Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

Jismoniy madaniyat  nazariyasi va  metodikasi kafedrasi mudiri: Omonboyev Berdiyor

kafedralar/jmnm.jpg

Qabul vaqti: Dushanba, Juma kunlari soat 14.00 dan-16.00gacha

1. Tashkoiliy isshlar. 5112000-"Jismoniy madaniyat”. 5112000- "jismoniy madaniyat"(XQS) ta'lim yo’nalishlarining o’quv binosi zamonaviy ta’mirlandi. Universal sport zali, gimnastika zali, kurash zali zamon talablari asosida jihozlandi. O’quv binosida kompyuter sinfi tashkil etildi va 9 ta zamonaviy  «Pentum-IV» rusumidagi kompyuterlar o’rnatildi. Kompyuter sinfi internet va internet   tarmog’iga ulangan.  Mavjud 10  ta o’quv auditoriyasi to’liq jihozlangan. Bugungi kunda  yo’nalishda 547 nafar talaba tahsil olmoqda.

 2.  O’quv-uslubiy ishlar. Kafedraga tegishli barcha 12 ta fan bo’yicha o’quv-uslubiy majmualar yaratilgan. Barcha fanlar bo’yicha talaba mustaqil ishlari to’plami ishlab chiqilgan. So’nggi 3 yil mobaynida 20 dan ortiq nomdagi o’quv adabiyotlari keltirilgan. O’quv jarayoniga axborot kommunikatsion texnologiyalari keng joriy qilinmoqda. Barcha fanlar bo’yicha mashg’ulotlar taqdimot ko’rinishida bo’lishi uchun keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Fanlar bo’yicha asosiy darslik va o’quv qo’llanmalarning elektron variantlari yaratilgan va “Ta’lim portali”ga joylashtirilgan.

3. Ilmiy tadqiqot ishlari. Kafedra a’zolari “Uzluksiz ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sport trenirovkasi mashg’ulotlari jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish” nomli bosh ilmiy tadqiqot mavzusi bo’yicha izlanishlar olib bormoqdalar. So’nggi yilllarda kafedrada 1 ta falsa (PHD) doktori dissertatsiyasi ximoya qilindi. Kafedra o’qituvchilari tomonidan 2018-2019 yillar mobaynida ilmiy jurnallarda 8 ga yaqin, xalqaro anjumanlarda 10 dan ortiq, Respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 55 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar e’lon qilingan. Iqtidorli talabalar tomonidan 2019 yil mobaynida OTM miqyosida 10 dan ortiq, Respublika miqyosida esa 3 ta ilmiy tezislar e’lon qilingan. 

4. Kafedra tarkibi. Bugungi kunda kafedrada 4 nafar fan nomzodi, 7 katta o'qituvchi va 11 nafar o'qituvchilar (2 nafari sport ustasi hisoblanishadi) faoliyat ko’rsatishmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilarining o’rtacha yoshi 38  ni tashkil etadi.

5.  Kafedraning sport yutuqlari. 2-bosqich talabasi Veysalov M Estoniyaning Tallin shahrida erkin kurash bo'yicha  o'tkazilgan yoshlar o'rtasida JCHda bronza medali sohibiga aylandi. 4-bosqich talabasi Sadullayeva S Qozog'istonning Ust-Kamenogorsk shahrida o'kazilgan Xalqaro turnirda oltin medalni qo'lga kiritgan.

Kafedra o’z faoliyatida O’zDJT va S,  NIzomiy nomidagi TDPU, Jizzax DPI, SamDU.Farg’ona davlat universitetlari bilan o’quv, ilmiy va ilmiy-metodik hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda.

15191 | 2018-01-23 09:51
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->