Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi kafedrasi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi

Kafedra mudiri: Mavlyanov Umid

Elektron manzili: uz-falsafa.guliston@umail.uz

Qabul kunlari: seshanba, chorshanba, juma

«Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» kafedrasining bosh ilmiy-tadqiqot mavzulari:

1. “Fundamental g’oyalarni rivojlantirishning dolzarb masalalari”

2. “2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning falsafiy asoslari»”

3. “ Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy qarashlari”

4. “Yangi O’zbekiston-yangicha dunyoqarash” dasturini amalga oshirishda yoshlarning o’rni

Kafedraning tarixi:

“Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi 1966-1967-o’quv yilida Filologiya fakulteti tarkibida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. 1972-1973 o’quv yilida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi “Falsafa va ilmiy kommunizm” kafedrasiga aylantirildi.1985-yili “Ilmiy kommunizm” kafedrasi mustaqil bo’lib ajralib chiqqach, “Falsafa” kafedrasi ilmiy ateizm, etika va estetika o’qituvchilarini birlashtirgan alohida kafedraga aylangan.Kafedradaga turli yillarda S.Jiyanxodjayev, A.Abulqosimovlar mudirlik qilgan. 1986-1991-yillarda dotsent B.Boboxonov, 1991-1994, 2001-2004, 2007-2009-yillarda dotsent O’.Begimqulov, 1994-1996, 2004-2007- yillarda dotsent R.Mahmudov, 1997-1998-yillarda dotsent A.Abdurasulov, 1999-2000-yillarda dotsent Sh.Yusupovlar mudirlik qilgan. 2009-yildan falsafa fanlari nomzodi, dotsent S.Ismoilov kafedra mudiri lavozimida ishlaydi. 2005 yilda kafedra “Milliy istiqlol g’oyasi va falsafa”, 2009 yilda “Milliy g’oya va falsafa” kafedrasi, 2013 yildan e’tiboran “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” deb nomlanib 2014-16 yilgacha dotsent R. Mahmudov, 2016-2017 yillari f.f.n, dotsent S.Ismoilov, 2018 yildan boshlab Sh.Kenjaev kafedra mudiri lovozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Bugungi kunda kafedrada “5111600-Milliy g’oya, ma’navichyat asoslari va huquq ta’limi”, “Ijtimoiy ish (Oila va bolalar bilan)”, bakalavr yo’nalishi hamda “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi ( ma’navit asoslari)” mutaxassisligi bo’yicha malakali kadrlar tayyorlanmoqda.

Kafedraning ilmiy faoliyati:

Kafedra professor-o’qituvchilari: 1974-yilda Sh.Yusupov «Ilmiy texnika progressining kolxozchi dehqonlarning ma’naviy qiyofasining o’zgarishiga ta’siri» mavzusida, 1980-yilda O’.Begimqulov “Fan-texnika taraqqiyotining jamiyat ijtimoiy tizimini o’zgartirishdagi roli (O’zbekiston misolida)” mavzusida, 1984-yilda B.Boboxonov “Milliy madaniyat va millatlararo munosabatlar” mavzusida, 1991-yilda R.Mahmudov “Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari” mavzusida, 2008-yilda S.Ismoilov “Naqshbandiya tariqatining tasavvuf taraqqiyotidagi o’rni” mavzularida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan.

Toshkent davlat pedagogika instituti, Buxoro davlat universiteti, Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti va boshqa o’nlab o’quv yurtlari bilan “Milliy g’oya” fani bo’yicha videokonferensiyalar o’tkazilgan.

Bundan tashqari kafedra dotsenti R.Mahmudovning «Husayn Voiz Koshifiy - axloqshunos olim» (1990 y.), “O’rta Osiyo mutafakkirlari axloq haqida” (1990 y.), “Navoiy va Koshifiy” (1990 y.) risolalari, va qo’llanmalari, falsafa fanlari nomzodi S.Ismoilovning “Bahovuddin Balogardon” (1994 y.), “Ma’naviyatning tiniq chashmalari” (1997 y, hammualliflikda), “Temur tafakkuri” (1999 y.), “O’zbekiston – buyuk siymolar yurti” (2006 y.), “Naqshbandiya buyuk tariqat” (2006 y.) risolalari nashr qilingan.

