Tadbirlar
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda
🌴Joriy yilning 2-noyabr kuni davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish vazifasi belgilangan edi. 🌿Gulsiton davlat universiteti jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” ko‘chat ekish mavsumida universitet hududlariga 2022-yilning oktabr-noyabr oylarida jami 13 000 donadan ziyod ko‘chatlarni ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 12 000 donasi manzarali va 1 000 donasi mevali ko‘chatlarni tashkil etadi. Mazkur umummilliy loyiha ijrosini ta’minlash maqs…
1272 | 2022-11-10 20:05 | Batafsil
Qadring baland bo‘lsin-ona tilim!
2022-yilning 21-oktabr sanasida Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “21-oktabr-O‘zbek tili bayrami” kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy va badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori professor M.Xodjiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, tadbirda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori I.Ermatov “O‘zbek tilining taraqqiyoti va Davlat maqomiga ega bo‘lishi” mavzusida chiqish qildi. Tadbirning badiiy qismida universitetning ijodkor talaba-yoshlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar va she’rlar ijro etilib, sahna ko‘rinishlari va milliy raqslar namoyish etildi.
1223 | 2022-10-21 15:11 | Batafsil
Abu Rayxon Beruniyning 1050-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi
O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2022-yil  25-avgustdagi  “Buyuk  mutafakkir  va  qomusiy olim  Abu  Rayxon  Beruniy  tavalludining  1050-yilligini  xalqaro  miqyosda  keng  nishonlash  to‘g‘risida” gi  PQ-361-son  qarori  hamda  Sirdaryo  viloyati  hokimining  2022-yil  13-sentabrdagi  333-9-0-Q/22-sonli  qarori  ijrosini  ta’minlash  maqsadida 2022-yilning 5-oktabr kuni Guliston davlat universitetining barcha fakultetlarida Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1050-yilligi munosabati bilan davra suhbatlari tashkil qilindi. Mazkur tadbirlarda qomusiy olimning hayoti, ijodi va ilmiy faoliyati to‘g&lsq…
1402 | 2022-10-06 18:09 | Batafsil
Bozorlardagi birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha naxi
suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45 000 – 73 000 so‘m; qo‘y go‘shti (1 kg) — 55 000 – 86000 so‘m; kartoshka (1 kg) — 3000 – 8000 so‘m; piyoz (1 kg) — 2000 – 6000 so‘m; sabzi (1 kg) — 2000 – 7000 so‘m; tuxum (10 dona) — 6500 – 15 000 so‘m; guruch (1 kg) — 5000 – 21 000 so‘m; o‘simlik yog‘i (1 l) — 15 400 – 28 000 so‘m; shakar (1 kg) — 9000 – 14 000 so‘m.
1053 | 2022-09-29 12:51 | Batafsil
KORRUPSIYA-KELAJAK ZAVOLI
05.05.2022-yil sanasida Guliston davlat universitetida Guliston shahar hokimligi va Guliston shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda “Korrupsiya-kelajak zavoli” mavzusida huquqiy-profilaktik tadbir o‘tkazildi.             Tadbirni universitet rektori M.T.Xodjiyev olib bordi. Tadbirda Guliston shahar hokimi T.T.Dadabayev jonajon diyorimizda korrupsiya illatiga qarshi keng ko‘lamdagi ishlar olib borilayotganligi, bu boradagi ishlarda universitet professor-o‘qituvchilar jamoasi ma’naviy targ‘ibotchi sifatida asosiy vazifani bajarishlari lozimligi borasida fikr bildirdi. O‘z navbatida Guliston shahar prokurori Sh.E.Artikbayev mazkur masala yuzasidan chiqish qilib, so‘ngi yillarda yurti…
2180 | 2022-05-05 18:03 | Batafsil
Navoiyshunos olim Vahob Rahmonov 80 yoshda!
16.04.2022-yil sanasida Guliston davlat universitetida Navoiyshunos olim f.f.n, dotsent Vahob Rahmonovning 80-yillik yubileyiga bag‘shlangan “Zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi. Mazkur tadbirda o‘zbek adabiyotshunosligining ko‘zga ko‘ringan taniqli vakillari, olimlar, Navoiyshunoslar, Zamonaviy o‘zbek adabiyoti ijodkorlari, Vahob Rahmonovning hamkasblari va shogirdalri ishtirok etishdi. Anjumanda so‘zga chiqganlar V.Rahmonovning Navoiy merosini o‘rganishdagi samarali mehnati, hozirgi zamon adabiyotshunoslik oldidagi dolzarb masalalarga atroflicha fikr bildirishdi.
2293 | 2022-04-16 17:45 | Batafsil
Guliston shahri va Guliston tumanida joylashgan umumta’lim maktablariga metodik yordam berish ishlari davom etmoqda
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-22-sonli Farmoyishi, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-apreldagi “Maktab ta’limini isloh qilish bo‘yicha yil boshida belgilangan topshiriqlar ijrosi, yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi A.Abduvohidov tomonidan 2022-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda umumta’lim maktablarida ta&rs…
2176 | 2022-04-14 15:55 | Batafsil
“Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibiga “Spark” avtomobili topshirildi
Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat universiteti talabasi Yorqinon Hayitboyev “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida 15-19 yoshlilar o‘rtasidagi bellashuvda g‘olib bo‘lgan edi. 13.04.2022-yilda Guliston davlat universiteti Kuzatuv Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri- Abduraxmonov Ibroxim Yo‘lchiyevich ishtirokida g‘olibni  taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda g‘olibga bosh sovrin-Spark avtomobili taqdim etildi. Tadbirda ishtirok etgan Yorqinjonning ota-onasi bunday katta marra bilan barcha ustoz-murabbiylarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev tadbirda tabrik so‘zladi va marrakar bilan Yorqinjonn…
2062 | 2022-04-13 16:04 | Batafsil
Mahorat darslari o‘tkazildi
2022-yil 8-aprel  kuni  Guliston davlat  universiteti talabalarining  ijodiy  hayoti  bilan  yaqindan  tanishish  va mahorat  darslarini  o‘tish  uchun ,  taniqli  ijodkorlar: “O‘zbekiston  xalq  hofizi”  Isroiljon  Vahobov, “O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  artist” Ahmadjon  Dadayev, “O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  madaniyat  xodimi”   Nuriddin  Aminjonovlar  tashrif  buyurishdi. Tashrif buyrgan mehmonlar talabalar ijrolari bo‘yicha o‘zlarining  fikr va maslahatlarini berishdi. Ustoz san’atkor Isroiljon Vahobov, talabalarga mahorat dars…
2046 | 2022-04-09 12:14 | Batafsil
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlandi
08.04.2022-yil sanasida Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet tashabbusi bilan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilliga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultet o’rinbosari Abdushokir Abduraxmanov,  Ma'naviyat va ma'rifat markazi Guliston shahar bo'limi boshlig'i Ikrom Norbekov, Tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi Ulug’bek Mirzaliyev va tarix ta’lim yo‘nalishining faol talabalari Sohibqironning umr yo‘li va qoldirgan ma’naviy merosi haqida nutq so‘zlashdi.             Tadbirning ikkinchi qismida Tarix yo‘nalishi talabalari tomonidan Amir Temur faoliyatiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan chiq…
2205 | 2022-04-08 16:21 | Batafsil
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->