Husanxo‘jaev Saidahmad - SAID AHMAD (1920.10.06–2007.05.12)
O‘zbekiston xalq yozuvchisi,O‘zbekiston Qahramoni.
1940-yillar oxiri 50-yillar boshida mustabid sovet tuzumi qatag’onining navbatdagi bosqichi bo’ldi. Unda o’z asarlarida o’zbek xalqining qadimiy va oktyabr to’ntarishidan oldingi tarixini yoritib bergan olimlar, yozuvchi va shoirlar o’tmishni ideallashtirishda va millatchilikda ayblanib qatag’on qilindilar. Bunda Said Ahmad xonadoni ham chetda qolmadi. Uning otasi, aksi, amakilari qamoqqa tashlandi. 1950-yil may oylarida Said Ahmad ham qamoqqa olinib, 10 yil muddatga Jezqazg’an (Qarag’anda, Qozoqiston) jazo lageriga surgun qilindi.