Bugungi kunda kafedra a’zolari tomonidan 60 dan ortiq fanlardan o’quv uslubiy majmualari zamonaviy axborot texnologiyalari asosda tayyorlangan. Kafedra professori R.J. Mahmudov tomonidan “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” fanidan darslik, “O’rta Osiyo allaomalarining ilmiy merosi”, katta o’qitkuvchi H. Usmonova tomonidan “Islom dini asoslari va ma’naviyati” o’quv qo’llanmalari, katta o’qituvchi Sh.Kenjaevning “Yoshlar ma’naviyatini shaklllantirish asoslari”, “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini axloqiy tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning takomillashtirish”, “Yoshlarni axloqiy tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorlgi”, B.G’ofurovning “ Mirzo Boburning ijtimoiy-falsafiy qarashlari” nomli monografiyalari nashrdan chiqqan. Kafedra a’zolari tomonidan “Inson tafakkur olami” ilmiy maqolalar to’plamining uchta to’plami nashrdan chiqqan. Ayni kungacha kafedra a’zolarining 350 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr etilgan. Jumladan professor R. Mahmudov, dotsent S.Ismoilov, katta o’qituvchi Sh.Kenjaev, o’qituvchilar N. Saidqulov, D. Xolnazarova, O. Yusufaliev, G. Ravshanova, A. Asatulloev, A. Bayeshonov, S. Karimovalarlar tomonidan Xalqaro jurnallarda 20 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan. Bir qator risolalari oily o’quv yurtlari, kasb-hunar kolleji, litsey, maktab talaba-o’quvchilari, o’qituvchilari uchun qo’llanma vazifasini o’tab kelmoqda.

Kafedra a’zolari O’zbekiston Fanlar akademiyasining I.M.Mo’minov nomidagi Falsafa va huquq instituti tomonidan har yili an’anaviy tarzda o’tkaziladigan “Mustaqillik: falsafaning dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy anjumanda muntazam ishtirok etib keladilar. Kafedraning aksariyat a’zolari Zalsburg, Moskva, Rostov, Bishkek, Almati, Xo’jand, O’sh, Jettisoy, Sulyukta shaharlarida o’tkazilgan xalqaro anjumanlarda, YuNESKO qarori bilan o’tkazilgan Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi, “Alpomish” dostonining 1000 yilligi, Amir Temur tavalludining 670 yilligiga bag’ishlangan anjumanlarda ishtirok etganlar.

Kafedra qoshida “Yosh ma’naviyat targ’ibotchisi” (rahbari – N. Tursinqulov), “Fikr” (rahbari– NA. Bayeshonov), “Hikmat” (rahbari – Y.Karimov), “Davr va yoshlar” (rahbari–T. Abdullaev) kichik maktablari faoliyat ko’rsatadi.

Kafedraning ilmiy hamkorligi va axborot resurs bazasi:

“Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi O’zbekiston Fanlar akademiyasining I.M.Mo’minov nomidagi Falsafa va huquq instituti, O’zbekiston Milliy universiteti, Sharqshunoslik instituti kabilar bilan yaqin hamkorlik qilib keladi, birgalikda ilmiy anjumanlar, seminarlar uyushtiradi. Bundan tashqari, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik institutii, Toshkent islom universiteti, Andijon, Farg’ona, Urganch, Buxoro, Samarqand universitetlari, Qo’qon, Jizzax, Navoiy, Chirchiq davlat pedagogika institutlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi va Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bilan uzviy aloqa o’rnatgan. Kafedra Sirdaryo viloyati amaliyotlar boyicha Xalq ta’limi, Maktabgacha tarbiya boshqarmasi, Sirdaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasi, Ma’naviya-ma’rifat markazi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, Akademik litseylar, Byudjetdan tashqari pensiya jarg’armasi viloyat boshqarmasi, Mahalla va oilani qo’llab quvvatlash boshqarmalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Kafedrada tayyorlangan o’quv va elektron adabiyotlar:

Kafedrada mavjud 60 ta o’quv fanlarining 58 tasidan o’quv uslubiy majmua va 3 ta: “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati”( prof. R.Mahmudov), Ma’naviyatshunoslik (A. Bayeshonovv), Ma’naviyat asoslari (falsafa fanlari nomzodi S.Ismoilov) va “Madaniyatshunoslik” (Sh.Kenjayev), “Sotsiologiya (dots. N.Temirova), fanlaridan elektron o’quv qo’llanma yaratilgan.

Kafedra manzili:

Guliston shahri. 4-mavze, Guliston davlat universiteti, bosh bino , 3-qavat, 334-xona.

Elektron pochta: uz-falsafa.guliston@mail.ru, milliy_goya@inbox.uz

 

10289 | 2017-12-26 15:59
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023