14465
Total number of students
6932
Full-time education
7202
Full-time education
20
Evening education
285
Master's degree
26
Foreign students
Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, talabalar o’rtasida onlayn fan olimpiadasini o’tkazish bo’yicha ishchi tashkiliy qo’mita tuzilib, umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bo’yicha talabalarning respublika fan olimpiadasi I bosqichini o’tkazish jadvali hamda talabalar respublika fan olimpiadasi I bosqichini o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Respublika fan olimpiadasi I bosqichini o’tkazish jadvaliga asosan barcha fakultetlarning talabalari o’rtasida 43 ta umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bo’yicha vazirlikning 2015 yil 7 apreldagi 123-sonli buyrug’i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasi to’g’risidagi Nizom” talablari asosida respublika fan olimpiadasining I bosqichi o’tkazildi.
Olimpiada 1-bosqichida 43 ta umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bo’yicha 432 nafar talabalar qatnashdi. Olimpiadani o’tkazishda kafedralarning 167 nafardan ortiq professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi. Olimpiadada universitet iqtidorli talabalarining keng ishtiroki ta’minlandi.
Fan olimpiadasi komissiyalari qarorlariga ko’ra 1-bosqichda 43 nafar talaba g’olib deb topildi va tashkiliy qo’mita yig’ilishining 2-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Ushbu qarorga muvofiq 43 nafar talaba Vazirlikning 2015 yil 7 apreldagi 123-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Talabalar Respublika Fan olimpiadasi Nizomi»ning 5-ilovasi asosida tayyorlangan ro’yxat bo’yicha tegishli fanlardan 2-bosqichda talabalar onlayn tarzda tashkil etilgan Respublika fan olimpiadalarida ishtirok etishdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 iyuldagi 370-sonli “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazilgan respublika onlayn fan olimpiadasining yakuniy natijalari to’g’risida”gi buyrug’iga asosan universitetning I bosqichida g’olib bo’lib, II bosqichida ishtirok etgan va g’oliblikni qo’lga kiritgan talabalar va ularning rahbarlari universitet Kengashida belgilangan tartibda rag’batlantirildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi, Oliy va o’rta maxsus, kasb-xunar talimini rivojlantirish markazining 2020 yil 22 apreldagi 02G’01-01-114-sonli xatiga asosan Guliston davlat universitetidan “Tuproqni xaritaga tushirish” fani bo’yicha talabalar o’rtasida Respublika onlayn fan olimpiadasining II-bosqichini Sattarov Nuriddin Faxirli 1-o’rin soxibi bo’ldi.
Online application system for admission to the master's degree of higher education institutions
EntranceInformation system for accounting of services provided to students on a contractual basis
EntranceUnified electronic system of coordination of postgraduate education
EntranceGetting a contract for a second specialty
EntranceApplication for accommodation in a student dormitory (for 1st year students)
EntranceList of interactive services
EntranceIT Park-the locomotive of the IT sphere of Uzbekistan
EntranceSend an appeal
EntranceMaster the professions of the future!
EntranceList of benefits granted to higher education institutions to access undergraduate education links
EntranceA set of subjects for which a test is taken in accordance with the directions of undergraduate education
Entrance