishlarining tanlovlar va ijodiy ishlar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Kafedraning yillik hisobot ijodiy ishlar ko’rgazmasiga talabalarning ota-onalari, universitet rahbariyati, professor-o’qituvchilar va viloyat ta’lim muassasalaridan mehmonlar taklif qilinadi.

Kafedra jamoasi quyidagi ilmiy markaz va oliy ta’lim muassasalari bilan ta’limiy, tarbiyaviy va ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik o’rnatgan.

• Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitilayotgan fanlardan o’quv qo’llanmalar, o’quv–uslubiy majmualar, seminar va TMI ishlanmalari yaratilgan. Kafedra a’zolari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarida 100 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishgan va ilmiy nashrlarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilishgan.

545 | 2023-04-08 12:02
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->