Kafedra mudiri: Xodjakulov Baxodir
Qabul vaqti:Har kuni 15: 00-17: 00 (seshanba va shanbadan tashkari)
Telefon:+(99 899) 470-66-10
Å-mail: glsu_info@edu.uz
Kafedra bosh ilmiy mavzusi: Bo’lajak o’qituvchini badiiy-estetik ishga tayyorlash texnologiyasi.
Kafedra tarixi
• “Musiqa va mehnat ta’limi” kafedrasi 2016 yil avgust oyida “Musiqa ta’limi” kafedrasi asosida tashkil etildi. “Musiqa ta’limi” kafedrasi 2010 yildan faoliyat ko’rsatib kelayotgan edi. 2010 yildan buyon kafedraga katta o’qituvchi N.Raximov mudirlik qilib kelmoqda. 2016-2017 o’quv yilidan boshlab kafedra tarkibiga “Mehnat ta’limi” ta’lim yo’nalishi qo’shib berildi.
• Kafedra pedagogika fakulteti tarkibida bo’lib, jami 10 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Shulardan 1 nafari pedagogika fanlar nomzodi, dotsent, 1 nafari pedagogika fanlar nomzodi, dotsent vazifasini bajaruvchi, 1 nafar katta o’qituvchi va 3 nafar o’qituvchilardir. To’liq stavkada 7 nafar va 0,5 stavkada 3 nafar kishi ishlamoqda. Kafedra professor-o’qituvchilarining o’rtacha yoshi 37.
• Kafedra “Bo’lajak o’qituvchini badiiy-estetik ishga tayyorlash texnologiyasi” ilmiy muammolari ustida ish olib borib, umumta’lim maktablarida o’qitilayotgan “Musiqa madaniyati” va “Mehnat ta’limi” darslarini zamonaviy asosda tashkil etishdagi muammolarni o’rganish va ularning ilmiy echimilarini topish bo’yicha 3 ta nomzodlik va 1 ta doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib borilmoqda. Kafedra qoshida tashkil etilgan «Kichik maktab»da 2 ta to’garak tashkil etilgan. “Kichik maktab” a’zolari professor-o’qituvchilar, iqtidorli talabalar, viloyat hududidagi umumta’lim maktablari musiqa va mehnat ta’limi o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilgan.
• Kafedrada “Musiqa ta’limi” va “Mehnat ta’limi” ta’lim yo’nalishlari talabalariga jami 32 ta umumkasbiy, ixtisoslik va tanlov fanlari o’qitilmoqda.
• Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitilayotgan fanlardan o’quv qo’llanmalar, o’quv–uslubiy majmualar, seminar va TMI ishlanmalari yaratilgan. Kafedra a’zolari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarida 50 dan ortik ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishgan va ilmiy nashrlarda 20 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilishgan.
• Kafedra o’z faoliyatida Toshkent davlat pedagogika universiteti, Jizzax DPI, Samarqand davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Termiz davlat universiteti hamda Sirdaryo viloyatdagi 4 ta kollejlar, 4 ta umumta’lim maktabi va 2 ta maktabgacha ta’lim muassasalari bilan o’zaro ilmiy va o’quv-tarbiyaviy hamkorlik qilib kelmoqda.
• Ilm orqali bilim berish tamoyiliga chuqur kirib borish bilan birga auditoriyadan tashqari mashg’ulotlar vositasida ta’lim berish kafedrada o’ziga xos tarzda shakllangan. Bu ishlarni amalga oshirishda kafedra qoshida tashkil etilgan to’garaklar faoliyati asosiy vazifani bajaradi. Talaba-yoshlarning ilmiy-ijodiy ishlarini tashkil etish, samarali davom ettirish borasidagi amaliy ishlar o’z natijasini bermoqda. Viloyat va Respublika miqyosida tashkil etilgan konferentsiyalar, ko’rik-tanlovlar, musobaqalarda ishtirok etgan iqtidorli talabalar yaxshi amaliy natijalarga erishib kelmoqdalar. Kafedraning iqtidorli talabalapidan 30 nafardan ortig’i Respublika va viloyat miqyosidagi turli tanlovlarda g’olib va sovrindor bo’lishgan.
• Bundan tashqari har o’quv yilida kafedra tasarrufidagi ta’lim yo’nalishlarining yillik “Hisobot kontsertlari ” va ijodiy ishlar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Kafedraning yillik hisobot kontserti va ijodiy ishlar ko’ogazmasiga talabalarning ota-onalari, universitet rahbariyati, professor-o’qituvchilar va viloyat ta’lim muassasalaridan mehmonlar taklif qilinadi.
Kafedra jamoasi quyidagi ilmiy markaz va oliy ta’lim muassasalari bilan ta’limiy, tarbiyaviy va ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik o’rnatgan.
Kafedra manzili: Guliston sh.. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti, San'atshunoslik fakulteti, 2- qavat 206-xona, “Musiqa va mehnat ta’limi” kafedrasi